ANNOTATSITYA
Ushbu O‘quv uslubiy majmua Ma'ruzalar matni Amaliy mashg'ulotlarni
o'tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma va talabalar mustaqil
ishlarini tashkil etish,
nazorat qilish va baholashga doir uslubiy ko‘rsatmalar va referat mavzulari,
glossariy berilgan, shuningdek fanning o‘quv dasturi, fan bo‘yicha ishchi o‘quv
dasturi,
nazorat savollari, test savollari berilgan. Talaba ushbu o‘quv uslubiy
majmua asosida “lok bo'yoq matriallar texnologiyasi” fanidan o’zlashtirishi kerak
bo’lgan mavzularni barcha talablar o’zlashtira oladi.
O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim
vazirligi tomonidan 2021 yil 30-iyunga tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab
chiqilgan.
O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirining 2017 yil 1 martdagi “Yangi o‘quv uslubiy
majmualarni tayyorlash
bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmani tavsiya etish to‘g‘risida”gi 107-sonli buyrug‘iga
asosan tayyorlandi.
Kirish
Hozirgi paytda mamlakatimizning ishlab chiqarishga zamonaviy texno-
logiyalar kirib kelmoqda. Ayniqsa qurilish industriyasi juda tez sur'atlar bilan
rivojlanmoqda.
Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari sifati
yaxshilanib, ularning xillari ko‘paymoqda va yangi texnologik usullar joriy
etilmoqda. Bu esa bo‘lajak mutaxassislarning
yuqori saviyali bilimga ega
bo‘lishini talab qiladi.
LOK-BO‘YOQ MATERIALLAR — metallarni zanglashdan, yog‘ochni
chirishdan saqlash va buyumlarni pardozlash uchun ularning sirtiga surkaladigan
suyuq yoki pastasimon materiallar.
Ularning tarkibini
parda hosil qiluvchi
moddalar
(alkid, fenol-formaldegid, epoksid,
poliefir smolalar, perxlorvinil
smolalar, poliakrilatlar,
sellyuloza
nitratlari va b.) tashkil qiladi.
Butun dunyoda lok-bo‘yoq materiallar turlarini ko‘paytirish, ishlab chiqarish
hajmini oshirish, sifatini yaxshilash sohasida ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ayniqsa, namlik va haroratning o‘zgarishi ta'siriga bardoshli,
bino va
inshootlarning fasadlarini bezashda ishlatiladigan bo‘yoq tarkiblarini yaratish
asosiy muammolardan hisoblanadi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 20.02.2019 yil PQ-4198 son
“
Dostları ilə paylaş: