TeachCloud. TeachCloud platformasi taʻlim uchun maxsus ishlab chiqilgan
bulut hisoblash tizimlarining simulyatoridir. TeachCloud platformasi oddiy grafik interfeysni taʻminlaydi, u orqali talabalar bulutli hisoblash tizimining konfiguratsiyasi va sozlamalarini o‘zgartirishi mumkin, bunday tizimlarning mumkin bo‘lgan konfiguratsiyasi bilan tajribalar o‘tkazishi mumkin.
iCanCloud. iCanCloud platformasi - yirik maʻlumotlar saqlash tarmoqlari uchun dasturiy simulyatordir. iCanCloud platformasi maʻlum bir hisoblash muhitida muayyan dastur tomonidan resurslardan foydalanishni maksimal darajada oshirish imkonini beradi. Platformada to‘liq maʻlumotli odatiy ombor simulyatsiyasini to‘liq loyixalashtirish va amalga oshirish imkonini beruvchi to‘liq grafikli interfeys mavjud. Bundan tashkari, iCanCloud platformasi bulutli hisoblash tizimining simulyatsiyasini parallellashtirishga imkon beradi.
SPECI. SPECI dasturi (Elastik bulut infratuzilmalari uchun simulyatsiya
dasturi) yirik maʻlumotlarni qayta ishlash markazlari xatti-harakati va masshtabini qayta yaratishga va o‘rganishga imkon beruvchi simulyatordir. SPECI dasturi xozirgacha ishlab chiqilgan, ammo hali tuzilmagan maʻlumotlar markazlari bilan ishlashga mo‘ljallangan. Ushbu holatlarda SPECI dasturidan foydalanish tizimning zaifliklari va “to‘siqlarni” ko‘rsatishga imkon berishi mumkin.
63
DCSim. (Data Center Simulator) platformasi birinchi navbatda cloud computing asosiy muammo har bir alohida holatda tegishli resurs taqsimotini va zaxiralash siyosatini tanlaydigan IaaS tizimlari bilan ishlaydigan simulyator hisoblanadi . DCSim platformasi IaaS tizimini rivojlantirish va ishga tushirish jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi.
Bulutli tizimlarning matematik modellashtirilishi.
S. Islam, K. Lee, A. Fekete va A. Liu[ lar bulutlar uchun elastiklik modelini ishlab chiqdilar. Ular shunday farazni ilgari surganlarki, har bir resurs turi (protsessor, xotira, tarmoq o‘tkazuvchanli va x.) birliklarga ajratilishi mumkin va foydalanuvchilar ajratilgan resurslardan va ularning so‘rovlariga mos QoS metrikalaridan xabardor bo‘ladi, xuddi Amazon CloudWatch dagi kabi. Model taqdim etilgan, lekin foydalanilmagan resurslar narxlari bilan ishlab chiqarishni kamaytirishga oid samaradorlik tannarxinining pasayishini birlashtiradi.
Malumotlar uzatishda Bulutl tarmoqlarini analitik va immitatsion modellashtirish
2.1- rasm. AnyLogic immitatsion modeli ko‘rinishi
AnyLogic kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan simulyatsiya dasturi bo‘lib, u Rossiya kompaniyasi (avval Ex X Technologies, XL Technologies) hisoblanadi. Ushbu vosita zamonaviy grafik interfeysga ega va siz modellarni ishlab chiqish uchun Java tilidan foydalanishga imkon beradi
64
2003-yilda, biznes-modellashtirishga qaratilgan AnyLogic 5-ni chiqarishga ulkan qadam qo‘yildi. AnyLogic yordamida quyidagi yo‘nalishlarda modellarni ishlab chiqish mumkin bo‘ldi:
sog'liqni saqlash va farmatsevtika;
telekommunikatsiya va axborot tizimlari;
Dasturning eng so‘nggi versiyasi AnyLogic 7 hisoblanadi. AnyLogic 7 mashhur Eclipse muhitida Java dasturlash tilida yozilgan. Anylogic 6 Windows operatsion tizimi ostida va Mac OS va Linux ostida ishlaydigan o‘zaro faoliyat platformalar dasturidir.
Dostları ilə paylaş: |