II. Bahs-munozara uchun muammoli savollar taqdim etish.
1. Nima sababdan avvalgi ona tili darsliklarida birinchi bo’lib Ot so’z turkumi o’rganilar edi-yu, hozir fe’l turkumi o’tilmoqda?
2. Nima uchun olmosh so’z turkumi eng oxiri 7-sinfda o’rganilmoqda?
3. 6-sinf Ona tili darsligida so’z tarkibini qanday tarzda o’rganish tavsiya etilgan? Umuman, asos va qo’shimchalar, ularning tasnifi bo’yitcha institutda olgan bilimlaringizdan qanday farqlanadi?
4. 6-sinf Ona tili darsligida sifatdosh va ravishdosh mavzulariga ko’p o’rin ajratilgan. Buning sababi nimada deb o’ylaysiz?
5. Eng qiyin mavzulardan hisoblangan ko’makchi fe’llar va ularni o’quvchilarga tushuntirish yo’llari haqida fikr bildiring.
6. 6-sinf Ona tili darsligida sifatlarning daraja shaklida (avvalgi darsliklarga nisbatan) o’zgarishlar bor. SHular haqida ma’lumot bering.
7. 7-sinf Ona tili darsligida Ismlar atamasi ko’p tilga olinadi. Xo’sh, ismlar atamasi ostida birlashuvchi so’zlarga qaysilar kiradi?
8. Ismlarning munosabat shakllari va lug’aviy shakllariga qaysilar kiradi, hamda mazkur mavzularni o’qituvchi sifatida siz o’quvchilarga qaysi usulda tushuntira olgan bo’lardingiz? Aniq misollar bilan ayting.
26-amaliy mashg’ulot: Morfologiya o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish
I. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar berish.
1. Morfologiya sathi, asosan, qaysi sinf ona tili darsliklarida aks etgan?
2. 6-sinf ona tili darsligida morfologiya bo’limining qaysi bo’limlari aks etgan?
3. 7-sinf ona tili darsligida-chi?
4. 7-sinf ona tili darsligida “So’zlarning munosabat shakllari” mavzui bor. Unda nimalar, qanday bilimlar o’rganiladi?
Tilshunoslikning morfologiya sathi, asosan, 6-, 7-sinf ona tili darsliklarida berilgan.
2. 6-sinf ona tili darsligida, asosan, morfologiyaning tarkibiy qismlari bo’lgan so’z tarkibi, asos va qo’shimchalar, so’z turkumlari – fe’l, ot, sifat, son, ravishlar berilgan.
3. 7-sinf ona tili darsligida esa olmosh so’z turkumi, so’zlarning munosabat shakllari, yordamchi so’z turkumlari, undov so’zlar, taqlid so’zlar, modal so’zlar, tasdiq va inkor so’zlar o’rganiladi.
4. So’zlarning munosabat shakllari deganda ism asoslariga qo’shilib, ularni boshqa so’zlarga bog’lab kelish va gap bo’laklarini shakllantirishga xizmat qiluvchi egalik, kelishik, -man, -san, -dir qo’shimchalari tushuniladi. Ismlarning ko’plik, kichraytirish-erkalash, qiyoslash ma’nolarini bildiruvchi qo’shimchalarga ega bo’lgan shakli esa lug’aviy shakl sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |