O`quv soati


II. MTM - ixtisoslashtiruvchi o`quv fanlaridan biri



Yüklə 119 Kb.
səhifə3/5
tarix02.01.2022
ölçüsü119 Kb.
#41564
1   2   3   4   5
1-mar-m-t edcddf585f4ae39ed9f3bf9b1e6dc84e

II. MTM - ixtisoslashtiruvchi o`quv fanlaridan biri

Mehnat va kasb ta’limi o`qituvchilari pedagogika bilim yurtlari, universitetlarda va muxandislik-pedagogika institutlarida tayyorlanadi.

Mehnat ta’limi o`qituvchilarini tayyorlash o`quv rejasida umumiy ta’lim fanlari va maxsus fanlarda o`qitish nazarda tutilgan. Maxsus fanlarda umumtexnik, texnika va pedagogika fanlari kiradi. Umumtexnika fanlariga texnik mexanika asoslari, mashinasozlik asoslari, elektrotexnika va elektronika asoslari kirib, texnik fanlar bo`yicha bilim egallashga asos bo`ladi.

Chizmachilik va chizma geometriya, materialshunoslik, ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish asoslari, ishlab chiqarishni tashkil etish va uning ekonomikasi asoslari, elektromantaj ishlari va elektr bilan ishlaydigan maishiy asbob (pribor)lar va boshqa texnik fanlar jumlasiga kiradi.

O`qituvchining psixologik-pedagogik jixatdan tayyorgarligi psixologiya, pedagogika, mehnat va kasb ta’limi metodikasi, chizmachilik va rasm o`qitish metodikasi, maktab gigiyenasi kabi fanlarni o`rganishda amalga oshadi.

Shunday qilib, mehnat ta’limi o`qituvchisini tayyorlashda “Mehnat ta’limi metodikasi” ixtisoslashtiruvchi fanlardan biri bo`lib xisoblanadi. Bu fanlar boshqa fanlarni pedagogika, psixologiya va xokazolarni takrorlamaydi, balki ular bilan yaqin bog`lanishda bo`ladi.

“Mehnat ta’limi metodikasi” kursi o`rganish, umumiy ta’lim maktabidagi mehnat ta’limining (mehnat tarbiyasi, politexnik ta’lim, kasbga yo`llash va xokazolarning) maqsad va vazifalarini, shu fan bo`yicha o`quv jarayonini tashkiliy printsiplarini va uning mazmunini anglab olishishi, maktab ustaxonalarida ta’lim tarbiya jarayonini muvoffaqiyatli olib borishda yordam beradigan metodik vositalar sistemasi sifatida o`rganilishi lozim.

“Mehnat ta’limi metodikasi” ning aloxida roli shuki, o’quvchilarni mehnatga tayyorlash jarayonida ularda mehnatga ongli munosabatni tarkib topishi uchun ob’yektiv qulay sharoit vujudga keladi. Bo`lajak o`qituvchiga yana shu sharoitdan qanday qilib tula foydalanishni ko`rsatish kursning vazifalaridan biridir.



Yüklə 119 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin