O’quv qo’llanma) (5110900 – Педагогика ва психология) Andijon-2019 ishanova m. Oila pedagogikasi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə27/41
tarix16.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#156274
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
OILA PEDAGOGIKASI OQUV qollanma

Navro‘z yangilanish bayrami. Tabiatda tun va kunning teng bo‘lishi, bahorning kirib kelishi, dalalarda ish boshlanishidan darak beruvchi, xalq tomonidan keng nishonlanuvchi Navro‘z bayrami o‘tgan davrlarda to‘siqlarga duch kelsa-da, xalqning istagi bilan qayta tiklandi va 1990-yildan boshlab mamlakatimizda katta quvonchlar bilan o‘tkaziladigan bayram sifatida nishonlanmoqda. Navro‘z hayot abadiyligining, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining, shu bilan birga bizning necha ming yillik milliy qiyofamizning, urf-odatlarimizning mangulik ifodasi, tasdig‘idir. “Navro‘z” so‘zi fors tilidan olingan bo‘lib, “Nav”-yangi, “ro‘z”-kun – “Yangi kun” degan ma’noni anglatadi. 21 mart kecha va kunduz tenglashgan kun – yangi yil – Navro‘z bayrami sifatida Sharq xalqlari tomonidan keng nishonlanadi. Navro‘z juda qadimiy bayramdir. Uning juda qadimiy bayram ekanligi buyuk mutafakkir allomalarimiz ijodlarida namoyon bo‘lgan. Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, Umar Hayyomning “Navro‘znoma”, Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”, Xoja Ali Termiziyning “Navro‘znoma”, Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” asarlari Navro‘z, uning paydo bo‘lish tarixi, u bilan bog‘liq urf-odatlar haqida muhim ma’lumotlarni beruvchi qimmatli manbalardir.
Navro‘z mehr-muruvvat, insonparvarlik, insonlarni ruhan birlashtiruvchi bayramdir. Navro‘z bayrami munosabati bilan mamlakatlararo urush-janjallar to‘xtatilgan, urushgan kishilar yarashgan, ota-onalar, qarindosh-urug‘lar, keksalar sovg‘alar bilan yo‘qlangan. Turli-tuman Navro‘z taomlari tayyorlangan, uy, hovli, ko‘chalar supurib-sidirilgan, katta-katta maydonlarda o‘yin-kulgular, askiyabozlik, qo‘chqor, xo‘roz urushtirish, kurash, teatr tomoshalari tashkil etilgan. Odamlar bir-birlarinikiga mehmonga borishgan, yerga birinchi urug‘ qadash marosimlari o‘tkazilgan. Navro‘z yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashda muhim vositadir. Navro‘z yosh avlod uchun tarbiya maktabidir. Navro‘z xotin-qizlarga alohida ko‘rk beruvchi bayramdir. Bayram munosabati bilan xotin-qizlar qo‘llariga xina, qoshlariga o‘sma qo‘yadilar. Arg‘imchoqlarda uchishib, she’rxonlik kechalarini o‘tkazadilar.
Navro‘z – tan sihatlik bayramidir. Chunki bayram dasturxoni, taomnomasi inson tanasi uchun shifo manbaidir. Navro‘z munosabati bilan o‘ziga xos turli iaomlar, shirinliklar tayyorlanib, bayram dasturxoni bezatilgan. Ya’ni, sumalak, halim, ko‘k somsa, ko‘k chuchvara navro‘z dasturxoni uchun asosiy taomlar hisoblangan.
Sumalak – Navro‘zning shoh taomi bo‘lib, u ko‘klam darakchisi, to‘kin-sochinlik, ahillik, ezgulik timsolidir. “Sumalak sayli” o‘ziga xos tarzda uyushtiriladi. Bu, asosan, ayollar bazmi hisoblanadi. Sumalak tayyorlanayotgan doshqozonlar atrofida xotin-qizlar, bolalar o‘yin-kulgi, aytishuv, askiya, lapar, latifalar aytishadi, childirma, dutor chalib, raqsga tushishadi. Sumalak sayliga kelgan har bir inson yaxshi niyat bilan qozon kovlaydi. Balog‘at yoshidagi yigit-qizlarga baxtli-saodatli, farzand ko‘rmaganlarga farzandli bo‘lishlarini niyat qildirib qozon kovlatiladi. Sumalak bir kecha-kunduz davomida tayyor bo‘ladi. U har bir oilaning soniga qarab taqsimlanadi. Bemorlar, yolg‘iz qariyalar, nogironlar sumalak bilan yo‘qlanadi. Sumalak bir oilada tayyorlansa-da, uni tayyorlash jarayonida butun qishloq yoki mahalla ahli, qarindosh-urug‘lar hamjihatlik bilan qatnashadilar.
Navro‘z har bir kishini insonparvarlikka, mehr-muruvvatga, bag‘ri kenglikka, saxovatga, go‘zallikka, ezgulikka da’vat etadi. Xalqni, jamiyatni poklikka, mehnatga, yaxshilikka undovchi g‘oya abadiydir.
Oilaviy marosimlar tarixiy jarayonda xalq pedagogikasi va donishmandligi bilan uyg‘unlashib ketib, asrlar davomida yoshlarni tarbiyalashdagi asosiy shakllardan biri bo‘lib kelgan. Shu sababli, hozirgi davrda ham xalq an’analarini qadrlagan, turli marosimlarni o‘tkazishda ma’noviy-estetik jihatlarga alohida e’tibor bergan oilalarda voyaga etgan yoshlar odob-axloqli bo‘lib ulg`ayadi.
Ispaniyalik bir faylasuf olim butun umrini jahon xalqlarining urf-odatlari, axloq-odobini o‘rganishga bag‘ishlagan ekan. O‘sha olim bizning yurtimizga tashrif buyurib, urf-odatlarmizni o‘rganibdi. Yurtiga borib: “Butun bir amalga oshirgan ishlarim va o‘rgangan bilimlarimni 15 yoshli o‘zbek qizalog‘ining o‘rnidan turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘ygancha choy uzatishidagi odobi, nazokatiga almashtirishga rozi edim”– degan edi.
Ajdodlarmiz asrab-avaylab kelgan urf-odatlarmizni, sharqona odobimizni, naslimiz pokligini, buyukligimizni asrab-avaylab kelgusi avlodga etkazish siz-u bizning qo‘limizdadir.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin