MODULNI O’QITIShDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL
TA’LIM METODLARI.
Xulosalash» (Rezyume, Veyer) metodi
Metodning maqsadi: Bu metod murakkab, ko’ptarmoqli,
mumkin qadar,
muammoli xarakteridagi mavzularni o’rganishga qaratilgan. Metodning mohiyati
shundan
iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha bir xil axborot
beriladi
va ayni paytda, ularning har biri alohida aspektlarda muhokama etiladi.
Masalan, muammo ijobiy va salbiy tomonlari,
afzallik, fazilat va kamchiliklari,
foyda va zararlari bo’yicha o’rganiladi. Bu interfaol metod tanqidiy, tahliliy, aniq
mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga
hamda tinglovchilarning
mustaqil g’oyalari, fikrlarini yozma va og’zaki shaklda tizimli bayon etish, himoya
qilishga imkoniyat yaratadi. “Xulosalash” metodidan ma’ruza mashg’ulotlarida
individual va juftliklardagi ish shaklida, amaliy va seminar mashg’ulotlarida kichik
guruhlardagi ish shaklida mavzu yuzasidan bilimlarni mustahkamlash, tahlili qilish
va taqqoslash maqsadida foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: