Mahmud az-Zamaxshariy
(1075-1144)
Xorazm vohasi azaldan jahon ilm-fani va madani-yati ravnaqiga
ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomalar yurti sifatida mashhur bo‘lib
kelgan. Ayniqsa, o‘rta asrlarda ilm-fanning turli sohalari bo‘yicha
samarali faoliyat ko‘rsatgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu
Rayhon al-Beruniy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Ibn Miskavayh, Abu
Nasr al-Iroq, Abu Sahl al-Masihiy, Abu Xayr ibn al-Xammor, Abul-
Fath al-Mutarriziy kabi xorazmlik allomalarning dovrug‘i butun
Mag‘ribu Mashriqqa tarqalgan. Xorazm zaminida tavallud topib
faoliyat ko‘rsatgan ana shunday buyuk allomalardan biri Mahmud az-
Zamaxshariydir.
Uning to‘liq ismi Abul-Qosim Mahmud ibn Umar ibn
Muhammad bo‘lib, hijriy 467 sana, rajab oyining yigirma ettinchisida
chorshanba kuni (1075 yilning 19- mart)da Xorazmning yirik
qishloqlaridan biri – Zamaxsharda tavallud topgan va shu boisdan
ham az-Zamaxshariy taxallusini olgan. U Makkai mukarramada
yashagan paytida iskandariyalik shogirdi Shihobuddin Ahmad ibn al-
Husniy al-Molikiyga yo‘llagan maktubida o‘zi haqida: «Men Mahmud
ibn Umar ibn Muhammad ibn Ahmad al-Xorazmiyman, keyin az-
Zamaxshariyman. Xo-razmning katta bir qishlog‘i – Zamaxsharga
mansubman. Zamaxshar – tug‘ilgan yurtimdir», – deb yozgan. Az-
Zamaxshariydek buyuk zotning kindik qoni to‘kilgan Zamaxshar
qishlog‘i, allomaning yurti bo‘lganligi tufayli ham, keyinchalik jumlai
jahonga dong‘i ketgan qishloqqa aylandi.
Az-Zamaxshariyning hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlar,
asosan, o‘rta asr arab manbalarida, qisman Az-Zamaxshariy hayoti
bilan tanishar ekanmiz, uning ilm talabida qator xorijiy mamlakatlarga
safar qilganligini ham ko‘ramiz. Darhaqiqat, u Xuroson, Shom, Iroq,
Hijozda bo‘lganligi yozma manbalarda qayd etilgan. Mana shu
yurtlarda bo‘lganida az-Zamaxshariy o‘sha davrning ko‘p mashhur
150
olimlaridan saboq oldi, ular bilan ilmiy, ijodiy munozaralarda ishtirok
qildi, samarali hamkorlik rishtalarini bog‘ladi.
Allomaning Sharqning turli shaharlarida juda ko‘plab shogirdlari
bo‘lgan. Ayniqsa, Makkai mukarramada besh yildan ortiq yashagan
paytlari olim uchun g‘oyatda serunum bo‘ldi, desak, hech bir
mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunonchi, Makkai mukarrama bepoyon
musulmon olamining turli burchaklaridan kelgan ziyoratchilar uchun
nafaqat muqaddas bir sajdagoh, balki yetuk olimlar, ilm toliblari
to‘planadigan katta ilmiy markaz, ijodiy maskan vazifasini ham
o‘tagan. Ilm toliblari, muqaddas shaharda yashagan az-
Zamaxshariydek
allomalardan
har
qadamda
foydalanardilar.
Ma’lumki, biron-bir allomaga nasib etmagan yuksak maqom –
Jorulloh («Allohning qo‘shnisi») degan laqabga faqat buyuk
vatandoshimiz az-Zamaxshariy musharraf bo‘lgan. Arab olimi ash-
Shayx Muhammad Abu Zahro Makkada yashagan davrida az-
Zamaxshariy aksar vaqtini Baytulloh al-haramda o‘tkazib, har doim
uning atrofini adab ilmining toliblari, she’riyat ixlosmanddari,
mav’izayu hikmatli iboralar shaydolari o‘rab olib, undan saboq
olganliklarini aloxida ta’kidlagan.
Mana shu mulohazalarga tayanib aytish mumkinki, uning
ustozlariyu shogirdlari turli elatlar va millatlarga mansub ilm ahllari
bo‘lgan, ilm yo‘lida az-Zamaxshariy tom ma’noda haqiqiy
baynalmilallik fazilatlarini namoyon qilgan. Chunonchi, unga bevosita
shogird bo‘lib olimdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saboq olgan shogirdlari ona
yurti
Zamaxsharda,
Xorazmda,
Tabaristonda,
Abivardda,
Samarqandda, Bag‘dodda, Damashqda, Halabda bo‘lib qolmay, balki
uning yetuk asarlari orqali undan saboq olib, o‘zini g‘oyibona az-
Zamaxshariyning shogirdiman, deguvchilar musulmon dunyosining
turli burchaklarida ko‘plab topilardi.
Az-Zamaxshariy Qur’oni karim nozil bo‘lgan arab tilini
yoshligidan katta havas va ishtiyoq bilan o‘rgandi, arablarning hayoti
va ularning urf-odatlarini, turli lahjalarini uzoq davr tinimsiz tadqiq
etdi. Allomaning arab tiliga nisbatan mehri va ixlosi alohida bo‘lgan.
Shu boisdan ham, bu tilning grammatikasi, leksikasi, umuman arab
tilshunosligiga oid bir qancha muhim asarlarni shu nogiron
donishmand yaratgan. Uning jumlai jahonga dong‘i ketgan
«Muqaddamat al-adab», «Al-Mufassal», «Asos al-balog‘a» kabi yirik
ta’liflari mana shu yo‘nalishda yozilgan asarlardir. Arablarning: «Agar
151
xorazmlik shu ko‘sa, cho‘loq az-Zamaxshariy bo‘lmaganida arablar
o‘z tillarini bilmas edilar!» – deb lo‘nda qilib allomaga bergan yuksak
bahosiga hech bir izohning hojati bo‘lmasa kerak.
Arab tilini, uning behad katta imkoniyatlarini teran anglagan
alloma barcha asarlarini arab tilida yaratgan. Bu tilni mukammal
o‘zlashtirib olishi, albatta, katta mehnat va tinimsiz izlanishlar
samarasidir. Alloma bir oyog‘i cho‘loqligiga qaramasdan, sayohatu
safarlar-ga o‘ch bo‘lganligini yuqorida qayd qilgan edik. Darhaqiqat,
ilm olishdek olijanob maqsad donishmandni uzoq o‘lkalarga
chorlagandi. «Mening sochlarimni oqartirgan narsa bu muttasil kitob
mutolaa qilish va tinimsiz sayohatlardir», – deb allomaning o‘zi ham
e’tirof etgan. Chindan ham bu hol ko‘plab insonlarni hayratga solgan.
Mashhur sharqshunos olim, akademik I. Yu. Krachkovskiyning:
«Yog‘och oyoqda yurganligiga qaramasdan, Mahmud az-Zamaxshariy
hazratlari o‘ta harakatchanligi bilan ajralib turgan», - deb yozishi ham
bejiz emas.
Alloma az-Zamaxshariy o‘z umrining aksar qismini xorijiy
yurtlarda, musofirchilikda o‘tkazgan bo‘lsada,
o‘z ona qishlog‘i Zamaxshar, ona vatani Xorazmni juda qattiq
sevgan, haqiqiy vatanparvarlik hissiyotlarini namoyon qilgan holda
yurtiga bagishlab madhiyalar yaratgan. «Xorazm zaminida shunchalik
ko‘p ne’matu fazilatlar mavjudki, dunyoning boshka biror
mamlakatida ham bularga o‘xshashlarini aslo ko‘rmadim», – deya,
kindik qoni to‘kilgan yurti Xorazmni alohida iftixor va g‘urur bilan
ta’riflaydi. Shu bilan birga, alloma jami besh yildan ortiq vaqt
yashagan muqaddas shahar Makkai mukarramani ham o‘zining
ikkinchi vatani o‘rnida ko‘radi. Chunki Makka ahli, ayniqsa, uning
amiri Abul-Husayn Ali ibn Iso ibn Hamza ibn Vahhrs al-Husayniy az-
Zamaxshariyni katta izzat-ikrom va alohida hurmat bilan kutib olib,
olimning samarali ilmiy, ijodiy va mudarrislik faoliyati uchun barcha
shart-sharoitlarni
yaratadi.
Hattoki
amirning
buyrug‘i
bilan
Ka’batullohning yaqinidagi Bob al-Ajyod mahallasida olim uchun
maxsus bir uy ham qurib beriladi. Makka amiri Ibn Vahhos bilan az-
Zamaxshariy o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik iplari tobora
mustahkamlanib, hatto az-Zamaxshariy ushbu do‘stona aloqalariga
atab bir qasida ham bitadi va amirning o‘ziga ko‘rsatgan katta iltifotini
minnatdorlik tuyg‘usi bilan tarannum etadi. Makka amiri Ibn Vahhos
ham yetuk olim va iqtidorli shoir bo‘lgani uchun ular bir-birlarining
152
ijodlaridan o‘zaro unumli foydalanadilar. Az-Zamaxshariydagi buyuk
daho, ulkan ilm va yuksak insoniy fazilatlarning shohidi bo‘lgan Ibn
Vahhos unga alohida mehr bilan munosabatda bo‘ladi. Prezidentimiz
Islom Karimov Xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan
o‘tkazilgan tantanada so‘zlagan nutqi va keyinroq, xalq deputatlari
Xorazm viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qilgan
ma’ruzasida ham Makka amiri Ibn Vahhosning alloma az-
Zamaxshariy haqidagi: «Dunyodagi barcha qishloqlar jam bo‘lib
Xorazmning birgina Zamaxshar qishlog‘iga fido bo‘lsa, arziydi.
Chunki bu qishloq ming yillarda bir marta tug‘ilishi mumkin bo‘lgan
az-Zamaxshariydek buyuk allomani dunyoga keltirgan», – degan
samimiy e’tirofi va yuksak bahosini alohida ta’kidlab o‘tgan edi.
Ma’lumki, birinchi marta az-Zamaxshariy Makkada ikki yildan
ortiq yashagandan keyin o‘z yurti Xorazmga qaytadi. Oradan bir
muncha vaqt o‘tgach, u Makkadan qaytganiga pushaymon bo‘lib,
qattiq iztirobga tushadi. O‘zining ushbu mahzun holatini olim bir
qancha qasidalarida bayon qiladi. «O‘z umringning ancha qismini
Makkada o‘tkazding, yana Makkaga ketaman deyishingning boisi
nima»? – deb so‘raganlarida, olim: «Kalb xotirjamligi, dil pokligi va
ibodat lazzatini faqat Makkadagina his qilish mumkin», – deb javob
qiladi. Shundan keyin az-Zamaxshariy ikkinchi marta Makkaga borish
maqsadida yana safarga chiqadi. Safari davomida Suriyaning poytaxti
Damashqda birmuncha muddat yashagandan keyin yana yo‘lga chiqib,
Makkaga etib boradi va uch yil mobaynida bu muqaddas shaharda
yashaydi. Makka amiri Ibn Vahhos bu safar ham az-Zamaxshariyni
katta iltifot bilan qarshi olib, unga izzatikrom ko‘rsatadi. Uch yil
Makkada yashagandan keyin az-Zamaxshariy o‘z vatani Xorazmni
qumsaydi va Makkadan chiqib Bag‘dodga keladi. O‘sha davrda ilm-
fan va madaniyatning markazi bo‘lgan Bag‘dodda u ko‘p olimlar bilan
muloqotda bo‘ladi va ular bilan ilmning turli sohalari bo‘yicha bahs va
munozaralarda qatnashadi. So‘ngra Xorazmga qaytib kelib, bir necha
yil yashagandan keyin 538/1144 yili arafa kechasi Jurjoniya (hozirgi
Ko‘hna Urganch)da vafot etadi. Shundan deyarli ikki yuz yil keyin,
ya’ni 1333 yili Xorazmni ziyorat qilgan mashhur arab sayyohi Ibn
Battuta (1304–1377) o‘zining «Ar-Rihla» («Sayohatnoma») nomli
asarida
Xorazm
(Ko‘hna
Urganch)ning
tashqarisida
az-
Zamaxshariyning qubbali maqbarasini ko‘rganligi haqida yozadi.
153
Buyuk mutafakkir az-Zamaxshariy bizga boy va ulkan ilmiy-
ma’naviy meros qoldirgan. U tilshunoslik, lug‘atshunoslik, adabiyot,
aruz, odob-axloq, mantiq, jug‘rofiya, tafsir, hadis, fiqh va ilm al-
qiroatga oid oltmishga yaqin asarlar yaratgan bo‘lib, ularning
aksariyati bizgacha etib kelgan. Az-Zamaxshariy ijodining keng
ko‘lamliligi va uning ilm-fan olamida tutgan yuksak maqomini bilish
maqsadida allomaning zamondoshlari va keyingi asrlarda yashagan
tadqiqotchilar u haqsta aytgan fikr-mulohazalardan ayrimlarini
keltiramiz. Mashhur arab tarixchisi Ibn al-Qiftiy u haqda bunday
degan: «Alloh rahmat qilg‘ur az-Zamaxshariy ilmul-adab, nahv-sarf
va lug‘atshunoslik bobida boshqalarga namuna bo‘ladigan benazir
alloma edi. U o‘z hayoti davomida ko‘plab buyuk olimlar va fozillar
bilan uchrashgan bo‘lib, tafsir, hadis, nahv-sarf va boshqa sohalar
bo‘yicha bir qancha asarlari bor. U o‘z asrida arab tilida ijod qilgan
ajamlilar (g‘ayri arablar) orasida eng buyugidir». Atoqli olim Ibn
Xallikon: «Az-Zamaxshariy hazratlari tafsir, hadis, nahv-sarf, lug‘at
va ilmul-bayon bo‘yicha buyuk allomadir. Hech bir mubolag‘asiz,
mazkur ilmlarda u o‘z davrining yagonasi, ko‘pdan-ko‘p ajoyib
asarlarning muallifi edi», – deb yozadi. Az-Zamaxshariydan bir necha
asr keyin yashagan taniqli Misr tarixchisi Ibn Tag‘riberdi alloma
to‘g‘risida: «Shayx, buyuk alloma, o‘z davrining yagonasi, o‘z
asrining eng peshvosi va imomi bo‘lgan», – deb qayd qilgan.
Tilshunoslik va grammatikaning turli masalalariga oid asarlar az-
Zamaxshariy ijodida salmoqli o‘rin egallaydi. Jumladan, arab tili
grammatikasiga oid «Al-Mufassal fin-nahv» nomli asarini u Makkada
yashagan paytida bir yarim yil davomida yozgan. «Al-Mufassal» arab
tili nahvu sarfini mukammal o‘rganishda eng muhim maibalardan biri
sifatida azaldan Sharqda ham, G‘arbda ham shuhrat topgan va goyatda
qadrlangan. Ko‘pchilik olimlar o‘z ilmiy qimmati jihatidan az-
Zamaxshariyning bu asari taniqli arab tilshunosi Sibavayhning (vaf.
796) arab grammatikasiga oid mashhur kitobidan keyin ikkinchi
o‘rinda turadi, deb ta’kidlaganlar. O‘sha davrning o‘zidayoq arablar
orasida az-Zamaxshariyning bu asari katta e’tibor qozongan va arab
tilini o‘rganishda asosiy qo‘llanmalardan biri sifatida keng tarqalgan.
Hatto Shom (Suriya) hokimi Muzaffariddin Muso, kimda-kim az-
Zamaxshariyning ushbu asarini yod olsa, unga besh ming kumush
tanga pul va bosh-oyoq sarupo sovg‘a qilishni e’lon qilgan. Bir
qancha kishilar asarni yod olib, mukofotga sazovor ham bo‘lganligi
154
haqida manbalarda aniq ma’lumotlar keltirilgan. Bu misol az-
Zamaxshariy asarining o‘sha davrda ham qanchalik yuksak
baholanganligini ko‘rsatadi. Bu muhim asar Sharq va G‘arb olimlari
tomonidan keng tadqiq qilingan va bir necha marta nashr ham etilgan.
Asarning bir qancha qo‘lyozma nusxalari Toshkentda, O‘zFA Abu
Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. «Al-
Mufassal»ning ixchamlashtirilib, muxtasar holga keltirilgan nusxasi
«Al-Unmuzaj» («Namuna») nomi bilan ataladi. Grammatikaga oid
asarlaridan yana biri «Sharh abyat kitob Sibavayh» – yuqorida zikr
etganimiz Sibavayhning kitobiga yozilgan mukammal sharhdir.
Az-Zamaxshariyning Xorazmshoh Alouddavla Abulmuzaffar
Otsizga (1127–1156) bag‘ishlab yozilgan «Muqad-damat al-adab»
asari alohida ahamiyatga ega. Asar besh katta qismga bo‘lingan
bo‘lib, otlar, fe’llar, bog‘lovchilar, ot o‘zgarishlari va fe’l o‘zgarishlari
haqida batafsil fikr yuritadi. Bu muhim asarning yig‘ma ilmiy-
tanqidiy matni filologiya fanlari doktori Zohidjon Islomov tomonidan
2002 yilda «Toshkent islom universiteti» nashriyotida chop etilgan.
Muhim manba sifatida bu asar 1706 yilda usmonli turk tiliga,
so‘ngroq fransuz, nemis tillariga tarjima qilingan. Parij, Laypsig,
Vena, Leyden, Qozon shaharlari, Norvegiya, Misr va Hindiston
davlatlarida bir necha marotaba nashr qilingan. Asarning chig‘atoy
tiliga qilingan tarjimasi o‘zbek tili tarixini o‘rganuvchilar uchun
muhim manba hisoblanadi. Bu haqda Sadriddin Ayniy ham 1921 yili
«Mehnatkashlar
tovushi»
gazetasidagi
maqolasida:
«Az-
Zamaxshariyning «Muqaddamat al-adab» asari o‘zbek tili uchun
butun dunyoning xazinasi bilan barobardir», – deb ta’kidlagan edi.
Az-Zamaxshariyning arab lug‘atshunosligiga bag‘ishlangan
asarlaridan, eng avvalo, «Asos al-balog‘at» («Ba-log‘at (fasohati)
asoslari») asarini aytish zarur. Arab tilining fasohati, fikrni chiroyli
ibora va so‘zlar bilan ifodalash, lug‘at boyligidan o‘rinli va g‘oyatda
mohirlik bilan foydalanish va bularning hammasini amalda tatbiq etish
kabi masalalar bu asarda mukammal ravishda o‘z ifodasini topgan. Bu
qimmatli asar ham arab mamlakatlarqsta bir necha bor nashr etilgan
va qo‘lyozma nusxalari Sharqning ko‘p shaharlaridagi qo‘lyozma
xazinalarida saqlanadi. Allomaning «Atvoquz-zahab fi-l-mavo‘iz val-
xutab» («Va’zlar va xutbalar bayonida oltin shodalar») nomli asari
nasihatomuz maqolalar va ibratli hikoyatlardan tashkil topgan
qimmatli kitobdir. Asar birinchi marta 1835 yili nemis olimi Fon
155
Xomer tomonidan nemis tiliga tarjima qilinib, arabcha matni bilan
nashr etilgan. Bundan ellik yilcha o‘tgach, franstuz tiliga ham tarjima
qilinib, 1886 yili Parijda chop etilgan. 1873 yili esa usmonli turk tiliga
qilingan tarjimasi Istanbulda nashrdan chiqarilgan.
Az-Zamaxshariyning «Rabiy’ al-abror va nusus al-axyor»
(«Ezgular bahori va yaxshilar izhori») asarida adabiyot, tarix va
boshqa fanlarga oid hikoyatlar, latifalar va suhbatlarning eng saralari
jamlangan. 97 bobdan iborat bu asarning nodir bir qo‘lyozma nusxasi
Toshkentda, O‘zFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik
institutida
saqlanadi.
Bundan
tashqari,
Leydeya,
Berlin
kutubxonalarida ham asarning qo‘lyozmalari mavjud.
Qomusiy bilimlar sohibi bo‘lgan alloma az-Zamax-shariy
jug‘rofiyaga oid ham asar yaratgan bo‘lib, u «Kitob al-jibol val-
amkina val-miyoh» («Tog‘lar, joylar va suvlar haqida kitob») nomi
bilan ataladi. Olim bu asarini Makkada bo‘lgan paytida o‘z do‘sti,
Makka amiri Ibn Vahhosdan olgan aniq va mufassal ma’lumotlar va
o‘z shaxsiy mushohadalariga tayanib yozgan. Arabiston yarim
orolining jug‘rofiyasiga oid qimmatli ma’lumotlarni qamragan bu asar
Yevropada birinchi marta 1856 yilda Leydenda taniqli olim
Joynbollning shogirdi sharqshunos Salver de Grave tomonidan
lotincha tarjimasi bilan nashr qilingan. Asar bir necha marta chop
etilgan. Bu manbada keltirilgan qimmatli ma’lumotlardan mashhur
arab olimi Yoqut al-Hamaviy o‘zining «Mu’jam al-buldon»
(«Mamlakatlar qomusi») nomli asarida ko‘p o‘rinlarda foydalangan.
Payg‘ambarimiz
Muhammad
(s.a.v.)ning
hadislariga
bag‘ishlangan asarini az-Zamaxshariy «Al-Foiqfi g‘arib al-hadis»
(«G‘arib hadislar haqida ajoyib asar») deb atagan. Mashhur garixchi
Ibn hajar al-Asqaloniy: «Az-Zamaxshariyning «Al-Foiq fi g‘arib al-
hadis» kitobi g‘oyatda ixcham bo‘lgani bilan mazmunan keng
qamrovliligi va naqllari to‘g‘riligi bilan ajralib turadigan yaxlit bir
asardir», – deb yozadi. Bu asar bir necha marta nashr ham etilgan
(Haydarobod, Bag‘dod, Qohira).
Az-Zamaxshariy ijodida muhim o‘rin egallab, ilm-fan olamida
keng tanilgan «Al-Kashshof» asari Qur’oni karimga bag‘ishlangan
mashhur tafsirdir. Bu tafsir az-Zamaxshariy Makkada turgan paytida
uch yil (1132– 1134) davomida yozilgan. Az-Zamaxshariy bu tafsirini
yozishdan oldin Qur’oni karimga bag‘ishlab yaratilgan ko‘plab
tafsirlarni qunt bilak o‘rgangan va ulardan unumli foydalangan.
156
Garchand bu tafsir muayyan darajada mu’taziliya oqimi nuqtai
nazaridan yozilgan bo‘lsada, lekin ilohiy Kitobga bag‘ishlangan
tafsirlar o‘rtasida o‘z o‘rniga ega. Ayniqsa, unda Qur’oni karimning
filologik nuqtai nazardan tahliliga katta e’tibor berilgan, Qimmatli
manba sifatida «Al-Kashshof»ning ko‘plab qulyozma nusxalari
dunyoning turli shaharlarida mavjudligi, asarga yozilgan sharh va
hoshiyalarning ko‘pligi bilan ham belgilanadi.
Yuqorida aytilgan fikrlardan yaqqol ko‘rinib turibdiki, ko‘hna
Xorazm zaminida tavallud topgan buyuk alloma az-Zamaxshariy
hazratlari beqiyos boy ilmiy-ma’naviy meros qoldirgan. Alloma butun
umrini va jo‘shqin faoliyatini ilm-fan yo‘liga baxshida etgan, fanning
turli sohalariga oid ko‘plab asarlar yaratgan. Shu bilan birga, Xorazm
o‘lkasida va o‘zi ziyorat qilgan. Sharqning turli shaharlaridan bo‘lgan
ko‘p-dan-ko‘p shogirdlariga juda katta e’tibor bilan qarab, ularni
kamol toptirishga o‘z hissasini qo‘shgan. O‘z davrining ko‘plab
mashhur olimlari bilan do‘stona munosabatda bo‘lib, ular bilan ilm-
fan taraqqiyoti yo‘lida samarali hamkorlik qilgan.
Az-Zamaxshariyning chuqur bilimi va ilm-fanning turli
sohalariga oid qimmatli, o‘lmas asarlari hali u hayot paytidayoq butun
musulmon
Sharqida
unga
betakror
shuhrat
keltirgan.
Az-
Zamaxshariyni chuqur hurmat va alohida mehr bilan «Ustoz ad-
dunya» («Butun dunyoning ustozi»), «Ustoz al-arab val-ajam»
(«Arablar va g‘ayri arablarning ustozi»), «Jorulloh» («Allohning
qo‘shnisi»), «Faxru Xvarazm» («Xorazm faxri») kabi birorta ham
allomaga nasib etmagan o‘ta sharafli laqablar bilan ataganlar.
Mashhur olimlar, shoirlar va adiblar davrasida u doimo peshvolardan
biri bo‘lgan, qizg‘in ilmiy bahs va munozaralarda uning fikr-
mulohazasi, albatga, inobatga olingan. Mana shu zayldagi beqiyos
ulkan obro‘-e’tibor va buyuk dahoga xos fazilatlar ehtimol unga o‘z
asarlaridan birida: «Inniy fi Xva-razm Ka’bat al-adab» («Chindan ham
men Xorazmda adib-lar uchun bir Ka’badekdurman»), - deb yozishiga
asos bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas.
Yuqorida qayd qilib o‘tganimizdek, az-Zamaxshariyning boy
ilmiy-ma’naviy va adabiy merosi Sharqda ham, G‘arbda ham azaldan
qadrlangan va ilmiy asosda muayyan darajada o‘rganilgan, uning
qator asarlari bir necha G‘arb tillariga tarjima ham qilingan.
Binobarin, komil ishonch bilan aytish mumkinki, xorazmlik buyuk
alloma az-Zamaxshariy hazratlari nafaqat O‘zbekiston, O‘rta Osiyo
157
xalqlari, balki butun jahon xalqlariga mansub bo‘lib, allomaning
bebaho ilmiy-adabiy merosi dunyo miqyosida hazrati Insonning
ma’naviy kamolotiga xizmat qiladigan noyob durdonalardir.
Mavridi kelganda aytish kerakki, mustaqillik yillarida az-
Zamaxshariyning hayot yo‘llari va betakror ilmiy merosini o‘rganish
sohasida samarali ishlar amalga oshirildi. Bu borada O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining muhtaram Prezidentimiz Islom
Karimov imzo chekkan qaroriga ko‘ra, 1995 yilda az-Za-maxshariy
hazratlari tavalludining 920 yilligining mamlakatimizda keng
nishonlanishi, ayniqsa, alohida ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga
ta’kidlash joizki, az-Zamaxshariy asarlarini
mukammal, har
tomonlama chuqur o‘rganib, o‘zbek tiliga tarjima qilish, ulug‘
mutafakkir qalamiga mansub boy ilmiy-ma’naviy merosni keng
jamoatchilikning haqiqiy boyligiga aylantirishdek sharafli va xayrli
ish olimlarimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |