Ta’lim vositalari: Doska va rangli bo‘rlar, flipchart doskasi, qog‘ozi va rangli markerlar, kodoskop, slayd qog‘ozi va slaydga yozish uchun maxsus markerlar.
Talab etiladigan vaqt: 80 daqiqa
Topshiriqni bajarish texnologik jarayoni:
“Ishbop o‘yin” metodidan foydalaniladi. Tinglovchilar 3 ta kichik guruhlarga ajratilib, har bir kichik guruhga ma’lum bir ta’lim vositasidan foydalanishning afzalliklarini ko‘rsatib berish bo‘yicha topshiriq beriladi. 1-guruhga“Doska ishlab chiquvchi korxona”, 2-guruh “Flipchart ishlab chiquvchi korxona”, 3-guruh “Kodoskop ishlab chiquvchi korxona” a’zolari deb nomlanadi. Har bir “Korxona” o‘z mahsulotini bozorda reklama qilishi lozim bo‘ladi. “Bozor” bo‘lib auditoriya xizmat qiladi, xaridorlar esa tinglovchilar bo‘ladilar. Kichik guruhlar “ishlab chiqadigan” ta’lim vositasini shu vositadan foydalangan holda reklama qiladi. Belgilangan vaqt tugagandan so‘ng, har bir guruh 5 daqiqadan berilgan ta’lim vositasini taqdimot (reklama) qiladi. Har bir taqdimotdan so‘ng, reklama qilingan mahsulotni “bozor”dagi necha xaridor sotib olishini aniqlaydi. Barcha taqdimotlardan so‘ng, kichik guruhlar bajargan ishlar bo‘yicha muhokama boshlanadi. Muhokamada ta’lim vositalarining afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinadi.
Amaliy mashg‘ulotning texnologik xaritasi