O’quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022


Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə9/38
tarix24.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#191123
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
Sharq allomalarining ilmiy-fayllar.org

Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar. 
1.Muso Xorazmiyning dunyo faniga katta hissa qo‘shishi
2.Abu Abdulloh Xorazmiy va uning “Ilmlar kaliti” asari
3.Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy
O‘rta Osiyolik mashhur mutafakkir alloma
4.Ahmad al-Marvaziyning Bog‘dod ilmiy maktabida tutgan
o‘rni.
3 – MAVZU. IMOM AL-BUXORIY VA ABU ISO 
MUHAMMAD ATTERMIZIYLARNING HAYOTI VA 
ILMIY MEROSI 
Reja 
1. Hadis ilmining rivojlanishidagi oltin davr
2. “Amir al – Mo`miniyn” – Imom Buxoriy va uning boy ilmiy
merosi
3. Abu Iso Muhammad atTermiziylarning hayoti va ilmiy merosi
4. Milliy istiqlol davrida allomalar ilmiy merosiga munosabat
Tayanch so‘z va iboralar: al-Mug‘iyra, Bardazbeh ,
Bazazbehdir, “At-Tarix al-kabir”, shayx, mashoyix, hadis, rivoyat,
Hijoz , Makka, Madina, Jidda

Imom al-Buxoriy 
(810-870) 
Hadis ilmining rivojidagi oltin davr hisoblangan hijriy uchinchi
(milodiy to‘qqizinchi) asrda hadisshunoslikda kata muvaffaqiyatlar
qo‘lga kiritilgan. Chunonchi, butun musulmon dunyosidagi eng
nufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar to‘plamining
(as-sihoh as-sitta) mualliflari yashab ijod qilganlar.Yana shunisi



40
diqqatga sazovorki, mazkur olti muhaddisning deyarli hammasi


Markaziy osiyolik bo‘lib, ular; Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil
al-Buxoriy, Imom Muslim ibn al-Hajjoj (206/819-261/874), Abu Iso
Muhammad ibn Iso at-Termiziy (209/824-279/892), Imom Abu
Dovud Sulaymon Sijistoniy (202/817-275/880), Imom Ahmad An-
Nasoiy (215/824-273/886), Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn
Yazib ibn Mojja (209/824-273/886) kabi siymolardir. Shular ichidan
“Hadis ilmida amir al mo‘miniyn” degan sharafli nomga sazovor
bo‘lgan Imom al-Buxoriy alohida e’tiborga molik buyuk olimdir.
Imom al-Buxoriyning ismi Muhammad, kunyasi Abu Abdulloh,
laqabi ba’zan imom al-muhadstisiyn mo‘’mi-niyn fi-l-hadis (hadis
ilmining amiri, sultoni) va nasabi Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim
ibn al-Mug‘iyra ibn Bardazbeh ibn Bazazbehdir. So‘nggi ikki ismi –
ibn Bardazbeh ibn Bazazbehdan ko‘rinib tu-ribdiki, imom al-
Buxoriyning asl nasabi ajamlarga borib taqaladi. Bu fikr talay
adabiyotlarda qayd qilingan bo‘lib, ko‘pchilik muhaddislarning
ta’kidlashlaricha, «Bardazbeh» so‘zi arabcha «zori’» (ziroat,
dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi kishi) ma’nosini bildiradi.
Imom al-Buxoriyning otasi Ismoil edi. Uning kunyasi Abul-
Hasan bo‘lib, o‘z davrining yyetuk muhaddislaridan, imom Molikning
shogird va ashoblaridan biri hisoblangan, tijorat ishlari bilan ham
shug‘ullangan. Afsuski, hozircha uning qalamiga mansub biror asar
haqida aniq ma’lumotga ega emasmiz. Biroq uni Hamad ibn Zayd,
imom Molik, Abu Muoviya kabi yirik muhaddislardan hadislar
rivoyat qilgani, Abdulloh ibn al-Muborakning suhbatida bo‘lib, undan
ta’lim olgani haqidagi ma’lumotlar manbalarda keltiriladi. Uning
shogirdlaridan esa iroqlik olimlar - Ahmad ibn Hafs, Nasr ibn Husayn
va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Imom al-Buxoriy “At-Tarix al-
kabir” (“Katta tarix”) asarida otasining tarjimai holi haqida talay
ma’lumotlar beradi. Tarixchi al-Hofiz ibn Hibbon o‘zining “Kitob as-
siqqot” (“Buyuk insonlar haqida kitob”) nomli asarida Ismoil ibn
Ibrohim, ya’ni al-Buxoriyning otasi “Hamad ibn Zayd va Molikdan
hadislar rivoyat qilgan, undan esa iroqlik olimlar hadislar naql
qilganlar”, – deya ta’kidlaydi.
Manbalarda zikr qilinishicha, Ismoil o‘ta taqvodor, xudojo‘y,
halol bir inson bo‘lgan. Tarixchilarning yozganlari bu fikrimizga
dalildir. “Abu Abdulloh (imom al-Buxoriyning otasi) bandalikni bajo
keltirayotgan chog‘ida uni ziyorat qilganimda, menga u: “Bor molu



41
dunyomdan harom yo‘l bilan, shubhali, nopok yo‘l bilan topilgan bir


dirhamni ham bilmayman”, deb iltijo qilganida mening nafasim
bo‘g‘ilib, butun vujudim uning ulug‘vorligidan hech narsaday
tuyuldi”, – deb yozadi. Mazkur kitobda, shuningdek, imom al-
Buxoriyning otasiga xos bo‘lgan yana bir qancha asl insoniy fazilatlar
va uning alohida xususiyatlari ham qayd etiladi.
Imom al-Buxoriyning onasi ham taqvodor, diyonatli va har xil
karomatlar sohibasi, g‘oyatda oqila, fozila ayol sifatida tanilgan edi.
Ma’lumki, imom al-Bu-xoriyning yoshligida ko‘zi jarohatlanib,
ko‘rish qobiliyati susaygan, har qancha urinishsa ham, tabiblar uni
davolay olmagandilar. Kunlardan bir kuni al-Buxoriyning onasi
tushida Ibrohim (s.a.v.)ni ko‘rganda u zoti sharif bu mushfiqa onaga
qarab: “Ey, volida! Sening duolaringning bardavomligidan Alloh taolo
o‘g‘lingga to‘liq ko‘rish qobiliyatini qaytardi”, – deya xitob qilganlar.
Keyin u: “Uyqumdan uyg‘onsam, o‘g‘lim Muhammadning ko‘z nuri
to‘liq qaytib, tuzalib ketibdi”, – degan rivoyat mavjuddir. Abu Ali al-
G‘assoniy degan olim: “Muhammad ibn Ismoilning yoshligida ko‘zi
ojiz bo‘lib qolgan. Uning onasi taqvodor ayol bo‘lib, tushida Ibrohim
Xalilullohni ko‘rganda, u: “Ko‘p duolar qilib yig‘laganingdan Alloh
taborako va taolo o‘g‘lingning ko‘zini qaytardi”, – degan. Ona:
“Ertalab uyg‘onsam, Alloh o‘g‘limga ko‘rish qobiliyatini qaytarganini
ko‘rdim”, degan ma’lumot bilan yuqoridagi rivoyatni aynan qaytaradi.
Imom al-Buxoriy ilm-fan va madaniyat ravnaqida azaldan
mashhur bo‘lgan Buxoro shahrida tavallud topgan. Mana shu
muhtasham shahar – Buxoroi sharifda 194 hijriy sana, shavvol oyining
13-kunida salotul-jum’adan keyin (810 milodiy sana, 21 iyul) jami
muhaddislarning imomi, Payg‘ambar (s.a.v.)ning muborak hadislariga
durdonasimon sayqal berib, ularni abadul-abad barhayot qilgan ulug‘
zot imom al-Buxoriy dunyoga kelgan.
Mutafakkir Abdurahmon Jomiy mashhur muhaddisning ilmiy-
ijodiy salohiyatiga yuksak baho berib, “Batxa (Makka) va Yasrib
(Madina)da yasalgan tanganing sayqali Buxoroda kamoliga etdi”, –
deb yozgan edi. Ma’lumki, manbalarda o‘rta asrlarning bir qator
donishmandlari tavallud topgan oylar va kunlar tugul, hatto, yillarida
ham aniqlik bo‘lmay, xilma-xil ma’lumotlar ko‘rsatilgan hollar bot-
bot uchraydi. Imom al-Bu-xoriyning tugilgan vaqti (kuni, oyi, yili)
aniq keltirilishining boisi shundaki, allomaning o‘zi yozishicha, u



42
tug‘ilgan vaqt haqida otasi o‘z qo‘li bilan yozib qo‘ygan varaq


zamondoshlariga etib kelgan.
Imom al-Buxoriy yoshligidayoq otasi vafot etib, bolaning
tarbiyasi volidasi zimmasida bo‘lgan. Birmuncha ulg‘ayib aqli raso
bo‘lgach, uning qalbida islomiy ilmlarga, ayniqsa, Payg‘ambar
(s.a.v.)ning muborak hadislarini o‘rganishga va yodlashga moyillik
tobora kuchaya boradi. U dastavval Ibn al-Muborak va Vakiy’ning
hadislarga oid asarlarini yod oladi. Imom al-Buxoriyning kotibi, uning
asosiy tasnifi “Sahih” asari roviylaridan biri bo‘lmish Abu Ja’far
Muhammad ibn Abu Hotam al-Varroq shunday deb yozadi: Al-
Buxoriyning hadislarni yod olish ilhomi menga boshlang‘ich
maktabda o‘qiyotganimda kelgan edi, – deganini eshitganimda,
O‘shanda necha yoshda edingiz? – deb so‘radim. U O‘n yoshda,
balkim undan ham kichik edim, – deb javob bergandi. Bu misoldan
ko‘rinib turibdiki, imom al-Buxoriy juda yoshligidan boshlab
hadislarni yod olib, bu mashg‘ulotga alohida zavq-shavq va qiziqish
bilan qaragan.
Allomaning ustozlari haqida gapiradigan bo‘lsak, u, eng avvalo,
o‘sha paytda Buxoroning taniqli muhaddislaridan sanalgan ad-
Doxiliydan saboq olgan. Hadis-larni o‘rganish bo‘yicha ushbu olim
tashkil etgan to‘garakning shuhrati keng tarqalgan bo‘lib, uning
faoliyati yoyilib ulkan samaralar bergan.
Kunlardan bir kuni ad-Doxiliy o‘z odaticha talabalarga saboq
berar, al-Buxoriy ham boshqa tolibi ilmlar qatori dars tinglab o‘tirgan
edi. Shunda ad-Doxiliy bir hadis isnodi haqida gapirib Sufyon Abu
Zubayrdan, u Ibrohimdan, – deb zikr qildi. Shunda al-Buxoriy: Abu
Zubayr hech vaqt Ibrohimdan rivoyat qilmagan, – dedi va bu bilan u
ad-Doxiliyni bu sanad xususidagi xatodan ogoh qilmoqni istadi. O‘z
shogirdidan bu gapni eshitgan ad-Doxiliy esa hayratga tushib,
dag‘allik bilan uning so‘zini bo‘ldi. Al-Buxoriy o‘ta xotirjamlik bilan
“Ustoz, agar ishonmasangiz asl manbaaga qarang”, – dedi. Ad-
Doxiliy manbaga qarab, shogirdi aytgan gapning to‘g‘riligini e’tirof
qilib, tan oldiyu lekin o‘sha hadis sanadini qog‘ozda tuzatishni
paysalga soldi. Rag‘bat yuzasidanmi yoki uni sinab ko‘rish uchunmi,
xullas, sanadni topib tuzatish masalasini al-Buxoriyning o‘ziga
tashladi. Tashqariga chiqishgach, shogirdidan «E, bola, bu yog‘i endi
qandoq bo‘ladi? – deb so‘radi. Al-Buxoriy esa hech bir kuttirmay
ustoziga javob qildi: “Zubayr ibn Adiy Ibrohimdan rivoyat qilgan”.



43
Shundan keyin u (ad-Doxiliy) qalam olib yozganini tuzatdi va “Sen


Haqsan – dedi. Al-Buxoriyning aytishicha, bu vaqtda u bor-yo‘g‘i o‘n
bir yoshda bo‘lgan.
Manbalarda keltirilishicha, al-Buxoriyga o‘n yoshi-dan boshlab
hadislarni yod olish ilhomi nasib etgan bo‘lsa, yoshi ulg‘aygan sari bu
istak tobora kuchayib, u iafaqat hadislarni shunchaki yod olish, balki
yoshligidan boshlab hadislarni sahih (to‘g‘ri, ishonchli) va g‘ay-
risahih (xato, noto‘g‘ri)larga ajratish, ularning illat-larini anikdash,
hadis roviylari ma’lumotlarining to‘g‘riligi, ishonchli yoki
ishonchsizligi, roviylarning maishiy hayoti, yashash joylari, tug‘ilgan
va vafot etgan sanalari, bir-birlari bilan o‘zaro muloqotlari tafsilotini
bilish, turli roviylar keltirgan hadislarni bir-biriga solishtirib
muqoyasa qilish, ularning bir-birlari bilan o‘zaro bog‘liqligi yoxud
uzilishlar mav-jud holatlar, hadis ilmining yana boshqa xilma-xil
muammolarini chuqur tadqiq yetish, hadislarni saralab jamlash va
Qur’oni karim oyatlari bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganish kabi
masalalarga qiziqdi.
Imom al-Buxoriy o‘z vatanida va xorijiy yurtlarda mingdan ortiq
ustoz (shayx, mashoyix)lardan hadis rivoyat qilgani haqida
manbalarda aniq ko‘rsatilgan.
Al-Buxoriyning ilk ustozlari sifatida o‘sha davrda Buxoroda
ko‘zga ko‘ringan muhaddislardan Muhammad ibn Salom al-
Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf al-Poykandiy, Abdulloh ibn
Muhammad al-Masnadiy, Ibrohim ibn al-Ash’as va boshqalarni ham
ko‘rsatish lozim. O‘n olti yoshga etmasdanoq u ko‘pdan-ko‘p
hadislarni puxta o‘zlashtirib, Abdulloh ibn al-Muborakning kitoblarini
yod oldi. Tez fursatda al-Buxoriyning noyob qobiliyati va zukkoligi
ko‘pchilik ulamolar tomonidan, shuningdek, al-Buxoriyga ustozlik
qilgan yetuk muhaddislar tomonidan ham e’tirof etila boshlandi. Bu
hol shu darajaga yetdiki, hatto ayrim taniqli olimlar ham al-
Buxoriyning o‘z darslarida hozir bo‘lishidan tashvishlanib, uning
huzurida
biror
xato
yoki
kamchilikka
yo‘l
ko‘yishdan
xavotirlanadigan bo‘lib qoldilar. Ular o‘z kitoblaridagi xatolarni
tuzatish uchun al-Buxoriyga murojaat qilardilar. Manbalarda
keltirilishicha, al-Buxoriy hadislar talabida xorijiy yurtlarga safarga
chiqishidan oddin bir voqea sodir bo‘lgan ekan. Bu haqda buxorolik
olim Salim ibn Mujohid shunday hikoya qiladi: Bir kun do‘stim
Muhammad ibn Salom al-Poykandiyning uyiga borgan edim, u



44
menga “Biroz oldinroq kelganingda, etmish ming hadisni yod


biladigan bir bolakayni ko‘rar eding-a”, – dedi. Men shu zahoti
orqamga qaytib, ko‘chaga chiqdim va o‘sha bolani uchratib, Yetmish
ming hadisni yod bilaman, deydigan bola sen-misan?” – deb so‘rasam,
u “Ha, balkim undan ham ortiq-rog‘ini bilaman”, – dedi. U yana:
“Men sahobalar va tobi’iylardan, toki ularning ko‘plarini tavallud va
vafotlari, ularning maskanlarini aniq bilmagunimcha, birorta ham
hadis rivoyat qilmayman. Shuningdek, sahobalar va tobi’iylarning har
bir hadisini Qur’oni karim va Payg‘ambar (s.a.v.)ning hadislariga
tayangan hodda rivoyat qilaman”, – dedi.
Salim ibn Mujohidning ushbu so‘zlari ham al-Buxoriyning
yoshligidan boshlab o‘ziga puxta ishonchi va mas’uliyati bo‘lgani, shu
tufayli el orasida obro‘-e’tibor topganiga dalildir. Muhammad ibn
Salom al-Poykandiyning “Muhammad ibn Ismoil qachon mening
huzurimga kirsa, har doim men o‘zimni yo‘qotib qo‘yib, doim undan
xavotirda turaman”, – degan e’tirofiga qo‘shimcha, al-Hofiz ibn
Hajar: “Uning (al-Buxoriy-ning) huzurida xato qilib qo‘yishdan u
qo‘rqar edi”, – deb bu holni yanada oydinlashtiradi. Muhammad ibn
Salom al-Poykandiy bilan bog‘liq bu voqealar hali al-Buxoriyning
ilmi Buxorodagi o‘z ustozlari darajasida ekanidayoq sodir bo‘lgani,
qolaversa, imom al-Buxoriy Buxorodan jo‘nab ketgandan keyin al-
Poykandiy u bilan boshqa uchrashmaganini hisobga olsak,
ta’kidlamoqchi bo‘lgan fikrimiz yanada aniqlashadi, deb o‘ylaymiz...
Azaldan muhaddislar orasida arabcha “rihlat” istilohi biror
hadisni bilish yoki isnodni oliy darajasiga etkazish maqsadida yo‘lga
chiqqan insonning safariga nisbatan ishlatilar ekan. Ilm yo‘lidagi
fidoyilik, bu yumushga butun vujudiyu akd-zakovatini, bor imkoniyu
himmatini baxshida etish, aql bovar qilmas darajadagi quvvai hofizasi
va boshqa fazilatlari imom al-Buxoriyni islom dunyosining buyuk
allomalaridan biri sifatida tanitdi. Imom al-Buxoriy rivoyat qil-gan
hadislarning roviylari ko‘p hollarda hatto imom Molik va imom Abu
Hanifaning ustozlari (shuyux) toifasiga kiradi. Bu fikrni ko‘plab
muhaddislar bir ovozdan qo‘llab- quvvatlaganlar.
Demak, imom al-Buxoriy o‘n olti yoshga etguncha o‘z yurtidagi
mashoyixlardan hadis eshitib, ulardan saboq oladi. Mana shundan
keyin islomiy ilmlarning mar-kazi, Payg‘ambar (s.a.v.)ning vatani,
Qur’oni karim nozil bo‘lgan muqaddas diyor - Rasululloh sahobalari-
ning maskani Hijozi sharif tomon ravona bo‘ldi. Bu xususda imom al-



45
Buxoriyning kotibi Ibn Abu Hotam al-Varroq zikr qilishicha, al-


Buxoriy doimo shunday deyar ekan: «Qachonki o‘n olti yoshni
urganimda (so‘zma-so‘z «ta’intu») Ibn al-Muborak va Vakiy’ning
kitoblarini yod etib, so‘ngra «ana ularni», ya’ni ashobu-r-ray
kalomlarini bilib olgan edim. So‘ngra onam va akam Ahmad bilan haj
ibodatini ado etish uchun safarga jo‘na-dim». Al-Varroqning bu
gaplaridan ma’lum bo‘layotir-ki, imom al-Buxoriy birinchi marta
safarga 825 yilda chiqqan. Mana shu yili u yaqinlari bilan Makkai mu-
karramaga etib kelib, Haj ibodatini ado etgandan so‘ng onasi va
akasini Buxoroga qaytarib yuborib, o‘zi Makkada qoldi va bu
muqaddas shahar mashryixlarining il-miy yig‘inlariga qatnasha
boshladi. O‘sha paytda Mak-kada bir qancha ko‘zga ko‘ringan
ulamolar istiqomat qila-yotgan bo‘lib, ular ichida hadis ilmi sohasida
mashhurla-ridan imom Abul Valiyd ibn al-Arzaqiy, Abdulloh ibn az-
Zubayr va alloma al-Hamidiylarni ko‘rsatish mum-kin. Shuningdek,
yana bir qancha taniqli olimlardan ham imom al-Buxoriy hadis ilmi
bo‘yicha saboq oladi. Makkai mukarramada ikki yilcha yashagandan
keyin u Madinai munavvaraga tomon yo‘l oladi. Jumlai jahondan ilm
toliblari nabaviy (Payg‘ambarimiz haqidagi) ilmlarni o‘rganish uchun
bu mo‘’tabar shaharga oqib kelardilar. Imom al-Buxoriy 827 yilda,
o‘n sakkiz yoshida Payg‘ambar (s.a.v.S)ning ravzai muboraklari
qo‘yilgan Madinaga etib keldi. Shu paytda shaharda ko‘zga ko‘rin-gan
mashhur ulamolardan Ibrohim ibn al-Munzir, Mut-rif ibn Abdulloh,
Ibrohim ibn Hamza, Abu Sobit Muhammad ibn Ubaidulloh,
Abdulaziz ibn Abdulloh al-Uvaysiy singari yetuk olimlar faoliyat
ko‘rsatardilar. Imom al-Buxoriy ushbu ulamolar bilan muloqotda
bo‘lib, , ulardan ko‘pdan-ko‘p saboq oddi. Hijozi sharifga qil-gan bu
rihlati asnosida bo‘lg‘usi alloma o‘zining dastlabki asari «At-Tarix al-
kabir» («Katta tarix»)ning qoralamasini tugatdi. Qator tarixchilarning
ta’kid-lashicha, imom al-Buxoriyning Hijoz (Makka), Madina, Toif,
Jiddaga qilgan bu rixlati olti yil davom etgan. Shu bilan birga, bu
muddat uzluksiz bo‘lmay, imom al-Buxoriy shu vaqt ichida boshqa
yondosh mamlakatlarga ham safar qilgani qayd etiladi.
Shundan keyin, al-Buxoriy Basra (Iroq) shahriga qarab yo‘l
oladi. O‘sha paytda Basra ham Sharqning e’ti-borli ilmiy
markazlaridan biri bo‘lib, bu erda, xusu-san, hadislarni o‘rganish keng
quloch yoygan edi. Basrada u imom Abu Osim an-Nabiyl, Safvon ibn
Iso, Badal ibn Ar’ara, Sulaymon ibn Harb, Abul Valiyd at-Tayo-lisiy,



46
A’rim va Muhammad ibn Sinon kabi ulamolar-dan saboq olib, o‘z


bilimini oshirdi. Shu asnoda imom al-Buxoriy Basraga
hammasi bo‘lib to‘rt marta borib keldi. Uning o‘zi doimo:
«Basraga to‘rt marta rihlat qilganman», – deb ta’kidlardi. Shundan
so‘ng u Kufaga safar qildi va bu shaharda ham bir necha bor bo‘ldi.
Shuningdek, Bag‘dodni ham bir necha marta ziyorat qilga-ni ma’lum.
Mazkur safarlar xususida kotibi al-Var-roq uning quyidagi so‘zlarini
keltiradi: «Kufa va Bag‘dodga muhaddislar bilan uchrashishga necha
marta borga-nimning hisobini ham bilmayman». Tarixchi olim an-
Navaviy o‘zining “Tahziybul-asmoi val-lug‘a” nomli kitobida imom
al-Buxoriyning Kufadagi ustozlaridan quyidagilarni zikr qilgan:
Abdulloh ibn Muso, Abu Na’iym Ahmad ibn Yaqub Ismoil ibn Abon,
al-Hasan ibn Rabiy’, Xolid ibn Muxallad, Sa’iyd ibn Xafas, Talaq ibn
G‘unam, Umar ibn Xafas Urva, Qabiysa ibn A’qba va Abu G‘asson.
Kufaning taniqli olimlari – ustozlarining rivoyatlari ishonchli va
isbotli ekanligiga ishonch hosil qilgach, imom al-Buxoriy ulardan
hadislar yozib olgan. Abbosiylar xalifaligining poytaxti bo‘lmish
Bag‘dodda dunyoning turli tomonlaridan kelgan ko‘plab fozillar
to‘plangan edi. Shu boisdan bo‘lsa kerak, imom al-Buxoriy ham,
yuqorida aytib o‘tganimizdek, Bag‘dodda bir necha marta bo‘lgan va
u erda katta hurmat bilan kutib olingan. Bu shahardagi ustozlari imom
Ahmad ibn Hanbal, Muhammad ibn Iso as-Sabbo, Muhammad ibn
Soiq, Shurayh ibn an-Nu’mon va boshqalardan saboq olgan. Imom
Abu Ali al-G‘assoniy “Taqyid al-muhmal” nomli asarida: «Imom al-
Buxoriy oxirgi marta (hammasi bo‘lib u Bag‘dodda sakkiz marta
bo‘lgandi) Bag‘dodni tark etib qaytayotganda, imom Ahmad ibn
Hanbal u bilan xayrlashar ekan, g‘oyat hasratu alam bilan: “Ilm va
muxlislarni (an-nos) tashlab, Xurosonga ketasanmi?” – deb zorlangan
edi. Oradan yillar o‘tib Buxoro hokimi Abu Tohir az-Zuhliy imom al-
Buxoriyga qarshi fitna uyushtirib, uni ona yurti Buxorodan badarg‘a
qilish niyatida turli-tuman bo‘htonu tuhmatlar to‘qiganida imom al-
Buxoriy Ahmad ibn Hanbalning o‘sha so‘zlarini eslab, ko‘p
nadomatlar cheqkan va “Ahmad ibn Hanbalning so‘zlari ma’nosiga
endi tushundim”, – deb afsuslangandi.
Imom al-Buxoriy Shomda ham bo‘lib, unda Yusuf al-Faryobiy,
Abu Nasr Ishoq ibn Ibrohim va Odam ibn Abu Iybos Abul-Yaman al-
Hakam ibn Nofi’ va Hayvat ibn Shuriyh kabi bir qancha mashhur
olimlardan saboqlar oldi. Shundan so‘ng Misrga o‘tib, Usmon ibn as-



47
Sog‘ Sa’iyd ibn Abu Maryam, Abdulloh ibn Solih, Ahmad ibn Solih,


Ahmad ibn Shubayb, Asbag‘ ibn al-Faraj, Sa’iyd ibn Abu Iso, Sa’iyd
ibn Kasir ibn Afiyr, Yah’ya ibn Abdulloh ibn Bakir va shularga
o‘xshash olimlardan dars oldi. Ba’zi manbalarda ko‘rsatilishicha,
imom al-Buxoriy Mesopatamiya (Jaziyra)ga ham borib, Ahmad ibn
Abul-Malik al-Harroniy, Axmad ibn Yazid al-Harroniy, Amru ibn al-
Xalaf va Ismoil ibn Ab-dulloh ar-Raqqiy kabi olimlar bilan muloqotda
bo‘lgan hamda ulardan istifoda etgan. Mashhur olim Tojuddin as-
Subkiy esa o‘zining “At-Tabaqot ash-shofi’iyya al-kubro” nomli
asarida: “Imom al-Buxoriy al-Jaziyraga bormagan va al-Jaziyra
mashoyixlaridan qilgan rivoyatlari boshqalarga tayanilib (bilvosita)
naql qilinadi”, - deb yozadi. Bundan tashqari, alloma Xuroson va
uning Marv, Balx, Hirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaharlarida ham
necha martalab bo‘lib, mashhur olimlaridan saboqdar oldi. Jumladan,
Marvda Ali ibn Hasan ibn Shaqiyq, Abdon, Muhammad ibn Muqodil
va boshqalardan, Balxda esa Makkiy ibn Ibrohim, Yah’ya ibn Bishar,
Muhammad ibn Abon, Hasan ibn Shuja’, Yah’ya ibn Muso, Qugayba
kabi muhaddislardan rivoyatlar qiladi. Hirotda Ahmad ibn Abul-
Valiyd al-Hanafiy, Nishopurda Yah’ya ibn Yah’ya, Bashar ibn al-
Hakam, Ishoq ibn Rohvayh, Muhammad ibn Rofi’, Rayda esa Ibrohim
ibn Muso, Vositda Hison ibn Hison ibn Abdulloh, Sa’iyd ibn
Abdulloh va shunga o‘xshash olimlardan hadis-lar o‘rgandi.
Shuningdek, XV asrda o‘tgan yirik tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiy
“Zafarnoma” nomli mashhur asarida al-Buxoriy Keshda ham ancha
muddat yashagani haqida yozadi.
Imom al-Buxoriy yuqorida zikr qilingan shaharlar va
mamlakatlarga yakkayu yagona maqsad – hadis ilmi bo‘yicha saboq
olish niyatida bordi, bu joylardagi ta-niqli olimlar bilan muloqotda
bo‘lib, o‘z ilmini muttasil boyitishga intildi. “Bag‘dod tarixi” nomli
yirik asarning muallifi al-Xatib al-Bag‘dodiy o‘z kitobida Ja’far ibn
Muhammad al-Qatton degan olimning imom al-Buxoriyning o‘zi:
«Men hadislarni ming, ehtimol undan ham ortiq shayxu ulamolarga
tayanib yozdim, mening kitobimda isnodi ko‘rsatilmagan birorta ham
hadis yo‘q, deb aytganini eshitganman,” – degan so‘zlarini keltiradi.
Tarixchilar imom al-Buxoriyning ustozlari soniqida ham
ma’lumotlar keltirishgan. Jumladan, olim Muhammad ibn Abu
Hotamning yozishicha, imom al-Buxoriyning o‘zi suhbatlaridan birida
unga: “Bir ming saksonta shayx (ustoz)dan yozganman”, – degan. X



48
asrda yashagan Isfahonlik olim Muhammad ibn Ishoq ibn Manda al-


Isfahoniy (922–1005) imom al-Buxoriyning ustozlari haqida maxsus
asar yaratib, alifbo tartibida ularni nomma-nom keltiradi. Hozirgi
vaqtda Saudiya Arabistonida istiqomat qiluvchi vatandoshimiz,
iqtidorli olim Nazar Muhammad al-Faryobiy tahqiq qilib, keng
ko‘lamda ilmiy muomalaga kiritgan ushbu mo’jazgina risola 1991 yili
Saudiya Arabistonidagi “Maktabat al-Kavsar” matbaasida chop
etilgan. Imom al-Buxoriyning ustozlari haqida nisbatan mufassal
ma’lumot beradigan ushbu manba xususida kengroq to‘xtalish lozim,
deb hisoblaymiz.
Avvalo, “Imom al-Buxoriy ustozlarining ismlari” asarining
muallifi haqida qisqacha ma’lumot keltirish maqsadga muvofiqdir.
Uning to‘liq ismi Muhammad ibn Ishoq ibn Manda al-Isfahoniy
bo‘lib, hijriy 310 (ba’zi manbalarda keltirishicha, 309) yilda Isfahonda
tavallud topgan. U yigirma yoshlaridan boshlab Nishopur, al-
Iskandariya
{Aleksandriya)
orqali
Basra,
Hirot,
Sijiston,
Ozarbayjonga ham kirmay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Shosh (hozirgi
Toshkent)ga rihlat qilgan. Ushbu safarlardan qaytganda, o‘zi bilan
qirq haml (ya’ni qirq tuyaga yuk bo‘ladigan) xilma-xil kitoblar
keltirgan. Manbalarda ta’kidlanishicha, Qur’oni ka-rim hofizlaridan
birontasiga ham al-Isfahoniy eshitgan ma’lumotlarni (yoki xabarlarni)
eshitish va u jam qilgan ma’naviy boyliklarni jamlash nasib etmagan
ekan. Al-Isfahoniyning o‘zi doimo: “Men Sharqni ham, G‘arbni ham
ikki marta tavof qilib, aylanib chiqqanman. Kimki o‘z aqidaviy fikrida
qat’iy turmay beqarorlik ko‘rsatib, hali u yoqqa, hali bu yoqqa
og‘adiganlardan bo‘lib, haqiqiy din ahkomlariga xilof ish tutib, bid’at
va xurofotga amal qiladigan bo‘lsa, undan bironta ham hadis
eshitmaganman”, – deb ta’kidlardi.
Al-Isfahoniy haqida yozgan o‘rta asr tarixchilarining ko‘pchiligi
uning “ko‘p tasniflarning muallifi” (“sohib at-tasoniyf”) deb qayd
qilganlar. Tadqiqotchi Nazar Muhammad al-Faryobiy esa uning
qalamiga mansub yigirmaga yaqin asarlar borligini ta’kiddab, ularni
nomma-nom keltiradi. Ushbu asarlardan o‘ndan oshig‘i hadis va uning
turli ilmlariga bag‘ishlanadi. Ulardan Hadis, Al-Amoliy, Al-Favoid,
Ma’rifat as-sahoba, Fath al-bob fi kuna val-alqab, Shurut al-aimma,
Kitob at-tarix, Kitob asmoi as-sahoba kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Muallifning aqidaga bag‘ishlangan asarlari ham ijodida salmoqli
o‘rin egallaydi. Ulardan Kitobu-r-radd a’lo-l-jahmiyyin, Kitob as-



49
sifot, Kitob an-nafs va-r-ruh, An-Nosix val-mansux va boshqalarni


keltirish kifoyadir. Ishoq ibn Manda al-Isfahoniy 395/1005 yilda vafot
etib, Isfahondagi Dukkaboz qabristoniga dafn qilingan.
Muallifning “Imom al-Buxoriy ustozlarining ismlari” asari hajm
jihatidan uncha katta bo‘lmay, atigi 16 varaqdan iborat qo‘lyozma
chiroyli nasx xatida yozilgan. Har bir sahifada 17 satr bo‘lib,
bag‘dodlik xattot Muhammad ibn al-Hasan ibn Muhammad Ali ibn al-
Ib-rohim tomonidan olti yuz o‘ttiz ikkinchi hijriy yilning o‘n
to‘qqizinchi shavvoli, juma kunida Damashq Jomi’ masjidida
ko‘chirilgan, ilmiy jihatdan goyatda qimmatlidir. Ushbu kitobda
Imom al-Buxoriy o‘zining shoh asari “Sahih al-Buxoriy”da keltirgan
uch yuz olti hadis roviylarining ismi shariflari alifbo tartibida to‘liq
holda zikr qilinadi. Shuningdek, ularning ko‘pchiligi haqida asli qaysi
shahardan kelib chiqqani, laqabi yoki kunyasi, aksariyatining esa
qaysi shaharda qachon vafot etgani to‘g‘risida aniq ma’lumotlar
keltiriladi. Fikrimizning isboti sifatida mazkur asardan bir necha
misollar keltiramiz:
“Ayub ibn Sulaymon ibn Bilol Mavli Abdulloh ibn Abi Atiyq,
asli Madina shahridan, 224 hijriy yilda vafot etgan; Ibrohim ibn
Hamza ibn Muhammad ibn Chbdulloh az-Zubayr ibn al-Avon az-
Zubayriy 230 hijriy sanada Madinada vafot etgan bo‘lib, ko‘pincha,
Abu Ishoq kunyasi bilan atalardi; Ahmad ibn Ishoq ibn al-Qusayn,
Abu Ishoq as-Sullamiy, u as-Surmoriy nomi bilan tanilgan bo‘lib,
Buxoro qishlog‘idan edi; Ahmad Ibn Abu Raja - asl ismi Abdulloh ibn
Ayub al-Haraziy Abu at-Valiyd. Imom al-Buxoriy hadislarni
Buxoroda paytida yozib olgan; Ahmad ibn Maniy’ lbn Abdurrahmon,
Abu Ja’far al-Bag‘aviy – u Bag‘dodda yashagan. U Husayndan
rivoyat qiladi. Uni al-Qabboniy ham atardilar. Imom al-Buxoriy undan
atigi bitta hadis rivoyat qilgan; Abdulloh ibn az-Zubayr – Abu Bakr
kunyasi bilan tanilgan bo‘lib, Makka ahlidan. Vafoti ikki yuz o‘n
to‘qqizinchi hijriy yil; Muhammad ibn Yusuf Abu Ahmad al-Buxoriy
Poykand ahlidan”.
Mana shu tariqa ushbu kitobda imom al-Buxoriy hadis eshitgan
306 roviy haqida ma’lumotlar keltiriladi. Bu adad, albatta, buyuk
alloma hadis eshitgan roshylarning bir qismidir. Aslida, u, yuqorida
aytilgandek, juda ko‘p roviylardan hadis eshitib yozib olgan.
Hadisshunoslikda yana bir muhim soha bo‘lmish il1atli
hadislarni aniqlash goyatda mas’uliyatli va murakkab ishlardan



50
hisoblanadi. Muhaddis hadis ilmiga oid barcha tartibot va uslublarni


mukammal bilish bilan bir qatorda, roviylarning tug‘ilgan va vafot
etgan vaqtlari, hadisni kimdan eshitib, kimdan rivoyat qilayotgani,
eshitgan ibora va alfozlarining aniqligini to‘la-to‘kis egallagan
bo‘lishi kerak. Shu boisdan ham muhaddislarning ko‘pchiligi bu
jihatlarni to‘la-to‘kis egallash – hadis ilmida eng jiddiy muammo va
ayni vaqtda o‘ta sharafli mas’uliyat deb hisoblaydilar. Hadis yodlab
ularni mukammal idrok qilgan va bu borada talab etiladigan boshqa
tajribalarga ega bo‘lgan, hadislar xususida uzil-kesil gapirishga haqli
hisoblanganlar faqat Ali ibn al-Madiyniy, Yaqub ibi Shayba, Ahmad
ibn Hanbal, al-Buxoriy, Abu Hotam, Abu Zur’a, Ad-Doraqutniy va
ularga ergashgan bir necha muhaddislar hisoblanishadi. Bu o‘rinda Ali
ibn al-Madiyniyning quyidagi so‘zlarini keltirib, illatli hadislarni
aniqlash qanchalik qiyin va murakkab ekaniga yana bir bor ishonch
hosil qilamiz: “Mening o‘zim bilgan bir hadisning illatini aniqlashdan
ko‘ra yangi, avval bilmagan yigirmata hadis yozib olishim men uchun
osondir”. Darhaqiqat, hadislarda, garchand, zohiran o‘zaro bog‘liqlik
bo‘lsada, ularni isnodi jihatidan dastlabki roviyga bekamu ko‘st ulash
yoki uzilish bilan etkazish, yoki bir hadis iboralarini ikkinchi bir hadis
so‘zlari bilan aralashtirib yubormaslik yoxud o‘nlab roviylardan
birining nuqsonini aniqlash juda qiyin va mashaqqatli yumushdir.
Mana shu zayldagi to‘liq imkoniyatga va har tomonlama mukammal
axborotga ega bo‘lmaganlar, tabiiyki, hadis ilmida biror yutuqqa
erishishi amri mahol edi. Komil ishonch bilan aytish mumkinki, imom
al-Buxoriy mukammal egallagan buyuk san’atlardan biri bu – illatli
hadislarni aniqlash bo‘lgan. Imom al-Buxoriyning zamondoshi olim
al-Hofiz Ahmad ibn Hamdun bunday eslaydi: “Usmon ibn Abu Sa’iyd
ibn Marvonning janozasi paytida Muhammad ibn Yahya az-Zuhliy al-
Buxoriydan roviylar ismlari va illatli hadislar haqida savol so‘raganida
al-Buxoriy go‘yoki u “qul huva Allohu ahad”ni yoddan o‘qiyotgandek
– merganning bexato o‘qi misoli to‘g‘ri javob qilganini ko‘rgandim”.
Mavridi kelganda shuni aytish kerakki, mana shu davrda, ya’ni
IX asrda Nishopurda ilm-fan, ayniqsa, hadis ilmi nihoyatda taraqqiy
qilib, unda imom al-Buxoriy, imom Muslim ibn al-Hajjoj, imom at-
Termiziy va boshqa bir qator kuchli muhaddislar yig‘ilgan edi. Ular
shaharda faoliyat ko‘rsatadigan madrasalarda yoshlarga hadis ilmidan
dars berardilar. Bu buyuk muhadstislar orasida ilmiy munozara va
bahslar juda ko‘p bo‘lgan. Imom al-Buxoriy hadis sohasidagi o‘z ilmi



51
va salohiyati, ayniqsa, illatli hadislarni aniqlash ma horati bilan


barchani qoyil qoldirgan, muhaddislarning hammasi unga bir ovozdan
tan bergan.
Imom al-Buxoriy masjidlarda, ommaviy ilmiy yig‘inlarda
ham ishtirok etgan. O‘z davrining mashhur muhaddislaridan biri
sanalgan Muslim ibn al-Hajjoj imom al-Buxoriyning chuqur bilimiga
tan berib, unga samimiy ravishda: “Sizni faqat hasadgo‘ylargina ko‘ra
olmaydi. Mening imonim komilki, sizdek buyuk olim jumlai jahonda
yo‘q”, – deb xitob qilgan.
Imom al-Buxoriyning illatli hadislarni bilishdagi benazir
mahorati, mukammal ilmi va qobiliyati borasida uning zamondoshlari
ko‘p qimmatli fikrlarni qoldirganlar. Illatli hadislarga atab maxsus
asar ezgan imom at-Termiziy o‘z asari “Kitob al-ilal”da: «Hadislar,
roviylar, ular tarixtaridagi illatlar xususidagi fikrlarim imom al-
Buxoriyning “Kitob at-tarix” asaridan foydalanganlarim, ulardan yana
ko‘prog‘ini Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy bilan qilgan ilmiy
munozaralarim paytida olganman, shuningdek, Abdulloh ibn
Abdurrahmon, Abu Zur’adan ham foydalandim-u, lekin baribir
ko‘prog‘i Muhammad al-Buxoriydan, kamrog‘i esa Abdulloh bilan
Abu Zur’adandir”, – deb e’tirof etgan. Yana imom at-Termiziy:
“Illatli hadislarni va isnodlarni aniq bilishda Muhammad ibn Ismoil
al-Buxoriydan ko‘ra ustun bo‘lgan birorta olimni ko‘rmadim”, – deb
alohida ta’kidlagan.
Imom al-Buxoriy ishtirok etgan ilmiy majlislarning birida o‘z
zamonasining yetuk olimlaridan sanalgan al-Faryobiy sanadi
quyidagicha bo‘lgan bir hadis haqida gapirib: «Sufyon Abu Urvadan,
u Abul-Xattobdan, u Abu Hamzadan”, – dedi. Majlisda hozir
bo‘lganlarning birortasi ham Sufyondan boshqalarning kim bo‘lganini
aniq bilmadi, chunki bu o‘rinda ularning faqat kunyalari (Abdul-
Xattob, Abu Hamza) aytilgan edi. Shunda Muhammad al-Buxoriy
vazminlik bilan: “Abu Urva bu – Muammar ibn Roshid, Abul-Xattob
esa Qatoda ibn Daoma, Abu Hamza bo‘lsa, Anas ibn Molikdir.
Buyuklarning ishlari inqilobiy tusda ulug‘vor bo‘lganligi uchun ham
ular faqat kunyalari bilan aytilganlar”, – dedi.
Hadis rivoyatidagi noqislix va ularning to‘g‘riligiga ishonch
hosil qilish masalalari sahobalar davridan boshlanib, o‘sha paytdanoq
hadislarni yozib olishda bu masalaga alohida e’tibor berilgan.
Chunonchi, sahobalarning o‘zlari rivoyat qilgan hadislarda ham illatli



52
hadislar uchragan hollar aniqdangan edi. Payg‘ambar vafotidan keyin


vaqt jihatidan muddat kam o‘tgani, hadislarni naql qilishda
vosigalarning ozligi tufayli dastlabida bunga ehtiyoj unchalik katta
bo‘lmagandi. Rivoyatda ishtirokchilar soni ko‘payib, vaqt o‘ta borgan
sari roviylarning illatini aniqlashga tobora zarurat kuchaydi. Hadis
ilmida ham, muhaddislar orasida ham bu masala muhim ahamiyat
kasb eta boshladi. Hadis roviylariga nisbatan alohida diqqat-e’tibor,
chuqur munosabat bilan qaralib, har xil uslubu qoidalar yaratildi.
Masalan, qaysi holatlarda zamondoshlarning illati (jarhi) qabul
qilinmaydiyu, qaysi bir holatlarda qabul qilinadi kabi aniq yo‘l-
yo‘riqlar ishlab chi-qqpdi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, hadislarda illat masalasi muhim
ahamiyat kasb etib, u bilan shug‘ullanadiganlardan pok diyonat va
taqvodorlik, qobiliyat talab Kqlinadi. Imom al-Buxoriy bu sohada
o‘ziga asosiy dasturulamal qilib olgan ehtiyotkorlik maslagi uning
diyonat, imon-ixlos va xudojo‘yliqda yuksak darajaga erishganini
ko‘rsatadi.
Imom al-Buxoriy ustozlarining soni ko‘p bo‘lib, ulardan birining
ismi “Musaddid” (lug‘aviy ma’nosi “to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi”) edi.
Al-Buxoriy unga qattiq ishonib: “Musaddid – o‘z ismiga monand
to‘g‘ri yo‘lga boshlovchidir. Kitoblarim o‘zimda bo‘ladimi yoki unda
bo‘ladimi - menga farqi yo‘q”, - deb doimo takrorlar edi. Ushbu
ta’kiddan ayon bo‘layotirki, imom al-Buxoriy o‘z kitoblari
muhofazasiga alohida ahamiyat bergan. U bu masalaga, bamisoli
hadis rivoyatiga e’tibor bergandek, alohida e’tibor bilan qaragan.
Shuningdek, ular qanday odamlarning qo‘lida saqlanishiga ham jiddiy
qaragan. O‘z kitoblari har qanday kimsaning qo‘liga tushib qolishiga
befarq bo‘lmagan.
Imom al-Buxoriy butun faoliyati davomida ham ilmiy, imkoni
bo‘lsa, moddiy jihatdan odamlarga, ya’ni Allohning bandalariga biror
naf etkazishni o‘zining asosiy maqsadi qilib qo‘ygan edi. U doimo ilm
ahllariyu ilm toliblariga, hatto ustozlar (ash-shuyux) va muhaddislarga
ham moddiy yordam ko‘rsatardi. Tijorat qilganda har safar o‘zi
ko‘rayotgan daromaddan, ya’ni foydasidan besh yuz dirhamni faqiru
miskinlarga, ilm toliblariga sarflardi. Tolibi ilmlarga ma’lum
mablag‘lar (maoshlar) ajratib, ularni alohida qiziqishu zavq-shavq
bilan Payg‘ambar (s.a.v.) ilmlarini (hadisi shariflarini) o‘rganishga
rag‘batlantirardi, ahli ilmga nisbatan nihoyatda ko‘p ehson ko‘rsatardi.



53
Ayni vaqtda imom al-Buxoriy o‘z shaxsiy hayotida, eyish-ichishda va


kiyinishda sira ham dabdaba va behuda sarfu xarajatlarga yo‘l
qo‘ymasdi, sabr-toqat va qanoat, chidamlilik uning uchun odat
tusidagi bir hol edi.
Imom al-Buxoriy g‘oyatda beg‘ubor, halol-pokiza, diyonatli
inson bo‘lib, g‘iybatu nohaqliklardan uzoq bir kishi bo‘lgan. U doimo:
“G‘iybat qilish harom ekanini bilganimdan boshlab, hech qachon biror
kishi haqida g‘iybat gapirmaganman”, – deb ta’kidlardi.
Imom al-Buxoriyning eng ulug‘ fazilatlaridan yana biri u taassub
(mutaassiblik)ning har qanday ko‘rinisharidan uzoq bo‘lganidir.
Uning shoh asari “Sahih al-Buxoriy” bilan chuqurroq tanishilsa, al-
Buxoriyning o‘z kitobidagi ma’lumotlarga nihoyatda katta sinchkovlik
va ehtiyotkorlik bilan yondashganini ko‘ramiz. Qanchadan-qancha
mashaqqatlar bilan to‘plangan hadislarining sahihligiga to‘la ishonch
hosil qilib, obdon tekshirgandan keyingina o‘z asariga kiritganligi bu
fikrni yana bir karra tasdiqlaydi. Imom al-Buxoriyning “Sahih” asari
haqida gapirar ekanmiz, shuni ham qayd qilish kerakki, ushbu
kitobning sahih isnodlarida ahli sunnatga mansub bo‘lmagan roviylar
ham uchraydi. Al-Buxoriy muhaddislarda hadislarga bo‘lgan katta
mehr va intilish hamda unga qat’iy amal qilish har qanday tahsinga
sazovor, deb hisoblardi. Bu masala g‘oyatda muhim bo‘lib, bu
xususda ba’zi muhaddislarning o‘zlari ham fikr-mulohaza
bildirganlar. Jumladan, imom Ahmad Ibn Hanbal: «O‘zim amal
qilmagan bitta ham hadisni kitobga olmaganman”, – deb ta’kidlagan
bo‘lsa, o‘z davrining yirik muhaddislaridan biri sanalgan Vakiy ibn al-
Jarroh: “Agar biror hadisni yodlashni istasang, avvalo, unga amal qil”,
– degan. Yana bir muhaddis Ibrohim ibn Ismoil esa: “Hadislarni
yodlashda, unga amal qilish yo‘lidan foydalanardik”, – deb
ta’kidlagan, alloma as-Suyutiy o‘zining “At-Tadriyb” nomli asarida
bu jarayonni quyidagicha ifodalaydi: “Ibodatlar, odob-axloq,
fazilatlar, soliha’mollar xususida eshitgan hadislardan samarali
foydalanish lozim. Bu, birinchidan, ushbu hadisning zakoti;
ikkinchidan esa, uni yodlash uchun yaxshi omildir”.
Imom al-Buxoriy yashagan davrda Xolid ibn Ahmad az-Zuhliy
Tohiriylar tomonidan bo‘lib, Buxoroning amiri sifatida saltanat
yuritardi. Xorijiy yurtlarga qilgan uzoq yil davom etgan safaridan
qaytib, imom al-Buxoriy o‘z ona yurti Buxoroda o‘rnashgach, uning
shonu shuhrati chor atrofga tarqab, ko‘plab hadis toliblari to‘da-to‘da



54
bo‘lishib, alloma huzuriga kela boshlagach, Xolid ibn Ahmad az-


Zuhliy ular bilan garchand mazhabiy masalalarda bir qadar
muxolafatda bo‘lsada, ularning rivoyatlarini tashlab ketmasdan
kitobiga kiritgan. Faqat shu shart bilanki, ular bid’atga da’vat
qilmaydigan, yolg‘on-yashiq rivoyatlarni tarqatmaydigan, har qanday
holatda ham, soxta (yolg‘on) aralashishini hatto xayoliga ham
keltirmaydigan kishilar bo‘lishi talab qilingan. Shu boisdan ham,
imom al-Buxoriyning roviylariga nazar solsak, ulardan ba’zilari shia
tamg‘asi bilan ko‘rsatilgan bo‘lib, alloma ularning rivoyatn ni ham
“Sahih” kitobiga kiritgan.
Hadislardagi noqisliklarga alohida e’tibor bergani kabi, imom al-
Buxoriy roviylarning ibratli, go‘zal fazilatlarini urg‘ulab ko‘rsatishga
ham katta ahamiyat bergan. Agar keltirgan rivoyatlari to‘g‘ri bo‘lsa,
roviylarning haqiqiy tavsiflariyu adolatli ishlarini batafsil zikr qilgan.
Manbalarda keltirilishicha, imom al-Buxoriy o‘z ilmiy-ijodiy
faoliyati
davrida
yigirmadan
ortiq
asarlar
yaratgan.
Ular
quyidagilardan iborat: “Al-Jomi’ as-sahih”, “Al-Adab al-mufrad”,
“Kitob al-kuna”, “Kitob al-favoid”, “Juz’raf’ al-yaddayn”, “At-Ta-rix
al-kabir”, “At-Tarix al-avsat”, “At-Tarix as-sag‘ir”, “Al-Jomi’ al-
kabir”, “Xalq af’ol al-ibod”, “Kitob az-zuafo as-sag‘ir”, “Al-Musnad
al-kabir”, “At-Tafsir al-kabir”, “Kitob al-hiba”, “Asomiy as-sahoba”,
“Ki-tob ul-vuhdon”, “Kitob al-mabsut”, “Kitob al-ilal”, “Birr al-
volidayn”, “Kitob al-ashribati”, “Qazoyo as-sahoba vat-tobin”, “Kitob
ar-Riqoq”, “Al-Jomi’ as-sag‘ir fil-hadis”, “Al-Qiroatu xalf al-imom”.
Imom al-Buxoriy haqida yozgan muarrixlar va solnomachilar
uning husnixulqlari va mahosinlarini zikr qilganlarida, albatta, uning
quvvai hofizasi va xoti-rasining kuchliligini alohida ta’kiddab
ko‘rsatadilar.
Chunonchi, manbalarda imom al-Buxoriy xotirasi-ning kuchi
xususida
ko‘pdan-ko‘p
qiziqarli
rivoyatlar
keltiriladi.
Ta’kidlaganimizdek, uning ustozlari Muhammad al-Buxoriyning
yoshligidan Alloh taolo ato qilgan noyob iqtidori va quvvai hofizasini
sezib, unga yakdillik bilan tan berganlar. Yoshligidayoq uning haqida
“goyatda fozil inson bo‘ladi”, “dovrug‘i el orasida doston zot bo‘lib
chiqadi”, deb aytgan bashoratlari tarix kitoblarida bitilgan.
Buyuk muhaddis Abu Iso at-Termiziy: “Imom al-Buxoriy el
orasida tanila boshlagach, Abdulloh ibn Munir; “Ey Abu Abdulloh!
Alloh seni bu ummatning ziynati qilib yaratgan!” – degan fikrini



55
keltiradi. At-Termiziy yana: “Alloh taolo uning barcha xohishini


mustajob qilib yaratgan edi”, – deb ta’kidlaydi. Tarixchi Shamsuddin
az-Zahabiy quyidagicha hikoya qiladi: “Xolid ibn Ismoil shunday
degan edi: Basra mashoyixlari xususida imom al-Buxoriy bilan
bizning fikrimizda ko‘pincha ixtilof bo‘lardi. Shu paytda u o‘spirin
bola bo‘lib, hadislarni sira yozmasdi. Shu zaylda o‘n olti kun o‘tgach,
u bizga: juda ko‘p hadis eshitib yozib olinglar, qani menga
ko‘rsatinglarchi, qancha hadis yozib olibsizlar, dedi. Hisoblab ko‘rsak,
o‘n besh mingdan ziyod hadis yozgan ekanmiz. Al-Buxoriy ularning
hammasini yoddan aytib berdi, hatto yozgan hadislarimizning
ko‘plaridagi xatolarni uning yoddan aytganlariga qarab tuzatib ham
oldik”. Olim Muhammad ibn al-Azhar as-Sijistoniy “Biz alloma
Sulaymon ibn Xarabdan hadis ilmidan saboq olardik. Al-Buxoriy ham
biz bilan birga hadis eshitardi-yu, lekin sira yozmasdi. Nega u
yozmayotir? – deb so‘raganlar: “O‘z yurti Buxoroga qaytgach,
yodidan yozadi”, – deb javob olgandilar. Ushbu Sulaymon ibn Harab
o‘z zamonining mashhur allomasi va hadis hofizlaridan hisoblanib,
Makkai mukarramada qozi ham bo‘lgan. Uning xotirasi g‘oyatda
kuchli bo‘lib, hech bir ki-tob-daftarga boqmay, o‘n minglab hadisni
yoddan rivoyat qilgan. Abu Hotam shunday hikoya qiladi: “Men
Bag‘dodda Sulaymon ibn Harabning darslaridan saboq olgan-man.
Uning sabog‘ini olganlarning soni qirq mingdan ham oshib ketgan
bo‘lib, u hijriy 224 yilda vafot etgan. Imom al-Buxoriy ham uning
shogirdlaridan hisob-lanardi. Fazlu kamolining shunchalik buyuk
bo‘lishiga qaramasdan, u al-Buxoriydan “Sen bizga Shuabaning
xatosini tushuntirib ber”, – deb iltimos qilardi. Hifzu zakovat, idroku
tafakkurdan rabboniy (ilohiy) bir noyob qobiliyat va iste’dod Imom
al-Buxoriyga ato etilgandiki, hatto unga ustozlari tomonidan ham
yuksak izzat-ikrom va hurmat ko‘rsatilib, ko‘p muhaddislar uning
huzurida dars o‘tishdan ham xijolat bo‘lib, hayiqib turganlar”. Shu
xususda Fath ibn Nuh an-Naysoburiyning: “Ali ibn al-Madiyniyning
suhbatida hozir bo‘lganimda Muhammad al-Buxoriyning uning‘o‘ng
tomonida o‘tirganini ko‘rdim. Ustoz har bir hadisni :zIkr qilganida
hurmat bajo keltirib, al-Buxoriy tomoniga ohista burilib qo‘yar edi”, –
deb yozishi ustozlarining imom al-Buxoriyga hurmat e’tibori alohida
bo‘lganidan yaqqol dalolatdir.
Ko‘pgina manbalar va tarix kitoblarida imom al-Buxoriyning
aql-zakovati va quvvai hofizasini sinash maqsadida qilingan imtihon



56
(sinov) xususida aniq ma’lumotlar zikr qilingan. Jumladan, shunday


jiddiy bir imtihon Bag‘dodda Dor al-xilofat (Xalifalik uyi)da Bag‘dod
ulamolari tomonidan uyushtirilgan. Bag‘dodlik olim Abu Bakr al-
Kaluzoniy (vaf. 249 x.): “Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyga
o‘xshash hech bir elimni ko‘rmadim. Biror ilmga oid har qanday
kitobni olib sinchiklab muyulaa qilardida, unda keltirilgan barcha
hadislarni bir marta o’qishdayoq yod olardi», – deb yozgan.
Qachonki imom al-Buxoriy hadis ilmi bo‘yicha mukammallikka
ega bo‘lib, ilmiy majlislar, saboqdar bera boshlagach va uning bu
tarzdagi majlislari dovrug‘i har tarafga tarqab, el orasida yoyilgach,
ilm toliblariyu ahli donish bu saboqlarga shunchalik ko‘p yog‘ilib kela
boshladiki, majlislarga odamlar sig‘may ketardi. Bu tartibdagi ilmiy
majlislar Basra, Bag‘dod, Hijoz, Balx kabi shaharlarda uyushtirilib,
alloma umrining oxirlarida o‘z vatani Buxoroda ham hadislardan dars
bergandi.
Imom al-Buxoriy shogirdlari haqida gapiradigan bo‘lsak, ular
son-sanoqsiz ko‘p bo‘lgan. Bu xususda olim Al-Firabriy: “Bevosita
imom al-Buxoriyning o‘zidan to‘qson ming odam hadis eshitgan”, –
deb yozadi. Muarrixlaru muhaddislarning yozishlaricha, hatto al-
Buxoriydan saboq olib, undan istifoda qilganlar orasida uning
mashhur ustozlari ham bo‘lgan. Ular doimo al-Buxoriy-ning ilmiy
majlislarida hozir bo‘lardilar. Ulardan Abdulloh ibn Muhammad al-
Masnadiy, Abdulloh ibn Munir, Ishoq ibn Ahmad as-Sarmoriy,
Muhammad ibn Xalaf, Ibn Qutayba va boshqalarni ko‘rsatish
mumkin. Bularning hammalari ham o‘z davrining fazilatli, ilmi komil
olimlari hisoblanardi. Shunday ulug‘ martabaga ega bo‘lishlariga
qaramay, ular al-Buxoriydan zarur saboqlarni olganlar.
Yoshi imom al-Buxoriyga tengqur bo‘lib, unga tayangan va
do‘sti fazlu kamolining yuksakligini tan olib, uning ilmiy majlislarida
qatnashgan buyuk olimlardan imom Abu Zur’a ar-Roziy, Abu Hotam
ar-Roziy, Ibrohim al-Harbiy, Abdulloh ibn Mutiyn, Ishoq ibn Ahmad
ibn Ziyrak al-Forsiy, Abu Bakr Muhammad ibn Ishoq-ibn Xaziyma,
al-Qosim ibn Zakariyo, Muhammad Ibn Abdulloh al-Xadramiy,
Muhammad ibn Qutayba, Abu Bakr al-A’yin va boshqa ko‘pchilikni
ko‘rsatish mumkin. Mazkur olimlar rijol (roviylar), tarix, xadis, jarh
(illatli hadislar), ta’diyl ilmlari bo‘yicha o‘z davrining buyuk
allomalari edi.



57
Imom al-Buxoriyning shogirdlari orasida shon-shuhratda


yuksaklikka etishib, buyuk sharafga muyassar bo‘lgan, islomiy ilmlar
- ilm al-hadis va fiqhning asosiy jihatlarini mukammal bilganlardan
“As-Sahih” kitobining muallifi imom Muslim ibn al-Hajjoj, “Sunan”
kitobining sohibi imom Abdurrahmon an-Nasoiy, “Al-Jomi’”
asarining sohibi imom Abu Iso at-Termiziy, islomiy ilmlar bo‘yicha
qator tasnifotlarning muallifi imom Muhammad ibn Nasr al-Marvaziy,
imom ad-Dorimiy, mashhur faqiyh, “As-Sahih” nomli asarning sohibi
imom Ibn Xuzayma va boshqalar ham bor edi. Imom al-Buxoriyning
shogirdlari bo‘lgan ushbu allomalar o‘z davrining yirik muhaddislari
va fiqh olimlari bo‘lib yetishdilar.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin