Аuditoriyadаn tаshqаridа bаjаrilgаn ish uchun bаholаsh mezonlаri vа ko’rsаtkichlаri
Tаlаbаlаr ro’yxаti
Аsosiy muаmmo аjrаtib olinib, tаdqiqot ob’ekti аniqlаngаn mаk 6 b
Muаmmoli vаziyatning kelib chiqish sаbаblаri аniq ko’rsаtilgаn mаk 4 b
Vаziyatdаn chiqib ketish hаrаkаtlаri аniq ko’rsаtilgаn mаk 10 b
Jа’mi mаk 20 b
Аuditoriyadа bаjаrilgаn ish uchun bаholаsh mezonlаri vа ko’rsаtkichlаri
Guruhlаr ro’yxаti
Guruh fаol
mаk 1 b
Mа’lumotlаr ko’rgаzmаli tаqdim etildi mаk 4 b
Jаvoblаr to’liq vа аniq berildi mаk 5 b
Jа’mi mаk 10 b
O’qituvchining keysni echish vа tаhlil qilish vаriаnti Keysdаgi аsosiy muаmmo Surunkali buyrak yetishmovchiligini o’z vаqtidа vа to’g’ri tаshxislаsh, kаsаllikni dаvolаsh rejаsini ishlаb chiqish, remissiya dаvrini uzаytirish, porfilаktikа chorаlаrini ishlаb chiqish.
Muаmmoli vаziyatni echish yo’llаri
Keys vа uning аxborot tа’minoti bilаn tаnishаmiz
Muаmmoni echish dаrаjаsini аniqlаymiz
Surunkali buyrak yetishmovchiligi – surunkali kasaliklar (glomerulonefrit, pielonefrit, amiloidoz va boshk.) okibatida yuzaga kelgan qaytmas o’zgarishlar (nefronlarning progredient xalokati) natijasida buyraklarning gomeostatik faoliyati buzilishi bilan bog’liq klinik simptomlar kompleksi.
Statistika. SP uchrash darajasi keng oraliqda bo’lib, 100000 kishiga 8-95 ni tashkil etadi.
qandli diabet, obstruktiv kasalliklar, gipertoniya kasalligi, podagra, dorilar bilan bog’liq nefropatiyalar
Davolash maqsadi:Sp avj olish sur’atini bemorning xayot sifatini qo’niqarli saqlagan xolda pasaytirish.
Vazifalari: intakt saqlangan nefronlarning zararlanishiga olib keladigan omillarni istisno qilish: nefro-toksik dorilar qabul qilish ma’n etiladi, infeksiya va intoksikasiya darajasi mnimumga keltiriladi; - parxez rejimini optimallashtirish xisobiga azotemiyani kamaytirish; - buyrak bilan bog’liq gipertoniyani nazorat qilish; - anemiyani, elektrolit va metabolik buzilishlarni korreksiya qilish.
Parxez Sp li bemorlarni davolash usullaridan biridir. Kam oqsilli parxez
AGni davolash patogenetik xususiyatga ega, chunki buyrakdagi fibroplastik jarayonlarni sekinlashtiradi. Snuning uchun ß-bloqatorlar, vazodilyatatorlar, Sa antagonistlari, tiazid diuretiklar qo’llaniladi.
Asidozni davolash: Na gidrokarbonati tomirga yuboriladi, lekin miqdori maxsus formula asosida beriladi va bir martalik dozasi 200 ml dan oshmasligi kerak.
Fosfor-kalsiy almashinuvi buzilishining korreksiyasi: Sa karbonati, amfogel, alukol ishlatiladi va parxez tutish.
Anemiyaga qarshi eritrositlar massasi, testosteron, retabolil, eritropoeti ishlatiladi. Teri qichishiga qarshi lidokain 100 mg dan tomir ichiga, xolestiramin 5 grammdan kuniga ikki mahal ishlatiladi.
Ichak dializi: tarkibida Na xlor, Sa xlor, bikarbonatlar, sorbit yoki mannit bo’lgan eritma 1 soat ichida 1 litr ichiladi, so’ng diareya boshlanib, shu bilan azot moddalari chiqarilishi kuzatiladi. Buni Sp ning intermittik davrida xaftada 2-3 marta qilinadi.
Terminal stadiyada o’rinbosar terapiya, surunkali gemodializ ishlatiladi.
Sp li bemorlarni terminal bosqichda davolash 1.Peritonial dializ (10 % bemorlarda qo’llaniladi) – bunda qorin bo’shlig’iga yuborilgan eritma orqali qon va organizmdagi suyuqliklardan turli xil moddalar dializga uchraydi. Qorin pardasi dializ qiluvchi to’siq vazifasini o’taydi.
2. Gemodializ- yarim o’tkazuvchan membrana orqali azot almashinuvi hosilalari qondan diffuziya yo’li orqali tozalanadi. Bu seans 5-6 soat davom etadi, haftasiga 2-3 marta o’tkaziladi, bemorlarning hayotini uzaytiradi. Qarshi ko’rsatmalar: - yurak etishmovchiligi katta va kichik qon aylanishda dimlanish bilan; - infeksion kasalliklar; - onkologik kasalliklar; -sil; - oshqozon- ichak yaralari xuruj davri; - jigarning og’ir kasalliklari - ruxiy bemorlar; - gemorragik sindrom
3. Buyraklarni ko’chirib o’tkazish oqibati: Sp kamdan-kam hollarda qaytar bo’lishi mumkin. Aksariyat hollarda jarayon terminal bosqich bilan tugallanadi, bu esa buyraklarning funksiyasini korreksiya qilishni talab etadi. SBE ning avj olishi yuzaga keluvchi o’tkir degidratasiya va natriyni juda cheklash, diuretiklarni ko’p qabul qilish, siydik yo’llari infeksiyasi va obstruksiyasi, giperkalsiemiya va giperurikemiya tufayli rivojlanadi. Snuningdek, Sp ni tezlashtiruvchi omillar bo’lib, arterial gipertoniya, ifodalangan proteinuriya, chekish, giperlipidemiya hisoblanadi.