O'quv ishlari bo’yicha prorektor


О‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə75/115
tarix13.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#129708
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   115
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

О‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti.
О‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyati doirasida munosib о‘rin olishida Birlashgan Millatlar xalqaro nufuzli tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini yо‘lga qо‘yishi katta ahamiyatga ega edi. 1992 yil 29-yanvarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi о‘zining 737-sonli Qarorini ovozga qо‘ymasdan qabul qildi va Bosh Assambleyaga О‘zbekiston Respublikasini BMTga qabul qilishni tavsiya etdi.
1992 yil 2-martda BMT Bosh Assambleyasining 46-sessiyasida О‘zbekiston Respublikasi ovozga qо‘yilmasdan, yakdillik bi­lan ma’qullash asosida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida О‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i kо‘tarildi. 1993 yil 24-avgustda BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi. BMTda О‘zbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi.
О‘zbekiston BMTning tо‘laqonli a’zosi sifatida bu tashkilotning yig‘ilishlarida ishti­rok etishi bilan о‘zining xalqaro hamjamiyatga kirish jarayonini davom ettirdi. О‘tgan davrda о‘zaro aloqalar izchil rivojlandi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, Shavkat Mirziyoyevning О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi bilan О‘zbekiston bilan BMT о‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga kо‘tarildi. Xususan, 2017-yil 10-iyun kuni Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida О‘zbekiston Respub­likasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning uchrashuvida global xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni hal etish masalalari kо‘rib chiqildi. Tashrif davomida BMT bosh kotibi Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi. Dastlab, Nukus shahriga, sо‘ng Mо‘ynoqda Orol dengizining «kemalar qabristoni»ni kо‘zdan kechirib, mahalliy aholi bilan uchrashdi.
2017 yil 19-sentabr kuni О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etib, oliy darajadagi yalpi majlisida nutq sо‘zladi. Shavkat Mirziyoyev о‘z nutqida, “...Jamiyatimizda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohalarda chuqur islohotlar amal­ga oshirilmoqda. Ulardan kо‘zlangan maqsad - «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish ustuvor ahamiyatga ega bо‘lgan demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishdan iborat”, - deb ta’kidlagan holda quyidagi asosiy yо‘nalishlarga jahon e’tiborini qaratishni sо‘radi:

  • О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan is­lohotlar, ularning ma’no-mazmuni, maqsadi va ahamiyati;

  • Birlashgan Millatlar Tashkilotining xal­qaro munosabatlardagi hal qiluvchi roli, bu tashkilotni bosqichma-bosqich isloh qilish, Xavfsizlik Kengashini bugungi kun talablariga mos ravishda kengaytirish, tashkilotni boshqarish tizimini takomillashtirish;

  • О‘zbekiston о‘zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor ahamiyat qaratayotgani, qо‘shni davlatlar bilan hamkorlik aloqalarining rivojlanishi;

  • Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish, Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda xalqaro miqyosdagi say-harakatlarni faol birlashtirish; Afg‘on muammosini hal etish bо‘yicha konstruktiv ruhdagi fikr va takliflar;

  • Terrorizm va ekstremizm bilan bog‘liq tahdidlarga qarshi kurashishda faqat ularning oqibatlari bilan emas, balki sabablari bi­lan ham kurashish;

  • О‘zbekiston hech qanday blokka qо‘shilmaslik maqomini saqlab qolgan holda, ochiq muloqotga tayyor ekani, barcha sheriklari bilan tinchlik, taraqqiyot va farovonlik yо‘lida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligi.

2017 yil 19-sentabr kuni О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan ham uchrashdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu nutqining amaliy natijasi sifatida 2017 yil 10-11-noyabr kunlari Samarqand shahrida BMT shafeligida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bо‘yicha “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqi­yot yо‘lidagi hamkorlik” mavzuida xalqaro konferensiya bо‘lib о‘tdi.
2018 yil 21-noyabrda Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibining о‘rinbosari, Jeneva shahridagi BMT bо‘linmasi bosh direktori Maykl Myullerni qabul qildi. Muloqot davomida О‘zbekiston Respublikasining BMT bi­lan ikki tomonlama hamkorligi rivojlanishining istiqbollari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi muhim masalalar muhokama qilindi. Orol iqtisodiy halokati oqibatlarini yumshatish bо‘yicha dunyo hamjamiyati harakatlarini birlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar, shuning­dek, Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solishda har tomonlama kо‘mak kо‘rsatish masalalarini kо‘rib chiqdi.
Hozirgi kunda О‘zbekiston rahbariyati va BMT rahbarlarining say-harakatlari natijasida О‘zbekistonda BMT Taraqqiyot dasturi (BMT TD), Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA), Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bо‘yicha tashkiloti (YUNESKO), Narkotiklar va jinoyatchilik bо‘yicha boshqarmasi (NJB), OIV/OITS bо‘yicha birlashgan dasturi (YUNEYDS), Gender tengligi hamda ayollar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish masalalari bо‘yicha tuzilmasi (BMT - ayollar), Markaziy Osiyoda Preventiv diplomatiya mintaqaviy markazi, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), BMTning oziq-ovqat va qishloq xо‘jaligi tashkiloti hamda BMT TD rahbarligi ostida BMT kо‘ngillilar dasturi vakolatxonalari tashkil topgan. Tashkilot faoliyatiga, shuningdek, mamlakatda vakolatxonalari bо‘lmagan agentliklar, jumladan, BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti, Atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi va BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi kо‘mak bermoqda. Jahon banki ham mustaqil ixtisoslashgan muassasa sifatida BMT­ning О‘zbekistondagi faoliyatiga muhim hissa qо‘shib kelmoqda.

Barchangizga ma’lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining rezolyusiyasi bilan har yili 30 iyul – Xalqaro dо‘stlik kuni sifatida keng nishonlanadi. Shu bois ushbu sanani О‘zbekistonda “Xalqlar dо‘stligi kuni” deb belgilashni taklif etaman.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin