O‘quv uslubiy majmua Jizzax politexnika instituti kengashining 2020 yil 20



Yüklə 414,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/77
tarix19.12.2023
ölçüsü414,5 Kb.
#185442
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77
UMK Lak va boyoq materiallari сканер 1

Yorug'likka chidamlilik

Pigmentlarning yorug'likka chidamliligi deganda , ularning quyosh nuri yoki sun'iy 
yorugʻlik ta'sir etganda o'z rangini saqlab qolish qobiliyati ( ya'ni kuyib va qorayib 
ketmasligi ) tushuniladi . Pigmentning yorugʻlikka chidamliligini aniqlash uchun 
pigmentni moyda suyuqlashtirib hosil qilingan bo'yoq shisha plastinkaga surkaladi 
. Bo'yoq surtilgan joyning 5/6 qismini qog'oz bilan berkitib , plastinka oftobga 
qoʻyiladi . Shundan keyin qog'ozni har kuni bo'yoq surtilgan joyning 1/5 qismiga 


surib , bo'yalgan joy ochib boriladi . Natijada har xil muddatda quyosh nuri 
ta'sirida turgan bo'yalgan sirt hosil bo'ladi . Uning rangiga qarab , pigmentning 
yorug'likka chidamliligi to'g'risida hukm yoritiladi . Pigment ning yorug'likka 
chidamliligini laboratoriyada aniqlashda elektr yoyli lampa yorug'ligidan 
foydalaniladi . 
Bo`yash qobiliyati
. Pigmentning bo'yash qobiliyati deganda
pigment oq pigmentga qo'shilganda unga o'z rangini o'tkazish xossasi tushuniladi . 
Bo'yash qobiliyati qancha katta bo'lsa , kerakli rang hosil qilish uchun shuncha 
kam kerak bo'ladi . Pigmentining bo'yash qobiliyatini aniqlash uchun 10 g pig 
mentini shuncha miqdorda bo'r bilan aralashtirib , 1 : 1 tarkibli namuna hosil qiladi 
. Qalin oq qog'oz ana shu namuna bilan tajriba tariqasida bo'yaladi . So'ngra 10 g 
aralashmaga yana 10 g bo'r qo'shib , 1 : 3 tarkibli yangi namuna tayyorlanadi . 
Boshqa qozonga yoki o'sha qozonning bir chekkasiga keyingi hosil qilingan 
namunadan surkaladi . 1:71 , 1:51 , 1:31 va h.k. tarkibli namunalar ham xuddi shu 
tarzda tayyorlanadi . Hosil qilingan har bir yangi namunadan qog'ozga surkaladi va 
ular taqqoslanadi . Bu sinovlar piqmentning rangi sezilmaydigan darajaga 
kelgunga qadar davom ettiriladi . Intensivligi ( bo'yash qobiliyati ) past pigmentlar 
( masalan , oxra ) ning 1 : 1,5 tarkibli namunasidayoq pigment borligi zo'rg'a 
bilinadi . Boʻyash qobiliyati yuqori bo'lgan pigmentlar ( masalan , lazur ) tusini 1 : 
2017 tarkibli namunagacha saqlaydi . Rangdor qorishmalarni tayyorlash uchun 
bo'yash qobiliyati yuqori bo'lgan pigmentlardan foydalanish kerak , chunki bunday 
qorishmalarda hamisha ohak , tosh kukuni va boshqa moddalar tarzidagi 
oqartiruvchilar mavjud boʻladi . Berkituvchanlik qobiliyati . Pigmentlarning 
berkituvchanligi shisha sirtiga ilgari surtilgan bir - biriga zid bo'yoqlar ( chunonchi 
, oq fondagi qora yoki qizil ranglar ) ni ko'rinmaydigan qilib bo'yash uchun 
ketadigan pigment miqdori bilan xarakterlanadi . Pigmentlarning berkituvchanligi 
1 m² yuzaga sarflanadigan pigmentning grammlaridagi miqdori bilan ifodalanadi . 
Jumladan , oxraning berkitish qobiliyati yuqori ( 65-90 g / m² ) , bo'yash qobiliyati 
esa past bo'ladi , lazurda esa , aksincha . Rangli qorishmalar uchun 
berkituvchanligi yuqori bo'lgan pigmentlarni ishlatish lozim . Ishqorga chidamlilik 
. Rangdor qorishmalarda foy dalaniladigan pigmentlarning ishqorga chidamliligi 
yuqori bo'lishi , ya'ni ishqorlar ta'siriga bardosh bera olishi zarur , chunki 
qorishmalar tarkibida ishqoriy reaksiyaga kirishadigan ohak yoki ba'zi sementlar 
bo'lishi mumkin . Pigmentning ohakka chidamliligi quyidagicha aniqlanadi . Ikkita 
stakan olib , bittasida bo'rli , ikkinchisida ohakli bo'yoq namunasi tayyorlanadi . 
Ikkala stakandagi suyuqliklar ning rangi bir xil boʻlishi lozim . Agar 3-4 kundan 
keyin stakanlardagi suyuqliklarning rangi bir xilligicha saqlansa , lanadi . pigment 
rangdor qorishmalarda ishlash uchun yaroqli hisob Kislotaga chidamlilik . 
Kislolitli aralashmalarga rang berish uchun qo'shiladigan pigmentlar kislotaga , 
ayniqsa , xlorid kislotaga , shuningdek , kislolit tarkibiga kiruvchi moddalarga 
chidamli bo'lishi kerak . Pigmentlarda kislotaning tashkil etuvchilari bilan 
reaksiyaga kirisha oladigan aralashmalar bo'lmasligi lozim . Ohak , gips , har xil 
oltingugurtli oksidlar , anilin zararli aralashmalar hisoblanadi . Kislolitli 
aralashmalarga mo'ljallangan pigmentlarga ana shunday yuqori talablar qoʻyilar 
ekan , ularni ishlatishdan oldin laboratoriyada yaxshilab tekshirish zarur . 

Yüklə 414,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin