O’quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə8/38
tarix24.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#191123
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
Sharq allomalarining ilmiy-fayllar.org

Ahmad al-Marvaziy 
(770-870) 

Bag‘dod ilmiy maktabida faoliyat ko‘rsatgan yirik astronom va


matematiklardan yana biri Ahmad al-Marvaziy bo‘lib, u “Habash
hisobchi” laqabi bilan tanilgan. Uning ismidagi Al-Marvaziy so‘zi
muallifning O‘rta asrlarda hozirgi Turkmanistonning Bayram Ali
shahri yaqinidagi Marvdan ekanini ko‘rsatadi.
Olimning hayoti va ba’zi asarlari o‘rta asr mualliflaridan Ibn an-
Nadim, Ibn-al Kiftiy va Hoji halifalar tomonidan zikr etikgan.
Jumladan, Ibn an-Nadim uni yuz yildan ortiq yashagan deb ma’lumot
beradi. Va muallif tomonidan yozilgan yetti kitobning nomini
keltiradi.
Ibn al-Kiftiy esa Ahmad al-Marvaziy asli Marvdan bo‘lib, xalifa
al-Ma’mun
va al-Mu’tasim zamonida Bag‘dodda faoliyat
ko‘rsatganini aytadi. Fan tarixiga oid bibliografik kitoblarda olimni
770-870 - yillar mobaynida yashab o‘tgan, deb taxmin qilinadi.



38
Ahmad al-Marvaziy “Astronomik jadvallar”, ”Damashq ziji”


(bu zij Bag‘dod shahri uchun tuzilgan) va “al-Ma’munng sinalgan
jadvali” asarlarining muallifidir.
Ibn al-Kiftiy, al-Marvaziy “Shoh uchun zij” nomli yana bir
kichik hajmdagi risolaning ham muallifi, deb ko‘rsatadi. Bu risola
yuqorida zikr etilgan zijlarning birortasi bo‘lishi ham mumkin.
”Damashq ziji ” hozirda Istanbulda saqlanmoqda. Muallif o‘zining bu
asarini o‘sha davrda “Sindhind” nomi bilan mashhur bo‘lgan hind
astronamik jadvallarni qayta ishlash asosida yozgan. Undagi ba’zi
masalalar Ibrohim al-Fazariy , Muhammad al- Xorazmiyning
zijlaridan farqlanadi.
Olimning Bag‘dod shahri uchun yozgan ikkinchi “Zij” asari
Berlinda saqlanadi. Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan
qolgan yodgorliklar” va “Geodeziya” asarlaridagi ma’lumotlarga
qaraganda, bu kitob keyingi davr astranomlari tarafidan hurmat bilan
tilga olingan.
Uchinchi - “al-Ma’munning sinalgan jadvali ” ga kelsak, bu
astronomik jadvallar o‘z vaqtida katta shuhrat qozongan. Avvalgi
boblarda ta’kidlaganidek xalifa al- Ma’mun bir guruh olimlarga,
yunon astranomlarining kitoblarida keltitilgan ma’lumotlarni tajribalar
asosida qaytadan tekshirib chiqish vazifasini yuklagan va tajriba
samarasi o‘laroq al-Ma’munning tekshirilgan Zij asari dunyoga
keldi.Unda o‘sha davr astranomiyasining barcha yutuqlari o‘z aksini
topgan. Mazkur Zij o‘rta asr manbalarida ba’zan Yahyo ibn
Mansurga, ba’zan esa Ahmad al-Marvaziyga, yoyinki o‘sha davrning
boshqa astronomlari qalamiga mansub, deb keltiriladi. Bundan
asarning yaratilishida ko‘pchilik ishtirok etgan bo‘lishi kerak, degan
xulosa kelib chiqadi. Mutaxassislar al-Ma’munning Zij asarni Yahyo
ibn Mansur boshlab, Ahmad al-Marvaziy yakunlagan bo’lishi kerak,
deb taxmin qiladilar.
Umuman, al-Marvaziy al-Ma’mun davrida olib borilgan tajriba
va ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etgan olimlardan bo‘lgan.
Xususan, u 832-833-yillarda Sinjar dashtida yer meridianining bir
darajasini o‘lchash ishlarida ham qatnashadi.
Al-Marvaziyning 20 ga yaqin asarlari ichida biz astranomik
jihozlar- usturloblar, quyosh soatiga bag‘ishlangan risolalarni
uchratishimiz mumkin. Afsuski, ularning ko‘pchiligi bizgacha yetib
kelmagan.



39
Olim falakiyot sohasida ma’lum muvaffaqiyatlarga erishgan,


shuningdek , u trigonometriya fani rivojiga ham salmoqli hissasini
qo‘shgan.Fikrimizni al- Marvaziyning fanga birinchi bo‘lib olib
kirgan tangens va kotangens tushunchalari va ularning funksiyaviy
jadvallari asoslaydi. Olim o‘z asarlarida bayon qilgan tangens, va
kosekans kotangens tushunchalari trigonometriya rivojida muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin