28-amaliy mashg’ulot: Nutq uslublari ustida ishlash yo’llari
I. Mavzu yuzasidan savollar.
1. Til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotida qanday o’rin tutadi?
2. til va madaniyat tushunchalari o’rtasidagi bog’liqlikni tushuntiring.
3. “Til robitai vositai olamiyondur” (A.O’tar) jumlasini izohlang.
4. bilim egallashda til qanday vazifani bajaradi?
5. Fikrlash va so’zlash o’rtasidagi bog’liqlik va farqni tushuntiring.
II. Aqliy hujum uchun savollar (o’quvchilarni nutq uslublari bo’yicha savollar tuzishga o’rgatish)
"Nutq madaniyati" deganda nimani tushunasiz?
Nutqiy madaniyatni shakllantiruvchi omillar qaysilar?
Nutq madaniyatida me’yorning o’rni qanday?
"Yozing va sharhlang". Nutq odobi haqidagi she’riy misralarni ko’chirib yozish va sharhlash. (o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda topshiriqlar tayyorlashga o’rganish)
So’zni ko’p so’zlamay, sizlab ayt, oz-oz,
Tuman so’z tugunin shu bir so’zda yoz. (Yusuf Xos Hojib)
Kishi so’z tufayli bo’ladi malik,
Ortiq so’z bu boshni etadi egik. (Yusuf Xos Hojib)
O’chukturma erni tilin, bosh bu til,
Bashaqtursa, butmas, butar o’k, boshi. (Ahmad Yugnakiy)
Kim o’z dedi nuqta ayshu kom o’ldi anga,
So’z qoidasida intizom o’ldi anga. (Alisher Navoiy)
Bor so’zni so’z sanab tebranmasin til,
Ko’rib, o’ylab so’zla, keragini bil. (So’fi Olloyor)
IV.Darsliklarda berilgan matnlardan nutq uslublariga doir mashqlarni topish va izohlash.
Matnli topshiriqlar;
Rasmli topshiriqlar;
Rasmiy uslubga oid topshiriqlar...
LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI
1-laboratoriya mashg’uloti: 5-sinfda o’quvchilar so’z boyligini oshirishga qaratilgan o’yin texnologiyalaridan foydalanish
I. Fonetika bo’limini o’qitishda didaktik o’yinlardan foydalanish
Dostları ilə paylaş: |