136
20-Amaliy mashg‟ulot
Mavzu: Cloud Computing texnologiyasida ma‟lumotlar xavfsizligini
ta‟minlash usullari.
Kirish:
Bu texnologiya o‘zi bilan birga,
hisoblashda xarajatlarni
kamaytirish, ilovalar hosti, ma‘lumot saqlovchilar va ma‘lumot
uzatishda katta
imkoniyatlarni olib keladi.
Ishining maqsadi:
Ushbu amaliy ish Cloud Computing texnologiyasida
ma‘lumotlar xavfsizligini ta‘minlash usullarini o‘rganishdan iborat.
Kerakli jixozlar:
Kompyuter,
dasturlar, ixtiyoriy, printer, daftar, A4
formatdagi oq qog‘oz.
Qisqacha nazariy ma‟lumot:
Cloud Computing tizimi xususiyatlari
Cloud
computing
hisoblash
modeli
hisoblanib,
ma‘lumot, fayl
saqlovchilar, ilovalar uchun dinamik infratuzilmani ta‘minlash uchun lokal yoki
global tarmoqda ulangan ko‘p sondagi tizimlardan tashkil topgan. Bu
texnologiya o‘zi bilan birga, hisoblashda xarajatlarni kamaytirish, ilovalar hosti,
ma‘lumot saqlovchilar va ma‘lumot uzatishda katta imkoniyatlarni olib keladi.
Cloud computing
termini Internetni ifodalashda foydalanilgan belgidan
kelib chiqqan. Odatda, tarmoq diagrammasida Internet bulut (ing., cloud)
shaklidagi belgi bilan ifodalanadi (20.1-rasm).
Ushbu tarmoq diagrammasida
bulut belgisi ―qolgan barcha qismlarni‖ ifodalashda foydalanildi yoki ―va h.k‖
qolgan tarmoq xaritasini ifodalashda foydalanildi. Shuning uchun, buni ―Cloud
compting‖ konsepsiyasiga tadbiq qilsa bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: