O’quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022


Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə14/38
tarix24.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#191123
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Sharq allomalarining ilmiy-fayllar.org

Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar 
1. Abu Mansur al-Moturdiy sunniy e’tiqodidagi ikki yirik
oqimlardan biri
bo‘lmish Moturudiya oqimining asoschilaridan.
2. Abu Mansur al-Moturudiyning “Kitob at-tavhid” asari va
uning ahamiyati.
3. Qaffol ash Shoshiyning hayoti va uning fiqh bilimlarini
atroflicha
o‘rganishi
4. Qaffol ash-Shoshiyning diplomatik nomalari. Qaffol ash -
Shoshiyning
“Hazrati Imom” deya ulug‘lanishi.



105
6 – MAVZU. ABU ALI IBN SINO (980 – 1037 ) – O‘RTA 


OSIYOLIK BUYUK ENSIKLOPEDIST ALLOMA 
Reja 
1. 
Abu Ali ibn Sino yashagan davrga tavsif
2. 
Ibn Sinoning ilmiy merosi va uning ahamiyati
3. 
Abu Ali ibn Sino – “Shayx ur – rais”
4. 
Abu Ali ibn Sino - Sharq uug`onish davrining buyuk
mutafakkiri

Tayanch so`z va iboralar: «Kitob al-qonun fit-tibb», «Kitob
un-najot», «Kitob ul-insof»,«Metafizika maqsadlari», «Fusus ul-
hikam», Kitob al-qonun fit-tibb» («Tib qonunlari»), «Kitob ul-qulanj»
(«Ichak sanchiqlari»), «Kitob un-nabz» («Tomir ko‘rish haqida
kitob»), «Fuj ul-tibbiya joria fi majlisih» («Tib haqida hikmatli
so‘zlar»), «Tadbir ul-manzil» («Turar joyning tuzilishi»), «Fi-l-
hindubo» («Sachratqi o‘simligi haqida»), «Risola fi-dastur it-tibbiy»
(«Tibbiy ko‘rsat-malar haqida»)
Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini o‘rta asr sharoitida dunyo
madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirardan
biri Abu Ali ibn Sino bo‘lib, u Yevropada Avistenna nomi bilan
mashhurdir.
Ibn Sino (asl ismi Husayn, otasining ismi Abdulloh) Buxoroning
Afshona qishlog‘ida hijriy 370 (980) yilning safar oyida, amaldor
oilasida tug‘ildi. 986 yidda ibn Sino oilasi Buxoroga ko‘chib keladi va
shu vaqtdan boshlab yosh Husayn boshlang‘ich ma’lumot olishga,
ilm-fanni o‘rganishga kirishadi. Uning yoshligi, yigitlik chog‘lari
somoniylar hukmronligining so‘nggi yillariga, xususan Nuh II ibn
Mansur Somoniy hukmronligi davri (976–997) ga to‘g‘ri keladi.
Ibn Sino iste’dodli, xotirasi kuchli, zehni o‘tkir bo‘lganligidan
o‘z davrida ma’lum bo‘lgan ilmlarni tezda egallay boshladi. 10
yoshidayoq Qu’roni Karimni boshdan-oyoq yod o‘qir edi. 13
yoshlaridan boshlang‘ich matematika, mantiq, fiqh, falsafa ilmlari
bilan shug‘ullana boshlaydi. Ibn Sino yosh bo‘lishiga qaramay, Abu
Abdullo Notiliy rahbarligida falsafani, Hasan ibn Nuh al-Qumriydan
tibbiyot ilmini har tomonlama o‘rganadi, asta-sekin tabiblik bilan ham
shug‘ullanadi. U o‘zidan avval o‘tgan Sharq mutafakkirlarining
asarlarini chuqur o‘rganish bilan birga, qadimgi yunon tabiiy-ilmiy,



106
falsafiy merosini, xususan Aristotel, Evklid, Ptolemey, Galen,


Gippokrat, Pifagor, Porfiriylarning asarlarini ham qunt bilan o‘rgandi.
16–17 yoshidayoq ibn Sino mashhur tabib – hakim bo‘lib tanildi. 999
yilda Buxoro Qoraxoniylar tomonidan zabt etilgach, Somoniylar
hokimiyati inqirozga uchradi. 1000-yilda Ibn Sino Buxorodan chiqib
ketdi va madaniyat markazlaridan biri hisoblangan Xorazmga bordi, u
erda Xorazm hokimi Ali ibn Ma’mun saroyidagi olimlarni
birlashtirgan o‘z zamonasining akademiyasiga qabul qilindi. Ibn Sino
Beruniy, ibn Miskavayh, Abu Sahl Masihiy, Abulxayr Hammor, Abu
Nasr ibn Iroq kabi yetuk olimlar bilan yaqindan tanishdi. Lekin bu
davrda kuchayib borayotgan Mahmud G‘aznaviyning ta’qibidan
qochib, Xorazmni tashlab ketishga va Xuroson, Eronning turli
shaharlarida sarson-sargardonlikda yurishga majbur bo‘ldi. Abivard,
Tus, Nishopur shaharlari orqali Jurjon shahriga kelgan ibn Sino hokim
Qobus ibn Vashmgir saroyida mashhur tabib sifatida yashadi, bo‘lajak
shogirdi Juzjoniy bilan tanishdi. 1019–21 yillarda Hamadonda vazir
lavozimida xizmat qilarkan, hokim bilan kelisha olmay, 4 oy qamoqda
yotib chiqdi. 1023 yilda Isfahonga qochdi va butun umrini ilmiy
asarlar yozishga bag‘ishladi. Ibn Sinoning «Kitob al-qonun fit-tibb»,
«Kitob un-najot», «Kitob ul-insof» kabi mashhur asarlari, geometriya,
astronomiya, o‘simlik, hayvonot olami, mantiqqa oid risolalari, «Hayy
ibn Yaqzon» falsafiy qissasi so‘nggi yillarda yozilgan. U Isfahonda
rasadxona qurish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Umrining so‘nggi yillarida
feodal urushlar kuchayib ketganligi, ijtimoiy-siyosiy hayotda o‘zi ham
faol qat-nashganligi tufayli u Isfahon, Ray, Hamadon shaharlari
orasida sarson-sargardonliqda yurib, 1037 yil 18 iyunda Isfahon
shahrida 57 yoshida qulunj kasalligidan vafot etdi.
Ibn Sinoning hayot yo‘li o‘zi yozgan tarjimai holi va shogirdi
Juzjoniy tomonidan qoldirilgan manbalardan ma’lum. Ibn Si-noning
ilmiy qiziqishlari, dunyoqarashining shakllanishida qadimgi Sharq
madaniyati, yunon ilmi, falsafasi, Markaziy Osiyo xalqlarining
mustaqillik uchun olib borgan kurashlari muhim rol o‘ynadi. Ibn Sino
tarjimai holida Forobiyning «Metafizika maqsadlari», «Fusus ul-
hikam» kabi muhim risolalarini qunt bilan o‘rganganligi, ulardan keng
foydalanganligini ta’kidlab o‘tadi.
Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, lekin
bizgacha faqat 160 ga yaqin asari etib kelgan, xolos. Ko‘p risolalari
shaharma-shahar ko‘chib yurish, feodal urushlari, saroy to‘polonlari,
turli falokatlar tufayli yo‘qolib kettan. Ko‘p manbalarda ibn Sino



107
avvalo tabib sifatida talqin etiladi, holbuki tabobat uning ilmiy


sohalari orasida eng muhimlaridan biridir, xolos. Ibn Sino asarlarining
asosiy qismi Yaqin va O‘rta Sharqning o‘sha davr ilmiy tili
hisoblangan arab tilida, ba’zilari fors tilida yozilgan. Uning bizga
ma’lum bo‘lgan katta asari «Kitob ush-shifo» («Shifo kitobi») 22
jilddan iborat bo‘lib, 4 ta katta bo‘limini mantiq, fizika, matematika,
metafizikaga doir masalalar egallagan. Uning ayrim qismlari lotin
tiliga, Yevropadagi boshqa tillarga, sharq tillariga, shuningdek, rus,
o‘zbek tillariga tarjima qilingan. 20 jilddan iborat bo‘lgan «Kitob ul-
insof» («Insof kitobi») bizgacha etib kelmagan, chunki Isfahondagi
yon-g‘inda yo‘qolgan. «Kitob un-najot» («Najot kitobi») 4 katta
qismdan – mantiq, fizika, matematika, metafizikadan iborat, «Kitob
lison ul-arab» («Arab tili kitobi») 10 jildni tashkil etadi.
«Donishnoma» fors tilida yozilgan bo‘lib, 4 qismni – mantiq, fizika,
matematika, metafizikani o‘z ichiga oladi (Rus tiliga tarjima etilgan,
bir qismi o‘zbek tilida bosilgan).
Ibn Sino asarlari o‘rta asrlarda Yevropada ilmiy til hisoblangan
lotin tiliga, u orqali Yevropaning boshqa tillariga tarjima etilgan. Ibn
Sino ilmiy risolalardan tashqari, chuqur falsafiy mazmunli badiiy
obrazlar va ma’lum voqealar orqali ifoda etuvchi «Tayr qissasi»,
«Salomon va Ibsol», «Hayy ibn Yaqzon» kabi falsafiy qissalar
yaratgan.
Ibn Sino zamonasining yyetuk shoiri ham bo‘lgan. U Sharq,
xususan, fors poeziyasida ruboiy janrining asoschilaridan biri bo‘lib,
ruboiylari o‘zida chuqur falsafiy xulosalarni ifodalaydi. Ibn Sino
arabcha qit’alar ham yozgan (Uning she’riy merosi qisman rus va
o‘zbek tillarida nashr etilgan). Ibn Sino tabobat masalalarini ommabop
holda nazm bilan izohlovchi «Urjuza» nomli tibbiy asar yaratdi.
Uning Aristotel (Arastu) ta’limoti xususida Abu Rayhon Beruniy bilan
va o‘zining shogirdi – ozarbayjonlik mutafakkir Baxmanyor bilan
yozishmalari fan olamida mashhur. Ayniqsa, tabobat, u bilan bog‘liq
holda anatomiya, psixologiya, farmakologiya, terapiya, xirurgiya,
diagnostika, gigiena kabi ilmlar ibn Sino ijodida bir qancha yangi
ixtirolar bilan boyidi va yangi bosqichga ko‘tarildi. Bulardan tashqari,
kimyo, mineralogiya, astronomiya, matematika, o‘simlik dunyosi,
geologik jarayonlarni o‘rganish sohasida ham u yangi-yangi fikrlarni
olg‘a sura oldi. Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi asarlaridan «Kitob al-
qonun fit-tibb» («Tib qonunlari»), «Kitob ul-qulanj» («Ichak
sanchiqlari»), «Kitob un-nabz» («Tomir ko‘rish haqida kitob»), «Fuj



108
ul-tibbiya joria fi majlisih» («Tib haqida hikmatli so‘zlar»), «Tadbir


ul-manzil» («Turar joyning tuzilishi»), «Fi-l-hindubo» («Sachratqi
o‘simligi haqida»), «Risola fi-dastur it-tibbiy» («Tibbiy ko‘rsat-malar
haqida») kabi asarlari mavjud. Uning tibbiyotga oid qomusiy asari
«Kitob al-qonun fit-tibb» 5 mustaqil katta asardan tarkib topgan:
ularning har biri ma’lum sohani izchil, har tomonlama yoritib beradi.
Birinchi kitobda tibbiyotning nazariy asoslari, uning predmeti,
vazifalari, bo‘lim va metodlari, kasallikning kelib chiqish sabablari,
belgilari, sog‘liqni saqlash yo‘llari, kishi anatomiyasi haqida
mazmundor, aniqligi bilan kishini taajjubda qoldiruvchi qisqacha
ocherk, sog‘liqni qanday saqlash kerakligi haqidagi ta’limot
(keyinchalik gigiena deb nomlangan) bayon etiladi.
«Qonun»ning bu kitobini hozirgi zamon ichki kasalliklar
propedevtikasi darsligiga tenglashtirish mumkin.
«Qonun»ning oddiy dorilarga bag‘ishlangan ikkinchi kitobida
800 ga yaqin dorining xususiyatlari, ularni tayyorlash va iste’mol
qilish usullari bayon etilgan. Ibn Sino simob, uning birikmalarini dori
qilib ishlatishni birinchi bo‘lib tavsiya etadi, sharobni quvvatga
kirituvchi, jarohatlarni tozalovchi dori sifatida ishlatadi.
Uchinchi kitobda ayrim organlar (hatto soch, tirnoqlar)ning
kasalliklari, ularni davolash usullari bayon etiladi, uni maxsus
patologiya darsligi deb atasaham bo‘ladi. Bu kitobda bosh miya, nerv,
ko‘z, quloq, burun, tomoq, qorin, tish, yurak, jigar, buyrak kasalliklari
batafsil tahlil qilinadi.
«Qonun»ning
to‘rtinchi
kitobi
organizmning
umumiy
kasalliklariga bag‘ishlangan. Unda isitmalar, o‘smalar, ularning
sababi, xirurgik kasalliklar (suyak sinishi, chiqishi, jarohatlanish) va
ularni davolash usullari har xil dorilardan zaharlanish va bunda
ko‘riladigan choralar to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Chechak, qiza-
miq, moxov, toun, vabo va boshqa yuqumli kasalliklar tasvir eti-ladi.
«Qonun»ning beshinchi kitobida murakkab dorilarning
organizmga ta’siri, ularni tayyorlash, iste’mol qilish usullari bayon
qilingan. Bu kitob dorishunoslik ilmiga – farmakologiyaga
bag‘ishlangan.
Tibbiyotning asosiy vazifasi, uning ta’biricha, «inson sog‘lig‘ini
saqlash, agar kasallik paydo bo‘lgan bo‘lsa, bu kasallikni keltirib
chiqargan sabablarni aniqlash va ularni yo‘qotish orqali sog‘liqni
tiklashdan iborat». Ibn Sino fikricha, tib ilmida nazariy bilimlar va
amaliyot o‘zaro bog‘liq bo‘lishi, bir-biriga asoslanmog‘i zarur, aks



109
holda u rivoj topmaydi, o‘z maqsadiga erisha olmaydi. «Tib ilmi


avvalo ikki qismga - nazariy va amaliy qismlarga bo‘linadi.
Nazariya deb ataluvchi qismi tabiblarning fikrlarini ifoda qilib,
maxsus amaliya deb ataladigan qismi tadbir va amalning qanday
bo‘lishi kerakligini o‘rgatadi. Tibning amaliy qismi ikkiga bo‘linadi.
Birinchi qismi sog‘lom tanlarning tadbirini bilish: bu sog‘liqni
saqlashga taalluqli bo‘lgani uchun sog‘liqni saqlash ilmi deb ataladi.
Ikkinchi qismi – kasal tananing tadbirini bilish bo‘lib, sog‘lom holatga
qaytarish yo‘llarini ko‘rsatadi, bu davolash ilmi deb ataladi». Ibn Sino
kasallikni o‘rganishda ob’ektiv sharoitni har tomonlama bilishga katta
ahamiyat berdi, muhitdagi turli tabiiy narsalar, havo orqali kasallik
tarqatuvchi ko‘zga ko‘rinmaydigan «mayda hayvonotlar» haqidagi
fikrni olg‘a surdi.
«Qonun» 800 yil davomidanhakimlar uchun asosiy qo‘llanma
bo‘lib keldi. Urta asrlarda «Qonun» Sharqdagina emas, balki G‘arb
mamlakatlarining universitetlarida ham talabalar uchun tibbiyotdan
yagona qo‘llanma edi.
Ibn Sinoning «Kitob ush-shifo» asarida turli tibbiyot imlariga:
botanika, geologiya, mineralogiya, astronomiya, matematika, kimyoga
oid ko‘p ma’lumotlar keltiriladi. Uning tog‘larning vujudga kelishi, er
yuzasining davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib borishi, zilzilaning sabablari
kabi turli jarayonlar haqidagi fikrlari keyinchalik geologiya ilmining
mustaqil ravishda rivoj topishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Ayrim
joylarning bir vaqtlar dengiz bo‘lganligi, shu sababli qattiq
qatlamlarda turli dengiz hayvonlarining izlari saqlanib qolganligi
haqida ham turli misollar asosida fikr yuritiladi; meteoritlar, vulqonlar
haqida ma’lumotlar keltiriladi. Mineralogiya ilmining rivojida ham
ibn Sinoning xizmati katta. U minerallarni 4 guruhga ajratadi: 1)
toshlar; 2) eriydigan jism (metal)lar; 3) oltingugurtli yonuvchi jismlar;
4) tuzlar.
Kimyoda
ham
ibn
Sino
zamonasining
bilimlarini
umumlashtirishga harakat qilib, turli asarlar yozdi, tajribalar o‘gkazdi.
Xususan, uning organik kimyo sohasidagi fikrlari keyingi davr mu-
taxassislari tomonidan yuqori baholandi. U odstiy metallni qimmatli
metallga aylantirish ustida fikr yurituvchi alximiklarni tanqid qildi.
Ibn
Sino
astronomiya
sohasida
Ptolemeyning
geopentrik
nazariyasidan tashqariga chiqmagan bo‘lsada, tabiiy hodisalarning
ichki sababiy bog‘lanishini aniqlashga harakat qildi, inson hayoti va
ijtimoiy hodisalarni osmon jismlari harakati, holatiga bog‘lovchi



110
astrologiyaga shubha bilan qaradi, turli tajribalar o‘tkazish uchun


yangi astronomik asbob yaratish, botanikada turli o‘simliklarning
tabiiy xususiyatlarini o‘rganish, ilmiy terminologiya yaratish sohasida
ish olib bordi.
Ibn Sino dunyoqarashi Forobiy asarlari ta’sirida shakllandi, u
ijtimoiy-falsafiy masalalarda Forobiy qarashlarini davom ettirdi, ilg‘or
falsafiy oqimni yangi tabiiy-ilmiy fikrlar bilan boyitib sistemalashtirdi
va yangi bosqichga ko‘tardi. Ibn Sino fikricha, falsafaning vazifasiga
mavjudotni – barcha mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi,
o‘zaro munosabati, biridan ikkinchisiga o‘tishini har tomonlama
tekshirish uchun zaruriyat, imkoniyat, voqelik, sababiyat prinstiplarini
asos qilib oladi. Olam – barcha mavjud narsalar ikkiga bo‘linadi:
zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi mumkin).
Zaruriy vujud hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan bir butunlikni tashkil
etib, u eng irodali, qudratli, dono Tangridir. Qolgan hamma narsalar
imkoniy tarzda mavjud bo‘lib, zaruriy vujud – Tangridan kelib
chiqadi. Vujudi vojib va vujudi mumkin – sabab va oqibat
munosabatidadir. Bu jarayon emanastiya tarzida, ya’ni quyoshdan
chiqayotgan nur shaklida asta-sekin amalga oshadi. Shu tartibda
imkoniyat shaklidagi mavjud bo‘lgan aql, jon (nafs) va jism, ular bi-
lan bog‘liq holda osmon sferalari kelib chiqadi, mavjud narsalarga
aylanadi. Bular hammasi substanstiya (javhar)dir. Bundan tashqari
borliqda akstidenstiya (obraz) – narsalarning belgilari, rang, hajmi,
hidi va boshqa hislari mavjud. Jism shakl va modda (xayulo)dan
tashkil:topadi. Xudo abadiy, uning oqibati bo‘lmish materiya ham
abadiydir. Uning o‘zi boshqa konkret jismlarning asosidir.
Narsalarning konkret ko‘rinishlari, shakllari o‘zgaradi, lekin ularning
moddiy asosi yo‘qolmaydi. Materiya doim vujudga kelishi mumkin
bo‘lgan narsalardan avval mavjud bo‘lib, bu narsalar ularni tashkil
etuvchi materiyaga muhtojdir. Materiyaning eng sodda, bo‘laklarga
bo‘linmaydigan shakli to‘rt unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat.
Ularning turlicha o‘zaro birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar
tashkil topadi. Murakkab narsalar o‘zgarib, turli shakllarga ega
bo‘lishi mumkin, lekin ularning moddiy asosi bo‘lgan to‘rt unsur
yo‘qolmaydi, abadiy saqlanadi. Uning fikricha, avval tog‘-toshlar,
so‘ng o‘simlik, hayvonot va taraqqiyotning yakuni sifatida inson
vujudga kelgan. Inson boshqa barcha hayvonot olamidan so‘zi, tili va
aqli, tafakkur qilishi bilan farq qiladi.



111
Real hodisalarni chuqur bilish, fan bilan shug‘ullanish


insongagina xosdir. Ibn Sino «Risolatun fi taqsim al-mavjudot»
asarida butun borliqni tarkibiy qismlarga bo‘lib, birma-bir sanaydi va
ularga ta’rif berib o‘tadi. Vujudi vojib, vujudi mumkin, substanstiya,
akstidenstiya, materiya, shakl, akd, unsur, jism, quvvat, sezish,
mineral, hayvon, nutq, lison kabi kategoriyalar bu risolada qisqacha
ta’riflanadi.
Inson bilimlari narsalarni bilish yordamida vujudga keladi.
Bilish hissiy bilish va tushunchalar yordamida fikrlashdan tashkil
topadi. «Sezish, – deb yozgan u, – bu shunday ta’sirki, u tashqi
narsalarning o‘zi bo‘lmay, balki bizning hislarimizda vujudga keladi.
His moddiy obrazning oynasi bo‘lib, moddiy shakllarning bo‘yi, eni
bilan birga ifodalanganligi sababli, ularni inson moddiy asossiz
in’ikos eta olmaydi va jismlarni bilolmaydi».
Inson aqli turli fanlarni o‘rganish yordamida boyiydi, rivoj
topadi. Bunda, xususan, u mantiq ilmiga katta e’tibor beradi. Aql har
qanday bilishning va amaliy faoliyatning mezoni sifatida talqin etiladi.
«(Aql) tarozisida o‘lchanmagan har qanday bilim, – deb yozadi ibn
Sino, – chin bo‘lolmaydi, demak, u haqiqiy bilim emas». O‘rta asrda
Yaqin va O‘rta Sharq, jumladan, Markaziy Osiyo falsafasida aql
nazariyasi juda muhim o‘rin egallaydi.
Ibn Sino ijodida fanning strukturasini tekshirish, ilmlarning
tartibini aniqlash, ularni tasnif qilishga e’tibor alohida o‘rin egallaydi.
Bu masalada ham olim Forobiy boshlab bergan fanlar tasnifi haqidagi
masalani yanada taraqqiy etirishga harakat qiladi. Ibn Sinoning
falsafiy sistemasini ifodalovchi asarlarida («Kitob ush-shifo», «Kitob
un-najot»,
«Donishnoma») falsafiy bilimlar: mantiq, fizika,
matematika, metafizika tartibida beriladi. Bulardan mantiq –
bilishning metodi, mavjudotni o‘rganish, u haqda fikr yuritishning
ilmiy usuli sifatida talqin etiladi. «Mantiq, – deb yozadi ibn Sino, –
insonga shunday bir qoida beradiki, bu qoida yordamida inson xulosa
chiqarishda xatolardan saqlanadi». Mantiq yordamida inson haqiqiy
bilimni yolg‘ondan ajratadi va noma’lum narsalarni o‘rganadi. U -
mantiq ilmini tadqiq etishga katta e’tibor beradi, unga maxsus risolalar
bag‘ishlaydi. Xususan, u mantiqiy usullar, ta’riflash, hukm, xulosa
chiqarish, isbotlash masalalarini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi,
mantiq fanini Forobiydan so‘ng bilishning to‘g‘ri metodi sifatida
rivojlantirdi. Mantiqdan tashqari barcha qol-gan ilmlarni ibn Sino
tabiat va ijtimoiy hodisalar haqidagi ilmlar sifatida o‘zining «Aqsom



112
ul-ulum ul-aqliya» («Aqliy bi-limlar tasnifi») asarida alohida-alohida


sanab, ta’rif berib o‘tadi. Ibn Sino falsafiy ilmlarni avvalo ikkiga
bo‘ladi: nazariy va amaliy ilmlar.
Nazariy ilmlar haqiqatni bilishga, amaliy ilmlar yaxshi ishlarni
bajarishga qaratilgan. Falsafaning nazariy qismi uchga bo‘linadi: 1)
quyi darajadagi ilm, ya’ni tabiatshunoslik; 2) o‘rta darajadagi ilm –
matematika; 3) oliy darajadagi ilm – metafi-zika. Falsafaning amaliy
qismi ham uchga bo‘linadi: a) shaxs haqidagi ilm; b) insonning o‘zaro
munosabatlari haqidagi ilm; v) davlatni, mamlakatni boshqarish
haqidagi ilm. Nazariy-falsafiy ilmlarga kiruvchi har uch turdagi ilmlar
asosiy va yordamchi bo‘laklarga ajraladi; tabiatshunoslik ilmlari
astrologiya, meditstina, alkimyo kabi etti xil tarmoqni o‘z ichiga oladi.
Matematika esa arifmetika, geometriya, astronomiya, muzika nomi
bilan 4 tarmoqqa bo‘linadi. Asarda 29 ilm tarmog‘i tilga olinadi.
Ibn Sino o‘z dunyoqarashida panteistik prinstipga asoslanadi:
Tangri va borliq bir-biriga zid, bir-birini inkor etuvchi narsalar emas,
aksincha, ular bir butun holda mavjudotni tashkil etadi. Abadiylik
Tantriga xos. Tangri va tabiat ma’lum pog‘onalar yordamida
bog‘lanadi. Uzun va yaxlit zanjirning bir tomonida yaratuvchi Tangri
– zaruriy vujud, ikkinchi chekkasida tabiat yotadi.
Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu
mavjud dunyoda erishuv mumkin, jamiyatda insonlar o‘zaro yordam
asosida yashashlari kerak deb ta’kidlaydi. Jamiyat kishilarning o‘zaro
kelishuvi asosida kabul qilinadigan adolatli qonunlar yordamida
boshqarilishi lozimligini ta’kidlaydi. Jamiyat a’zolarining hammasi bu
qonunga itoat etishlari, qonunni buzish va adolatsizlik jazolanishi,
basharti podshoning o‘zi adolatsizlikka yo‘l qo‘ysa, xalqning unga
qarshi
qo‘zg‘oloni
to‘g‘ri
va
jamiyat
to-monidan
qo‘llab-
quvvatlanmog‘i lozim.
Ibn Sino o‘zining ko‘p tarmoqli ijodi, boy merosi bilan jahon
madaniyati taraqqiyotida katta rol o‘ynadi. O‘z ijodi, ilmiy faoliyatida
ibn Sino Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlaridagi
yuqori madaniy ko‘ratinkilik, madaniy «uyg‘onish»ning ma’naviy
yutuqlarini mujassamlashtira oldi, bu bilan butun Sharq va
Yevropadagi ma’rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
U o‘z davrida Sharq va Yevropada «Shayx ur-rais», «Olimlar
boshlig‘i», «Tabiblar podshohi» kabi eng buyuk nomlarga sazovor
bo‘ldi. Ibn Sino mashhur murabbiy sifatida Abu Ubayd Jurjoniy,
Umar Isfahoniy, Muhammad Sheroziy, Ahmad Ma’suriy, mashhur



113
ozarbayjon mutafakkiri Baxmanyor ibn Marzbon, Yusuf Iyloqiy,


ajoyib olim va shoir Umar Hayyom kabi shogirdlarini tarbiyaladi.
Uyg‘onish davri miniatyura va suratlarida ibn Sino mashhur qadimgi
yunon olimlari Aristotel, Galen, Gippokrat, Ptolemey, Evklid bilan bir
qatorda tasvirlangan. O‘simliklarning birinchi ilmiy tasnifini yaratgan
tabiatshunos Karl Linney doimo yashil bo‘lib turuvchi bir o‘simlikni
ibn Sino sharafiga «Avisteniya» deb atadi.
Ibn Sino asarlari Yevropada XII asrdan boshlab lotin tiliga
tarjima qilina boshladi. «Tib qonunlari» asarining o‘zi lotinchada 30
martadan ortiq nashr qilindi. «Kitob ush-shifo»ning ko‘p bo‘limlari,
mantiq, muzika, yerning tuzilishi, geologik jarayonlar, metafizikaga
oid qismlari ham lotinchada nashr etildi. So‘nggi ilmiy tadqiqotlar ibn
Sinoning Sharq adabiyotiga ham ta’sir ko‘rsatganligini, chuqur
falsafiy mazmunni ifodalovchi ruboiy va falsafiy qissalar janrining
taraqqiyotiga turtki berganligini ko‘rsatadi. Ibn Sino xalq orasida shu
darajada hurmatga sazovor bo‘ldiki, u folklor qahramoniga aylanib
ketdi. Sharq xalqlarida uning to‘g‘risida turli hikoya, rivoyat,
afsonalar vujudga keldi. Jahon olimlari ibn Sino asarlari, uning
faoliyati to‘g‘risida ko‘pdan beri ilmiy tadqiqot ishlarini olib
boradilar. Hozirda jahonning deyarli barcha yirik tillarida ibn Sino
haqida asarlar yaratilgan.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin