102
Shifrlangan so‘zni rasshifrovka qilish maxfiy kalit {3,33} yordamida
bajariladi.:
Y(1)=(16
3
)(mod 33)=4096(mod 33)=4
Y(1)=(1
3
)(mod 33)=1(mod 33)=1
Y(1)=(15
3
)(mod 33)=3375(mod 33)=9
Dastlabki son ketma-ketligi rasshifrovka qilingan X(i)=<4,1,9>
ko‘rinishida dastlabki matn
bilan almashtiriladi.
Keltirilgan misolda hisoblashlarning soddaligini ta‘minlash maqsadida
mumkin bo‘lgan kichik sonlardan foydalanildi.
El-Gamal sistemasi
chekli maydonlarda diskret logarifmlarning
hisoblanish murakkabligiga asoslangan. RSA va El-Gamal sistemalarining
asosiy kamchiligi sifatida modul arifmetikasidagi murakkab amallarning
bajarilishi zaruriyatini ko‘rsatish mumkin. Bu o‘z navbatida aytarlicha hisoblash
resurslarini talab qiladi.
Mak-Elis kriptosistemasida
xatoliklarni tuzatuvchi kodlar ishlatiladi. Bu
sistema RSA sistemasiga nisbatan tezroq amalga oshirilsada, jiddiy kamchilikka
ega. Mak-Elis kriptosistemasida katta uzunlikdagi kalit ishlatiladi va olingan
shifrmatn uzunligi dastlabki matn uzunligidan ikki marta katta bo‘ladi.
Barcha ochiq kalitli shifrlash metodlari uchun NP-to‘liq masalani (to‘liq
saralash masalasi) yechishga asoslangan kriptotaxlil metodidan boshqa
metodlarining yo‘qligi qat‘iy isbotlanmagan. Agar bunday masalalarni
yechuvchi samarali metodlar paydo bo‘lsa, bunday xildagi kriptosistema
obro‘sizlantiriladi.
Yuqorida ko‘rilgan shifrlash metodlarining kriptoturg‘unligi kalit
uzunligiga bog‘liq bo‘lib, bu uzunlik zamonaviy sistemalar uchun, loaqal, 90
bitdan katta bo‘lishi shart.
Ayrim muhim qullanishlarda nafaqat kalit, balki shifrlash algoritmi ham
mahfiy bo‘ladi. Shifrlarning kriptoturg‘unligini oshirish uchun bir necha kalit
(odatda uchta) ishlatilishi mumkin. Birinchi kalit yordamida shifrlangan axborot
ikkinchi kalit yordamida shifrlanadi va h.
Shifrlashning o‘zgaruvchan algoritmlarini qo‘llash tavsiya qilinadi. Bunda
103
shifrlash kaliti shifrlashning muayyan algoritmini tanlash uchun ham ishlatiladi.
Ochiq kalitlardan foydalanuvchi shifrlash
metodlarining afzalligi, avvalo,
maxfiy kalitlarni tarqatish zaruriyatining yo‘qligidir. Katta masofalarda tarqalgan
kompyuter sistemalari uchun maxfiy kalitlarni tarqatish aytarlicha murakkab
masala hisoblanadi.
Ochiq kalitli sistemalarning ommalashuviga maxfiy kalitlarning faqat ularni
to‘liq saralash orqali olinishidan boshqa yo‘l bilan olib bo‘lmasligi isbotining
yo‘qligi to‘sqinlik qiladi.
Steganogrfiya axborotni kriptohimoyalashning istiqbolli yo‘nalishlaridan
hisoblanadi. Steganografiya bilan shifrlashni birgalikda (kompleks)
ishlatilishi
maxfiy axborot kriptoturg‘unligini aytarlicha oshiradi.
Dostları ilə paylaş: