O’quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022


Abul-Mu’in an-Nasafiyning asarlari



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə17/38
tarix24.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#191123
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
Sharq allomalarining ilmiy-fayllar.org

Abul-Mu’in an-Nasafiyning asarlari 
Uning ilmiy-ma’naviy merosi haqida yozgan olimlar an-
Nasafiyning o‘nga yaqin asarlar yaratganini ko‘rsatganlar. Ushbu
asarlar haqida quyidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin:
Abul-Muin an-Nasafiy o‘zining kalom ilmiga bag‘ishlangan
bosh asari «Tabsirat al-adilla»da zikr qilishicha, uning «Qasiyd al-
qavoid fi ilm al-aqoid» nomli asari bo‘lgan. Bu asarning bir
qo‘lyozma nusxasi Istanbul universiteti kutubxonasida 268 raqami
ostida saqlanadi.
Abul-Mu’in an-Nasafiyning «Tabsirat al-adilla» nomli asarida
yozishicha, u o‘zining «Al-Ifsod li had’ al-ilhod» deb atagan asarida
botiniy toifasiga mansub kishilarning xato qarashlariga raddiyalar
keltirgan.
Muallifning qalamiga mansub «Iyzoh al-manhajjati fi kavn al-
aqdi hujjatan» deb atalgan asari borligi haqida u o‘zining «Tabsirat al-



140
adilla» va «At-Tamhiyd li qavoid at-tavhiyd» nomli asarlarida zikr


qilgan. Shuningdek, an-Nasafiyning shu nomdagi asari borligi haqida
boshqa manbalarda, xususan, al-Bag‘dodiyning «Iyzoh al-maknun» va
«Hadiyat al-orifiyn» kabi asarlarida ham zikr etilgan, lekin
muallifning ushbu asari bizgacha etib kelmagan hisoblanadi.
Abul-Mu’in an-Nasafiyning «Manohij al-aim-mati fil-furu’»
nomli asari haqida al-Kafaviyning «Katoib a’lom al-axyor», Abdulhay
al-Laknaviyning «Al-Favoid al-bahiyya fi tarojum al-hanafiyya», al-
Bag‘dodiyning‘«Iyzohal-maknun», «Hadiyat al-orifiyn», Xayriddin
az-Zirikliyning «Al-A’lom» va Umar Rizo Kahholaning «Mu’jam al-
muallifiyn» nomli asarlarida zikr qilingan. Istanbuldagi «Lolaliy»
kutubxonasida mazkur asarning (tavhiyd 1147 raqami ostida) bir
qo‘lyozma nusxasi saqlanadi, biroq u «Manohij al-iqtido bil-aimmat
al-muhtadiyn» nomi bilan qayd etilgan.
Yuqorida zikr qilingan asarlarda va boshqa ba’zi bir
tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, Abul-Mu’in an-Nasafiy «Sharh al-Jomi’
al-kabir li-sh-Shayboniy fi furu’ al-hanafiyya» nomli sharh ham
bitgan.
Taniqli olim Hoji Xalifa o‘zining mashhur «Kashf az-zunun»
nomli asarida «Murattib ash-shayx» nomli asar Abul-Mu’in an-
Nasafiyga mansubligini qayd etib o‘tgan. Bu asarda muallif alloma
Xusomiddin Umar ibn Abdulaziz ibn Mozaning (u 506/1142 sanada
vafot etgan) «Jomi’ as-sadr» nomli asarini sharlagan. Bu asar
hanafiyya ta’limotining furu’ qismiga bag‘ishlangan. Yana shuni
aytish kerakki, olim Xayriddin az-Zirikliy va boshqa qator mualliflar
«Kitob al-olim val-mutaallim («Ustoz va shogard kitobi»)» nomli
asarni ham xato ravishda Abul-Mu’in an-Nasafiyga mansub deb
ko‘rsatgan, vaholanki, bu asar to‘qqizinchi asrda yashab o‘tgan olim
Abu Muqotil as-Samarqandiyning qalamiga mansubdir. Shuningdek,
manbatarda bu masalada yana bir xatolikka yo‘l qo‘yilgan. Gap
shundaki, ba’zi mualliflar «Kitob al-u’mda fi usul ad-diyn» nomli asar
Abul-Mu’in an-Nasafiyniki deb noto‘g‘ri ko‘rsatganlar. Aslida, bu
asar Abdulloh an-Nasafiy ismli nasaflik boshqa bir olim tomonidan
yozilgan. Abdulloh an-Nasafiy qahramonimiz Abul-Mu’in an-
Nasafiydan ikki asr keyin yashagan bo‘lib, u 720/1320 sanada vafot
etgan. Mavridi kelganda aytish kerakki, «Kitob al-u’mda»ning ikki
qo‘lyozma nusxasi Qohiradagi «Dor al-kutub al-Misriyya»da
saqlanib, ulardan birinchisi 711 (Aqoid Taymur), ikkinchisi esa 37830



141
(B Aqoid) raqami ostida saqlanadi. Kimki bu kitobga kiritilgan


mavzularni diqqat bilan ko‘zdan kechirsa, ularda Abul-Mu’in an-
Nasafiy asarlarining bevosita ta’siri bo‘lganligini osongina anglaydi.
Shu bilan bir qatorda, Abul-Mu’in an-Nasafiy ilmiy-ma’naviy
merosining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan, asosan, kalom ilmiga
bag‘ishlangan uchta yirik asari mavjud bo‘lib, ular haqida batafsil
ma’lumot berish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.
«Tabsirat al-adilla»
Abul-Muin an-Nasafiyning qisqacha «Tabsirat al-adilla» nomi
bilan keng ko‘lamda ma’lum bo‘lgan bu asari to‘lig‘icha «Tabsirat al-
adilla fi usul ad-diyn a’la tariqat Abi Mansur al-Moturidiy» («Din
usullarini (asoslarini) Abu Mansur al-Moturidiy uslubi asosida dalillar
bilan sharhlash») deb ataladi. Abul-Mu’in an-Nasafiyning ushbu asari
katta ilmiy va amaliy ahamiyatga molik bo‘lib, allomaning eng yirik
kitobi hisoblanadi. Shu boisdan ham, Abul-Mu’in an-Nasafiy «Sohib
at-Tabsira» nomi bilan ham shuhrat qozongan. Bu asarda kalom
ilmining turli masalalari atroflicha chuqur sharhlanib, ulardagi
muammoli-munozarali fikrlar ushbu ilmning buyuk allomasi Abu
Mansur al-Moturidiy ta’limotiga asoslangan holda isloh qilinadi.
Mavridi kelganda yana bir bor ta’kidlamoq kerakki, imom Abu
Mansur al-Moturidiy (870-944) Movarounnahrda ahli sunna val-
jamoaning ulkan namoyondasi sifatida bu mintaqada at-moturidiya
maktabiga asos solgan va shu bois ham, bu maktab bevosita uning
nomi bilan ataladi. Deyarli shu davrda Iroqda imom Abul-Hasan al-
Ash’ariy (873-935) ham aynan shu yo‘nalishda ash’ariya maktabining
asoschisi sifatida tanilgan bo‘lsa, Misrda keng tarqalgan tahoviya
makta-biga esa imom Ahmad ibn Muhammad Abu Ja’far at-Tahoviy
(852-933) asos solgan edi. Bu uchala maktab-ning ham asosiy
yo‘nalishi umumiy bo‘lib, bu ahli sunna val-jamoaning yo‘nalishidir.
Shu bilan bir qatorda, har bir maktabning o‘ziga xos jihatlari, ayricha
fikr-mulohazalari va og‘ishmay ustozlari yo‘lidan yuradigan ko‘plab
shogirdlari va tarafdorlari bor edi. Bunga qo‘shimcha bu uchala
maktabning jug‘rofiy jihatdan turli mintaqalarda (Movarounnahr, Iroq,
Misr) qaror topishlari ular qarashlarida lafziy yoki ma’noviy-
mazmuniy tusdagi juz’iy tafovutlar bo‘lishini taqozo qilardi.
Binobarin, ayni shu masalalar bu uchala maktabning yagona bir
maktab bo‘lib birlashishiga yo‘l qo‘ymasdi, garchand tub mohiyati
jihatdan ular uchalasi ham, yuqorida zikr qilganimizdek, yagona



142
yo‘nalishda bo‘lganlar. Mavjud juz’iy tafovut va farqlar lafziy


(ifodaviy) yoki bo‘lmasa, ma’noviy (mazmuniy) xarakterga ega. Shu
bois, aytish kerakki, Abul-Mu’in an-Nasafiy ushbu asarida yangi bir
ta’limotni ilgari surmagan, balki hanafiya yo‘nalishidagi o‘z
ustozlariga sodiq shogird sifatida ular yo‘lidan borib, ahli sunna val-
jamoaning moturidiya maktabiga o‘z sadoqatini izhor qiladi. Bir
tomondan, u o‘zining ushbu kitobi orqali o‘z ustozlari qarashlarini
yanada ulug‘lagan bo‘lsa, ykkinchi tomondan esa, ular raqiblarining
xato fikrlariga keskin raddiyalar biddirgan. Bu xususda muallif o‘z
asarining xutbasida ham alohida ta’kidlagan.
«Tabsirat al-adilla» asarida bahs yuritilgan mavzularga kelsak,
muallif muqaddimadan keyin ilm va ma’rifat haqida bahs ochib,
ularga aniq ta’riflar beradi. Shundan keyin, iymon al-muqallid (taqlid
qiluvchining imoni) xususida o‘z qarashlarini bayon qiladi. Olamning
yaratilishi isboti orqali Allohning mavjudligi isboti haqidagi masalaga
to‘xtaladi. Bu masalani atroflicha yoritish uchun kitobda olam qanday
yaratilgani, uning yaratuvchisi kimligi kabi masalalar o‘z ifodasini
topgan. Allohning yagonaligi va g‘ayridinlar vakillarining asossiz
fikrlariga raddiyalar biddirish kabi masalalar ham bu asarda atroflicha
yoritilgan. Muallifning salbiy va ijobiy sifatlar haqidagi fikrlari ham
e’tiborga molikdir. An-Nubuvvat (payg‘ambarlik) haqidagi masala,
insonlarning fe’llari (harakatlari) xususida va insonning xatti-
harakatlari bilan bog‘liq ishlar – uning tug‘ilishi, ajali etishi, rizqi-
ro‘zi kabi masalalarga ham katta o‘rin berilgan. Asarning alohida
boblari iroda, qazo va qadar, hidoyat va zalolat kabi masalalarga
bag‘ishlangan. Muallif taqdir xususidagi mu’taziliylarning noto‘g‘ri
qarashlariga asosli dalillarga tayangan holda keskin javoblar bildirgan.
Shundan keyin, asarda qabr azobi, ismlar va ahkomlar, va’ad va va’id,
shafoat va iymon kabi e’tiqodiy masalalar ham o‘z ifodasini topgan.
Kitob oxirida imomlik haqida bir nechta bo‘limlar keltirilgan.
Abul-Mu’in an-Nasafiyning «Tabsirat al-adilla» asarini ilmiy
asosda maxsus o‘rgangan arab tadqiqotchisi Muhammad al-Anvar
Qohiradagi al-Azhar universitetining usul ad-diyn fakultetida
doktorlik ilmiy darajasini olish uchun ushbu asar bo‘yicha
dissertastiya yoqlagan. «Tabsirat al-adilla»ning g‘oyatda muhim asar
ekanligi haqida «Kashf az-zunun» nomli mashhur asarida Hoji Xalifa:
«Abul-Mu’in an-Nasafiyning bu asari g‘oyatda muhim kitob bo‘lib,
kimki unga diqqat nazari bilan qarasa, Najmiddin Umar an-



143
Nasafiyning «Al-Aqoid» asarining matni unga nisbatan bir fihrist


misolida ekanligiga to‘liq ishonch hosil qiladi», – deb, bu asarga
g‘oyatda yuksak baho bergan.
Asar, nomidan ham ko‘rinib turganidek, butun mazmun-
mohiyati bilan imom Abu Mansur al-Moturidiy ta’limotini dalillarga
tayangan holda sharhlashga bag‘ishlangan.
Ma’lumki, Abu Mansur al-Moturudiyning kalom ilmiga
bag‘ishlangan asosiy asarlaridan biri «Kitob at-Tavhiyd» («Yakka
xudolik haqida kitob») bo‘lib, bu asar 1970 yilda Bayrutda arab olimi
Fathulloh Xulayf tomonidan nashr etilgan. An-Nasafiyning «Tabsirat
al-adilla» asari imom al-Moturidiyning mazkur asaridan keyin
moturidiya ta’limoti bo‘yicha yaratilgan ikkinchi asosiy manba
hisoblanadi. Kalom ilmining ba’zi masalalari batafsil yoritilgani va
o‘z uslubining oddiyligi jihatidan «Tabsirat al-adilla» ba’zi olimlar
tomonidan, hatto «Kitob at-Tavhiyd»ga qaraganda ham yuqori
baholangan. Binobarin, komil ishonch bilan aytishimiz mumkinki,
Abul-Mu’in an-Nasafiyning ushbu asaridan boshqa birorta ham asarda
imom al-Moturidiyning kalom ilmi sohasidagi ta’limoti bunchalik
mukammal ifodasini topmagan.
An-Nasafiy yashagan o‘n birinchi asrning ikkinchi yarmi va o‘n
ikkinchi asrning boshlarida kalom ilmi o‘zining yuksak cho‘qqisiga
ko‘tarilgan edi. Shu boisdan ham «At-Tabsira»da kalom ilmida
mustaqil maktab yaratgan imom al-Moturidiy va imom al-
Ash’ariyning bu ilm sohasidagi nazariyalari bilan bir qatorda boshqa
ko‘plab mutakallimlarning fikr-mulohazalari, ularning xilma-xil
qarashlari atroflicha tahlil qilinib, ilmiy jihatdan tegishli bahosini
olgan. Ayniqsa, asarda an-Nasafiy yashagan davrda ham qisman
mavjud bo‘lgan mu’tazila oqimining vakillari bilan keskin bahsu
munozaralar, ularning xato qarashlariga dalillar bilan isbotlangan
raddiyalar keltiriladi. Shuningdek, asarda o‘sha paytda islom dinida
keng tarqalgan turli-tuman firqalar va toifalar hamda g‘ayriislomiy
guruhlarga ham keskin javoblar beriladi. Eng muhimi, muallif kalom
ilmi sohasidagi bu yirik asarida moturudiya, ash’ariya va mu’taziliya
oqimlari o‘rtasidagi asosiy farqlarni dalillarga tayangan holda alohida
ajratib ko‘rsatadi.
Bu asarning qimmatli tomonlaridan yana biri shundaki, unda
o‘sha davrda Movarounnahrda faoliyat ko‘rsatgan qator olimlar
haqida muhim ma’lumotlar o‘z aksini topgan. Jumladan, an-



144
Nasafiyning ustozi imom Abu Mansur al-Moturidiy haqidagi


ma’lumotlardan shuni qayd qilish kerakki, alloma 944 yilda vafot
etganda uning shogirdlaridan biri, o‘sha paytda Samarqandda bosh
qozi lavozimini egallab turgan ash-Shayx Abul-Qosim ap-Hakim as-
Samarqandiy (vaf. 953) imom al-Moturidiy qabri ustiga «Bu qabr o‘z
aql-zakovati va tafakkuri bilan ko‘plab ilmlarning yuksak cho‘qqisini
zabt etgan, ularning dunyo bo‘ylab tarqalishida butun kuch-quvvati va
salohiyatini ayamay sarflagan, dinu diyonat sohasidagi asarlari unga
mislsiz shonu shavkat keltirgan, umri bo‘yi insonlarga ilmning lazzatli
mevasini ulashgan allomaning qabridir» degan bitikni yozishlarini
amr qilgan ekan. Bundan tashqari, ushbu asarda o‘sha davrdagi taniqli
olimlardan Abu Nasr al-Iyodiy, Abul-Hasan Ali ibn Saad ar-
Rustag‘foniy, Abu Muhammad Abdulkarim ibn Muso al-Pazdaviy
kabi allomalar haqida ham qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.
«Bahr al-kalom»
Tasnifiy hamda qomusiy asarlarni varaqlar ekansiz, al-Buxoriy,
at-Termiziy, al-Xorazmiy, as-Samarqandiy, an-Nasafiy, ash-Shoshiy
(at-Toshqandiy), al-Farg‘oniy va boshqa katta-kichik shaharu
qishloqlarimizga mansub taxallusli olimlarning nomlarini ko‘p
uchratasiz. Dunyoning hech bir mamlakatidan bunchalik ko‘p ilm
ahillari etishib chiqmagan bo‘lsa kerak. Ayniqsa, o‘rta (IX-XII)
asrlarda o‘lkamizda tom ma’noda haqiqiy madaniy yuksalish yuz
berib, ilmu irfon juda yuksak pog‘onalarga ko‘tarilgan. Ayni shu
davrlarda yurtimizda ilm-fanning turli sohalari bo‘yicha olamshumul
ahamiyatga molik asarlar yaratgan buyuk allomalar ijod qilganlar.
Mustaqilligimiz keltirgan buyuk ne’matlar bois, biz endi mana shu
allomalarimizning hayoti va ijodiy faoliyatini ilmiy nuqtai nazardan
xolisona o‘rganib, ular ma’naviy meroslaridan bahramand bo‘la
boshladik.
1998 yili ham ikki buyuk allomamiz – imom al-Bu-xoriyning
1225 yilligi, Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yilligi dunyo miqyosida
keng nishonlandi. Shu munosabat bilan ko‘plab tashkiliy, ma’rifiy
tadbirlar amalga oshirildi. Buyuk allomalarimizning merosi,
shaxsiyatlari
haqidagi
ma’lumotlarni
to‘plash,
asarlari
qo‘lyozmalaridan
fotonusxalar,
mikrofilmlar
olish,
ijodlarini
o‘rganuvchi xorijiy olimlaru tadqiqotchilar bilan muloqotda bo‘lib,
ilmiy hamkorlik o‘rnatish maqsadida, respublika tavallud sanalarni
nishonlash tashkiliy qo‘mitasining qaroriga binoan, bir guruh olimlar



145
Turkiya, Suriya, Iordaniya va Misr kabi mam-lakatlarda ilmiy safarda


bo‘lindi. Uch haftalik bu safar davomida Imom al-Buxoriy va Ahmad
al-Farg‘oniy davriga, ular hayoti, ilmiy merosiga oid yuzga yaqin
nomdagi turlituman risolalar, kitoblar, buyuk allomalarimizning ayrim
qo‘lyozma
asarlaridan
mik-rofilmlar
olingan.
Ayni
chog‘da
diyorimizdan chiqqan boshqa olimlar haqidagi ma’lumotlarni
to‘plashni ham e’tibordan chetda qoldirilmagan. Masalaga shu nuqtai
nazardan qaraganda, suriyalik taniqli olim doktor Valiyuddin
Muhammad Solih al-Farfur janoblari bilan muloqot g‘oyatda foydali
bo‘lgan. Doktor Solih al-Farfur asosan o‘rta asrlarda yashagan
movarounnahrlik olimlarning hayoti va asarlarini o‘rgangan. Doktor
Solih al-Farfur kalom ilmining yirik namoyandasi, nasaflik mashhur
olim Abul-Mu’in an-Nasafiyning «Bahrul-kalom» («Kalom (ilmi)da
dengiz») nomli asarining tanqidiy nashrini tayyorlab chop ettirgan va
ushbu kitobdan ilmiy safar a’zolariga hadya qilgan.
Islom dini falsafasining tarkibiy qismini tashkil qilgan kalom
ilmining darg‘alaridan biri bo‘lmish vatandoshimiz Abul-Mu’in an-
Nasafiy merosi haqida biz hozirgacha hech qanday ma’lumotga ega
emasdik. Shu bois doktor Solih al-Farfur tadqiqotiga tayangan holda,
Abu Mu’in an-Nasafiy va uning «Bahr ul-kalom» asari haqida ba’zi
ma’lumotlarni qayd etib o‘tishni lozim topdik.
Kalom ilmining bir qancha yo‘nalishlari bo‘lib, ular-dan al-
ash’ariya va al-moturidiya kabilari g‘oyatda keng tarqalgan. An-
Nasafiy al-ash’ariya maktabining asos-chisi bag‘dodlik olim Abdul
hasan al-Ash’ariy, al-mo-turidiya maktabining asoschisi samarqandlik
taniq-li olim Abu Mansur al-Moturidiy ta’limotidan saboq olgan,
asosan, al-moturidiya maktabiga mansub imom al-G‘azzoliyning
maslagiga amal qilgan olimlardan hisob-lanadi. O‘z navbatida, al-
Iyjiy (vaf. 1355), Sa’duddin at-Taftazoniy (vaf. 1390) va boshqa
ko‘plab taniqli olimlar an-Nasafiy ta’limotiga tayangan holda faoliyat
ko‘rsatib, kalom ilmida yirik olim darajasiga ko‘tarilganlar.
An-Nasafiyning ilm-fanning turli sohalariga oid asarlaridan
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin.
Al-U’mda fi usul al-fiqh.
Bahr al-kalom fi ilm al-kalom.
Tabsirat al-adillati fi ilm al-kalom.
At-Tamhiyd li-qavoi’d at-tavhiyd fi ilm al-kalom.
Al-O‘lim val-mutaallim.



146
I’zoh al-mahajatiy li-kovn al-aqp hujjatan.


Sharhal-Jomi’ al-kabir li-sh-Shayboniy fi furu’.
Manohij al-aimmati fil-furu’.
Mu’taqidot (Toshkentdagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik institutida Abul-Mu’in an-Nasafiyning bu asaridan bir
qo‘lyozma saqlanadi (inv. № 40008|2). Arab tilida yozilgan ushbu
asar 52 varaqdan iborat).
Allomaning «Bahr al-kalom» asari alohida ahamiyatlidir. Shu
o‘rinda asardagi ayrim ma’lumotlar haqida fikr yuritamiz. «Bahr al-
kalom»ning oltinchi bobidagi birinchi fasl (bo‘lim) to‘rt banddan
iborat bo‘lib, ulardan birinchisi «Al-Imomat» (Imomlikka oid) deb
atalgan. Mana shu bandda keltirilgan Payg‘ambar (s.a.v.)ning ikki
hadisi katta ilmiy ahamiyatga ega.
Birinchisi: «Iqtadu bil-laziyna min ba’diy Abu Bakr va Umar»
(bu hadislarni Imom at-Termiziy, imom ibn Moja, Ahmad ibn Hanbal
va boshqa bir qancha muhaddislar o‘z asarlarida rivoyat qilganlar).
«Mendan keyin Abu Bakr va Umarga iqtido qilinglar», – degan
bo‘lishiga qaramay, xalifalik ustida ikki kun bahs bo‘lgan.
Ikkinchi hadis: «Mendan keyin xalifalik o‘ttiz yil, undan keyin
amirlik, podshohdik va hokazolar bo‘ladi», – degan fikrlari naqadar
rostligi, dalillanganini alohida qayd qilish zarur. Chindan ham bu
muddat (ya’ni, o‘ttiz yil) choryorlar paytida tugagan. Hozirgi vaqtda
«xalifalik»ni orzu qilib yurgan ba’zi kimsalar ucho‘n ham
Payg‘ambarimizning bu hadislari asosli javobdir. Bu kitob kalom ilmi
bo‘yicha al-moturidiya maktabining asosiy manbalaridan biri
hisoblanadi. Chunonchi, bu asar ash-shayx Abu Mansur al-Moturidiy
asos solgan islomiy aqidaning eng bosh manbalaridan sanaladi.
Ayniqsa,
islom
dinida
turli-tuman
oqimlar
va
ta’limotlar
yaratilayotgan hozirgi paytda mazkur asar-ning ilmiy va amaliy
ahamiyati beqiyos kattadir.
Abul-Mu’in an-Nasafiy o‘z kitobini yaratishda qu-yidagi asosiy
manbalardan foydalangan:
Imom Abu Mansur al-Moturidiyning «At-Tavhiyd» kitobi.
Imom Abul-Hasan al-Ash’ariyning «Al-Lam’a» kitobi.
Imom Abul-Hasan al-Ash’ariyning «Maqolot al-islomiyyin»
asari.
Imom Al-Haramayn, Imom Abu al-Maoliy Abdul-malik al-
Juvayniyning «Al-Irshod» nomli asari.



147
«Bahr al-kalom fi ilm al-kalom» asari alloma ijodining gultoji


hisoblanadi. U islom dini falsafasini tashkil qilgan kalom ilmi
bo‘yicha eng kimmatli manbalardandir. Asarni ilmiy asosda har
tomonlama chuqur o‘rganish va o‘zbek tiliga tarjima qilish
olimlarimiz oldida turgan vazifalardan biri. «Bahr al-kalom» ning bir
qancha qo‘lyozma va kitobiy nashrlarining mavjudligi ham uning
muhim manbalardan biri ekanligadan dalolat beradi. Uning qimmatli
qo‘lyozmalaridan biri Dubaydagi Jum’a al-Mojid nomli madaniyat va
meros markazida (766-raqamdagi bu qo‘lyozma 1167 hijriy yidda
ko‘chirilgan), ikkinchisi Damashqdagi az-Zohiriya kutubxonasining
qo‘lyozmalar bo‘limida (4970-raqam ostida), uchinchisi Bag‘doddagi
«Maktabat al-avqofda»da (4365-raqamda), to‘rtinchisi Qohiradagi
mashhur «Dorul-kutub»ning (113-raqamida) qo‘lyozmalar bo‘limida
saqlanadi. Ushbu qo‘lyozmaning 950 hijriy yilda oddiy xat bilan
ko‘chirilgan boshka bir nusxasi Iskandariyaning (Misr) «Maktabat al-
baladiyya» nomli kutubxonasida saqlanmoqda.
«Kitob at-tamhiyd li-qavo‘id at-tavhiyd»
Kalom ilmining yirik yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan al-ash’ariya
ta’limotining keng ko‘lamda tarqalishida alloma al-Boqilloniy,
mu’taziliyaning tarqalishida qozi Abduljabborning xizmatlari katta
bo‘lgani kabi imom Abu Mansur al-Moturidiy asos solgan moturidiya
ta’limotining dunyo bo‘ylab yoyilishida alloma Abul-Mu’in an-
Nasafiyning hissasi beqiyosdir. Ayniqsa, uning qalamiga mansub
«Kitob at-tamhiyd li qavo‘id at-tavhiyd» («Tavhid (yakkaxudolik)
qoidalari sharhi bo‘yicha qo‘llanma kitob») asari bu borada alohida
ahamiyatga ega. 1986 yilda Qbhirada arab tadqiqotchisi Habibulloh
Hasan al-Ahmad tomonidan nashr etilgan bu asar ikki katta kismdan
iborat bo‘lib, o‘z navbatida, bu qismlar ham ko‘plab bob va fasl
(bo‘lim)lardan tashkil topgan. Masalan, birinchi qismning dastlabki
boblarida imom Abul-Muin an-Nasafiy yashagan davr, uning hayoti
va faoliyatiga doir ma’lumotlar keltiriladi. Bularda an-Nasafiy yashab
o‘tgan davrdagi siyosiy, ijtimoiy, ayniqsa, ilmiy-madaniy hayot o‘z
aksini topgan. Shundan keyin, imom an-Nasafiy tug‘ilgan yili, uning
ustozlari va o‘ndan ortiq shogirddari haqida batafsil ma’lumotlar
keltirilgan. Asarning ikkinchi qismida an-Nasafiyning «Kitob at-
tamhiyd li-qavo‘id at-tavhiyd» asarining to‘liq matni keltirilib, ilmiy
ravishda har tomonlama chuqur tadqiq etilgan. Dastlab mazkur
asarning mualllifi Abul-Mu’in an-Nasafiy ekanligi ishonchli dalillar



148
bilan isbotlanadi, asarning qo‘lyozmalari haqida gapirilib, jahonning


turli qo‘lyozma xazinalarida, asosan, Misr va Turkiya kutubxonalarida
uning yettita qo‘lyozma nusxalari mavjudligi takidlanadi. Muallif
ushbu asariga yozgan muqaddimasyda bu asarini o‘sha davr
hokimlaridan birining ahl as-sunna val-jamoaning aqidasi haqida bir
kitob bitish xususidagi iltimosiga ko‘ra yozganligini bayon qiladi.
Shundan keyin, asarning mazmuni va ma’nosi tahlil etilib, jumladan,
muallif bilish (ma’rifat) na-zariyasining yo‘l-yo‘riqlarini bayon qilib,
ularni uch xil toifaga ajratadi:
sezgi a’zolari (beshta);
haqiqiy, ishonchli axborotlar;
aql-idrok.
Muallif iymon-e’tiqod, imomlik (imomat) va xa-lifalik haqidagi
o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilgan. Ushbu bobda bildirgan
qarashlaridan xulosa qilib aytish mumkinki, Abul-Mu’in an-Nasafiy
kalom yushi, ayniqsa, uning asoschilaridan biri Abu Mansur al-
Moturidiy g‘oyalarini himoya qylib, uning keng qo‘lamda tarqalishiga
munosib hissa qo‘shgan dastlabki allomalardan biri bo‘lgan.
Tadqiqotning ikkinchi qiemila ham «Kitob at-tam-hiyd li-
qavo‘id at-tavhiyd» asarining mazmun-mohiyati haqida xulosalar
chiqarilgan. Unda asar bobma-bob keltirilib, olamning tuzilishi,
Allohning zotu sifatlari, insonda iroda erkinligining mavjudligi, qabr
azobi kabi turli-tuman aqidaviy masalalar haqida muallifning fikrlari
keltirilgan. Imom an-Nasafiyning hidoyat yo‘lidan adashgan ba’zi
islomiy firqa va guruhlarga (masatan: jabariya, xavoryajlar,
mu’taziliya) bergan asosli raddiyalari ham asarda o‘z ifodasini topgan.
Yuqorida bayon qilinganlarni xulosalab aytish mumkinki,
alloma Abul-Muin an-Nasafiy, bir tomondan, o‘z ma’naviy ustozi,
buyuk mutakallim Abu Mansur al-Moturidiy asos solgan al-
moturidiya ta’limotini dunyo bo‘ylab tarqalishida beqiyos xizmat
ko‘rsatgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘zining «Tabsirat al-adilla»,
«Bahr al-kalom», «Kitob at-tamhiyd li-qavo‘id at-tavhiyd» kabi
muhim asarlari bilan kalom ilmining keyingi taraqqiyotiga salmoqdi
hissa qo‘shgan. Chunonchi, bu bebaho asarlarda har qanday davrda
ham, har qanday jamiyatda ham uchraydigan hidoyat yo‘lidan
adashgan turli firqa va guruhlarga qarshi, shuningdek, dinda muhim
o‘rin egallaydigan aqidaviy masalalarni talqin qilishda muqaddas
manbalar – Qur’oni karim va janob payg‘ambarimiz Muhammad



149
(s.a.v.)ning muborak hadislariga tayangan holda ish tutish lozimligi


singari ilg‘or g‘oyalar ilgari surilgan. Binobarin, bundan qariyb o‘n
asr muqaddam yashagan buyuk vatandoshimiz Abul-Mu’in an-
Nasafiy qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy meros nafaqat o‘z zamoni
uchun, balki hozirgi davrda ham amaliy ahamiyatga ega ta’limot
sifatida har tomonlama chuqur o‘rganishga loyiq.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin