O`quv soati


III. Mehnat ta’limi metodikasi pedagogika fanining tarmoqlaridan biri sifatida



Yüklə 119 Kb.
səhifə4/5
tarix02.01.2022
ölçüsü119 Kb.
#41564
1   2   3   4   5
1-mar-m-t edcddf585f4ae39ed9f3bf9b1e6dc84e

III. Mehnat ta’limi metodikasi pedagogika fanining tarmoqlaridan biri sifatida

Mehnat ta’limi metodikasi pedagogika fanining tarmog`i sifatida o`z ob’yektlari, vazifalari va tadqiqot metodlariga ega.

Mehnat ta’limi jarayoni, shu jarayonning xamma jixatlari; o`quv materialining mazmuni, o`qitish metodlari, o’quvchilarning bilish faoliyati, o`qitish natijalari va boshqalar o`rganish ob’yekti xisoblanadi.

Pedagogika fanining tarmog`i sifatida mehnat ta’limi metodikasi oldiga qo`ygan asosiy tadqiqot vazifalari qo`yiladi;

1. Mehnat ta’limi vazifalarini asoslash, ularning tarbiyaviy va ta’limiy axamiyatini ochib berish.

Mehnat ta’limi vazifalarini belgilashda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qilgan «Kadrlar tayyorlash xaqidagi milliy dastur» Vazirlar Maxkamasi tomonidan chiqarilgan qarorlar asosiy manba bo`lib xizmat qiladi.

Mehnat ta’limi o’quvchilar shaxsini xar tomonlama kamol topishiga, mehnatning turmush bilan aloqasini mustaxkamlashga o’quvchilarda ongli dunyoqarashni shakllanishiga, ularni xalq xo`jaligida mehnat qismiga va asosiy ravishda kasb tanlashga tayyorlashda yordam beradi.

Mehnat ta’limi metodikasi ustaxonada o`tkaziladigan mashg`ulotlar bilan boshqa o`quv fanlarini (ijtimoiy-siyosiy, tabiiy matematik) o`qitishning o`zaro didaktik bog`liqligini ochib beradi, shuningdek, quyi, o`rta va yuqori sinflardagi mehnat ta’limining izchilligini ta’minlash yo`llarini ko`rsatadi.

Mehnat ta’limi jarayonida o’quvchilarda mehnatga muxabbat, jismoniy mehnat kishilariga xurmat va shaxsning boshqa axlokiy sifatlari shakllanishiga imkon beradi.

Bu sifatlar og`zaki tushuntirish bilan emas, balki o’quvchilarni unumli mehnatga qatnashtirish yo`li bilan shakllantiriladi.

2. O`quv materialini mazmunini asoslash.

Pedagogikadan ma’lumki, o`quv fanining mazmunini ishlab chiqish uchun, birinchidan, tegishli fan yoki texnikaning tarmog`idagi mavjud ma’lumotlardan o`quv materialini tanlab olish, ikkinchidan, bu materialni o’quvchilarni yosh xususiyatlarini, ularni boshqa fanlarga oid bilimlarini va boshqa ba’zi faktorlarni xisobga olgan xolda ma’lum tartibda sistemaga solish zarur.

Insoniyat tomonidan to`plangan bilimlar xajmi juda katta. Ulardan umumiy ta’lim talablariga eng yuqori darajada javob beradigan va o’quvchilarda o`rganiladigan ishlab chiqarish jarayonlarining nazariy asoslari va amalda qo`llanilishi xaqida to`g`ri tasavvur xosil qiladiganlarini ajratib olishga to`g`ri keladi.

Buning uchun o`quv materiali eng katta tarbiyaviy va ta’limiy axamiyatga molikligini xal qilish uchun uni tanlash mezoni bo`lishi kerak. Bunday mezon (kritiylar)ni ishlab chiqish xam metodikaning vazifasiga kiradi.

O`quv materialining mazmuni fan va ishlab chiqarish taraqqiyotiga qarab o`zgarib boradi, shunga ko`ra, o`quv dasturini ham o`zgartirib turish lozim.

O`quv materialini sistemaga solish xam muxim muammodir. Fan va o`quv jarayonida «sodda» va «murakkab» tushunchalari bir xil emas. Masalan, fan tarmog`i mashinasozlikda detal-sodda o`rganish ob’yekti, mashina esa detalga nisbatan murakkab xisoblanadi. Ammo o`qitish o’quvchilarni mashina (masalan, metal qirquvchi stanok) bilan tanishtirish detallarni o`rganishdan boshlansa, o’quvchilar o`quv materialini katta qiyinchilik bilan idrok etadilar, unga qiziqmasligini ko`rsatadi. Agar mashinani nimaga mo`ljallanganligini va umumiy tuzilishini tushintirishdan boshlansa, o’quvchilar uni konstruktsiyasi bilan chuqurroq tanishish va uning ayrim detallarini o`rganish istagi tugiladi. Natijada o’quvchilar o`quv jarayonida aktiv ishtirok etadi, ularning yangi bilimlarini ongli o`zgartirishga erishiladi.

O`qitish metodikasi sistemaga solishda eng samarador yo’lni va vositalarni topadi, bu esa maktab fanining asoslash va o`quv dasturini tuzish uchun xam zarur xisoblanadi.

3. Ta’lim jarayonini tashkil etish.

O`quv jarayoni uzaro chambarchas bog’langan o`qitish (o`qituvchi faoliyati) va ta’lim olish (o’quvchilar faoliyati)dan iboratdir.

O`quv jarayonini tashkil etishning printsiplari va usullarini ishlab chiqishda mehnat ta’limi metodikasi boshqa o`quv fanlarining o`qitish tajribasidan va didaktik tadqiqotlarining ma’lumotlaridan foydalaniladi. Shu bilan birga ko`p masalalarni mehnat ta’limi metodikasi mustaqil xal qilinadi.

Masalan, mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, ish urnini tashkil qilish, mehnat usullarini to’gri bajarish va xakazo.

Maktab sistemasida o’quvchilar ishini tashkil qilishning usta asosiy frontal, brigada va individual shakllari mavjud.

O’quvchilarga beriladigan mehnat topshirig`i ijtimoiy foydali qiymatga ega bo`lishi lozim, aks xolda tayyorlanayotgan buyumga nisbatan o’quvchilarda qiziqish uyg`onmaydi.

4. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar mazmuni va metodikasi asoslash.

Mehnat va texnika bo`yicha maktabdan va sinfdan tashqari ishlar keng tarqalgan. Deyarli xar bir maktabda yog’och va metalga ishlov berish xamda yosh texniklar to`garaklari mavjud. Bunday to`garaklar yosh texniklar markazlari, klublari, maxalla qo`mitalar qoshida xam tashkil etilgan. Ularni ishini tashkil etish, turli formalarini ishlab chiqish xam mehnat ta’limi metodikasining vazifasiga kiradi.

Yuqorida ko`rsatilgan xamma vazifalarni xal qilishda mehnat ta’limi metodikasi quyidagi ilmiy metodlariga asoslanadi.

1. Kuzatish. Kuzatish jarayonida tadqiqotchi o`quv jarayonining borishiga aralashmay, faqat nima sodir bo`layotganini qayd qilib boradi. Tadqiqotchi oldindan kuzatishning maqsadi, vazifasi va metodikasini belgilab oladi.

2. Ekspriment. Ekspriment kuzatishdan farqli ravishda tadqiqotchi tomonidan vujudga keltirilgan jiddiy, aniq sharoitda o`tkaziladi. Eksprimentda vaziyatni keraklicha takrorlash mumkin. Tajriba avval kichik gruppada, sung sinfda, bir necha sinf va maktablarda o`tkaziladi. Natijaning samaradorligi xaqida xukm chiqariladi.

3. Ilg’or pedagogik tajribani o`rganish va umumlashtirish. Ilg`or o`qituvchilarning ish tajribasini o`rganish, uni umumiy taxlil qilish o`quv jarayonini samarali tashkil etishga oid tavsiflarni ishlab chiqish imkonini beradi.

Ilg’or tajribani kuzatish, o`qituvchilar bilan suxbatlashish, kinoga olish, o’quvchilarning ishlari bilan tanishish va boshqa yo`llar bilan o`rganish mumkin. Ilg`or tajribani o`rganish va tarqatishda pedagogik uo`ishlar muxim rol uynaydi.

4. Nazariy tadqiqotlar. Metodikani ishlab chiqishda kuzatish metodlari yoki ekspriment yo`li bilan tadbiq qilib bo`lmaydigan malakalarni xal qilishga xam to’g’ri keladi. Masalan, o`quv materialining mazmunini asoslash amaliyotda to`plangan bilim va malakalarning tegishli kompleksini o`rganishdan boshlanadi. Bu xolda tadqiqot analiz metodi bilan o`tkaziladi, ya’ni bilim va malakalarning butun kompleksi ajratiladi. So’ng xamma eksprimentlar ichidan o`quv dasturi mazmuniga kiradiganlari tanlab olinadi. Ya’ni analizga teskari jarayon-sintez sodir bo`ladi. Analiz va sintez nazariy tadqiqot metodlaridandir.

Demak, metodika mustaqil tadqiqotlar bilan shug`ullanadi. Shu bilan birga boshqa fanlar bilan chambarchas bog’liq xolda, u o`z xulosalaridan shu fanlarga tayanadi.



Yüklə 119 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin