O`quv mashg`ulotida ta’lim texnologiyasi modeli mavzu


Tayyor taomlardan tahlil uchun sinamalar olish tartibi



Yüklə 25,91 Kb.
səhifə3/5
tarix20.06.2022
ölçüsü25,91 Kb.
#61849
1   2   3   4   5
O`quv mashg`ulotida ta’lim texnologiyasi modeli mavzu

Tayyor taomlardan tahlil uchun sinamalar olish tartibi

Ochiq turdagi va maxsus xodimlarga xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish korxonalarida xo‘randalarga ovqat tarqatish vaqtida tekshirish uchun tayyor ovqatdan namuna olinadi. O‘rtacha qiymatni aniq topish uchun tarqatishga tayyorlangan 10-15 namuna o‘lchanadi. Keyin sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining laboratoriya si idishiga analiz uchun bitta o‘lchangan sinama olinadi. Buning uchun taomno madagi tahlil uchun olingan taom tarkibidagi mahsulotlarning nomlari aniq yoziladi. Tahlil uchun olingan sinamaning dalolatnomasi tuziladi. Unda sinamaning olingan vaqti, qayerdan olinganligi, oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi va tayyor mahsulotlarning chiqish vaqti, sanasi va kim tomonidan olinganligi ko‘rsatiladi.


Umumiy ovqatlanish korxonalarining joylashishiga,qurilishiga jihozlari, asboblari va idish-tovoqlariga qo‘yiiladigan sanitariya talablari
Umumiy ovqatlanish korxonasida sanitariya-epidimologiya ish- larining muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun korxona qurilishiga loyiha qilinayotganda asos solinadi:

  • umumiy ovqatlanish korxonasi obodonlashtirilgan, ozoda, ko‘r- kam, havosi toza, aholi zich yashaydigan joylarga qurilishi kerak.

  • umumiy ovqatlanish korxonasi kimyoviy sanoat korxonalaridan, yuqumli kasalliklar kasalxonasidan, iflos chiqindilar chiqadigan zavodlardan 1 km narida qurilishi shart.

  • umumiy ovqatlanish korxonasi hududida atrofko‘kalamzorlash- tirilgan, yo‘llar asfaltlangan, betonlangan, yetarli darajada suv bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.

  • umumiy ovqatlanish korxonalariga beriladigan suv gigiyenik talablariga javob berishi, issiq va sovuq suv barcha sexlar rakovinalariga, dushxona, yuvinish xonalariga o‘tkazilish kerak.

Umumiy ovqatlanish korxonalari bino ichlari vazifasiga ko‘ra: ishlab chiqarish, savdo, omborxona, ma’muriy-maishiylargabo‘linadi.
Ishlab chiqarish xonalarida taomlar yoki yarim tayyor mahsulotlar tayorlash jarayonlari amalga oshiriladi. Bularga quyidagilar kiradi:

  • go‘sht, baliq, sabzavotlarga biriamchi ishlov berish sexi;

  • yaxna taomlar tayyorlash sexi;

  • issiq ovqatlar tayyorlash sexi;

  • qandolat mahsulotlari tayyorlash sexi;

  • ovqatlar tarqatiladigan bo‘lim;

  • idish-tovoqlar yuviladigan bo‘lim.

Sabzavotlarga biriamchi ishlov berish sexi sabzavotlar saqlanadigan omborxonagayaqinjoydajoylashishi, sabzavotlami loylaridan yuvish uchun maxsus vanna bo4lishi, sabzavotlami tozalagich mashinalar bo‘lishi kerak. Sabzavotlami to‘g‘rash uchun stol, taxta, pichoqlar, markirovka qilingan «XS» - xom sabzavot, «PS» - pishgan sabzavot va hokazo bo‘lishi lozim.
Go‘sht baliqqa biriamchi ishlov berish sexida maxsus vanna, go‘sht qiymalagich mashina, go‘shtli yarim tayyor masalliqlami saqlash uchun alohida sovutgich, markirovka qilingan «XG» - xom go‘sht, «ХВ» - xom baliq, stol, taxta va pichoqlari bo‘lishi kerak.
Yaxna taomlar tayyorlash sexida xona devorlari kafel qoplan- gan, yomg‘, shinam bo‘lishi, mahsulotlami saqlash uchun alohida sovutgichlar, yaxna taom tayyorlash uchun maxsus stol, markirovka qilingan taxta, pichoqlar, moslamalar bo‘lishi kerak: «XS» - xom sabzavot uchun, «PS» - pishgan sabzavot uchun, «PG» - pishgan go4 sht uchun va hokazo. Stollar usti suv o‘tqazmaydigan polimer materiallar bilan qoplangan bo‘lishi lozim.



Yüklə 25,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin