O’quv qo’llanma (bakalavriat yo’nalishi uchun) Toshkent-2004


Farmoyish hujjatlarining boshqaruvdagi ahamiyati va strukturasi



Yüklə 204,81 Kb.
səhifə12/37
tarix26.12.2023
ölçüsü204,81 Kb.
#197913
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Instituti ish yuritish asoslari o’quv qo’llanma-fayllar.org

Farmoyish hujjatlarining boshqaruvdagi ahamiyati va strukturasi

Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar maxsus bosma ish qog’ozlari bo’lmagan taqdirda oddiy buyruq qog’oziga ham yoziladi. U holda buyruq boshiga “kadrlar shaxsiy tarkibiga oid” deb yozib qo’yish kerak. Buyruq sarlavhalari: “Ishga qabul qilish haqida buyruq”, “Boshqa ishga o’tkazish haqida buyruq”, ”Ishdan bo’shatish haqida buyruq”, ”Mehnat ta’tili berish haqida buyruq”, ”Rag’batlantirish haqida buyruq” va hokazo.

Bunday buyruqlarda kirish qismi bo’lmasligi mumkin. Farmoyish qismida, odatda, bandlar, paragraflar bo’ladi. Buyruq qismidagi «QABUL QILINSIN», «TAYINLANSIN»,
«O’TKAZILSIN», «TAShAKKUR BILDIRILSIN», «BO’ShATILSIN» kabi fe’llar bosh
harf bilan yoziladi. Familiya ham bosh harf bilan, ismi va ota ismi esa matndagi oddiy harflar bilan yoziladi.
Ba’zi buyruqlarda shu buyruq munosabati bilan ilgarigi joriy buyruq yoki boshqa xil hujjat bekor qilinganligi ham ko’rsatib o’tiladi.
Muassasalarda odatda, xodimga yoki boshqa xususiy shaxsga muayyan buyruqdan ko’chirma berishga to’g’ri keladi.
Zaruriy qismlari:

  1. Muassasa nomi.


  2. Hujjat nomi.


  3. Sanasi.

  4. Raqami.

  5. Joyi.

  6. Sarlavhasi.

  7. Matni (asoslovchi qismi, ”BUYuRAMAN” so’zi, farmoyish qismidan kerakli bandi).


  8. Imzo chekkan shaxs familiyasi (yoniga “imzo” degan so’z yoziladi).


  9. Tasdiqlash belgisi.


Buyruqdan ko’chirma, odatda, xos ish qog’oziga yozilib, tasdiqlab beriladi: «Asliga to’g’ri» so’zi bilan kotib (yoki buyruqdan ko’chirma beruvchi shaxs) imzo chekadi.


Farmoyish - bu muassasa ma’muriyati (direktor, uning o’rinbosarlari, bosh muhandis, uning o’rinbosarlari), shuningdek, bo’limlar rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarda harakat muddati cheklangan bo’lib, uning kuchi bo’limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo’ladi, farmoyishning matni huddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida “BUYuRAMAN” so’zi o’rniga “TAVSIYa QILAMAN”, ”RUXSAT BERAMAN” kabi iboralar ishlatiladi.
Ko’rsatma - idoralarda xabarsifat-uslubiy tusdagi masalalar, shuningdek buyruqlar, yo’riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog’liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko’rsatmalarga birinchi rahbar, bosh muhandis, ularning o’rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko’rsatma muassasaning xos ish qog’oziga bosiladi. U ham buyruq kabi, odatda, sarlavha bilan (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos (kirish) qismida, falon “maqsadda”, falon “buyruqni bajarish uchun” kabi taomilga kirgan iboralar qo’llaniladi va “YuKLAYMAN”, “TAVSIYa ETAMAN” so’zlari bilan farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa «TAVSIYa ETAMAN» so’zi qo’llaniladi. Ko’rsatmaning farmoyish qismi buyruqning farmoyish qismiga o’xshash bo’ladi.

Yüklə 204,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin