O’quv uslubiy majmua


Maktabgacha ta’lim pedagogikasi -



Yüklə 2,49 Mb.
səhifə15/194
tarix22.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#189806
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   194
portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

Maktabgacha ta’lim pedagogikasi - maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash muammolari bilan shug‘ullanadi;

  • Maktab pedagogikasi - maktab yoshdagi o‘quvchilarni tarbiyalash va o‘qitish haqida bahs yuritadi

  • Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi

  • Oliy ta’lim pedagogikasi - talabalarga kasbiy ta’lim va tarbiya berish muammolari bilan shug‘ullanadi

  • Harbiy pedagogika

  • Pedagogika tarixi

  • Fanlarni o‘qitish metodikasi

  • Oila pedagogikasi

  • Maxsus pedagogika.

    Pedagogika faqat sog‘lom o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasi bilangina emas, balki kamolotda qusuri bor bolalar ta’lim-tarbiyasini ham o‘rganadi. Bunday tarmoqlarni maxsus pedagogika deb yuritiladi.

    1. Maxsus pedagogika tuzilishiga: oligofreno-pedagogika (aqliy jihatdan orqada qolgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish); “tiflo-pedagogika” (ko‘r bolalarni tarbiyalash); surdo-pedagogika (kar-soqov bolalarni tarbiyalash)da gogopediya kabi fanlar kiradi.

    Nazorat savollar:
    1. Pedagogika qanday fanlar bilan yaqin aloqada rivojlanadi?
    2. Falsafa – pedagogikaning metodologik asosi ekanligini izohlab bering.
    3. Pedagogika fani tarmoqlariga nimalar kiradi?
    4. Maktab o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berish bilan shug‘ullanuvchi pedagogika haqida tushuncha bering.
    5. Oligofreno pedagogikasi qanday qusuri bo‘lgan o‘quvchilar ta’lim – tarbiyasi bilan shug‘ullanadi?
    6. Pedagogika fanlari tizimining yoshlarga ta’lim-tarbiya berishdagi ahamiyatini tavsiflang.
    7. Pedagogika qanday fanlar bilan bog‘langan? Javobingizni izohlang.
    8. Pedagogika fani tarmoqlariga nimalar kiradi?
    4-savol bayoni.
    Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo‘lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ko‘rsatilgan fanlar pedagogik bilimlar rivojida qanday o‘rin tutadi?
    1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g‘oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.

    Yüklə 2,49 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   194




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin