O'quv ishlari bo’yicha prorektor



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə77/115
tarix13.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#129708
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   115
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

YEXHT bilan hamkorlik. О‘zbekiston BMTga a’zo qilinish arafasida, ya’ni, 1992 yil 30-yanvarda Pragada Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti - (OBSE)ning katta mansabdor xodimlari qо‘mitasining majlisida Mustaqil Davlatlar Hamdо‘stligi (MDH) tarkibiga kiruvchi davlatlarni, jumladan, О‘zbekistonni YXHTning teng huquqli a’zolari qilib qabul qilishni Xelsinki protsessida ishtirok etuvchi mamlakatlarning Tashqi ishlar vazirlari Kengashi (SMID)ga tavsiya qilishga qaror qilindi. Shu tariqa, О‘zbekiston Respublikasi 1992 yil 30-yanvarda YXHTga qabul qilindi. 1992 yil 26-fevralda esa Yevropa xavfsiz­lik va hamkorlik tashkilotining yakunlovchi hujjatiga mustaqil О‘zbekiston ham imzo chekdi.О‘zbekistonning YXHTga a’zo bо‘lishi bilan respublikamizning Yevropa davlatlari, shuningdek, AQSH, Kanada bilan har tomonlama hamkorlik qilishiga yangi yо‘l ochildi. Birinchi Prezident Islom Karimovning 1992 yil 9-10-iyulda bо‘lgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining majlisida ishtirok etishi, unda nutq sо‘zlashi va Kengashning 10-iyulda bо‘lgan majlisiga raislik qilishi О‘zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib о‘rin egallayotganligining dalilidir. Islom Karimov о‘z nutqida u yoki bu mintaqada tinchlik va barqarorlikni buzishi mumkin bо‘lgan mojarolar yaqinlashuvining oldini olish, mojarolarga yо‘l qо‘ymaslik muammolari bilan shug‘ullanuvchi mexanizmni vujudga keltirish, tashkilot qabul qilayotgan hujjatlarning ta’sirchanligini oshirish, mojarolarni oldini olish ruhida bо‘lishini ta’minlash takliflarini ilgari surdi.
1994 yil 28-sentabrda О‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vilgelm Xoinkni hamda ushbu tashkilot katta mansabdor shaxslari Qо‘mitasi ijrochi raisi Paulo Brunini qabul qildi. 28-30-sentabr kunlari esa YXHTning umumiy muammolariga bag‘ishlangan xalqaro seminar bо‘lib о‘tdi. 1995 yil iyulda Toshkentda YXHTning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar bо‘yicha mintaqaviy byurosi ochildi va faoliyat kо‘rsatmoqda.
1996 yilning 2-3-dekabr kunlari Lissabonda YXHTning navbatdagi sammiti bо‘lib о‘tdi. Sammitda XXI asr arafasida yalpi xavf­sizlik modelini yaratish xususida munozara bо‘ldi. О‘zbekistonning mojarolar yuz berib turgan hududlarga yashirincha qurol-yarog‘ yetkazib berishni tо‘xtatish, YXHTning Markaziy Osiyo faoliyatini kuchaytirishga oid takliflari ma’qullandi va Lissabon deklaratsiyasida hujjatlashtirildi.
1999 yil 18-19-noyabrda Istanbulda YXHTga a’zo 54 davlat boshliqlarining oliy darajadagi uchrashuvi bо‘lib о‘tdi. Uchrashuv ishida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi qatnashdi. Ushbu sam­mitda Yevropa Xavfsizlik Xartiyasi, Istanbul Deklaratsiyasi, Yevropada oddiy qurollar tо‘g‘risidagi yangilangan Shartnoma, YXHTga a’zo mamlakatlar о‘rtasida о‘zaro ishonch va xavfsizlikni mustahkamlash bо‘yicha chora-tadbirlar tо‘g‘risidagi Vena hujjati imzolandi.
О‘zbekiston YXHT rahnamoligidagi kо‘plab anjumanlarga mezbonlik qilib kelmoqda. О‘zbekistonning YXHT bilan hamkorligi mustahkamlanib, о‘sib borayotganligiga 2002 yil 6-7-aprel kunlari YXHT Bosh kotibi Y.Kubishning mamlakatimizga tashrifi ham yaqqol misol bо‘la oladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin