O’quv uslubiy majmua



Yüklə 2,49 Mb.
səhifə50/194
tarix22.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#189806
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   194
portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

Nazorat qilish vazifasi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash va baholashdan iborat. Bu o‘quv materiallarini o‘rganishning keyingi bosqichiga o‘tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi hamda o‘qituvchining o‘quv metodlarini va usullarini to‘g‘ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish vazifasi o‘quv materiallarini o‘rganishning maqbul yo‘llarini topish bilan bog‘liqdir.
O‘qitish vazifasi o‘quvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko‘rinadi. Yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida yoki uy vazifalarini tekshirishda o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo‘lgan ma’lumotlarni bilib olishlariga imkon tug‘iladi. Chunki guruhdagi boshqa o‘quvchilar javob bera yotgan o‘quvchining fikrlarini diqqat bilan tinglashadi va avval egallangan bilimlarni mustahkamlab, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitishadi. O‘rtoqlarining javoblariga qo‘shimcha qilishga yoki yechilmay qolgan savollarga javob berishga shaylanish orqali o‘rganilgan mavzuni aniqlashtirishga harakat qiladi.
Nazoratning tarbiyalash vazifasi shundan iboratki, o‘quvchilar tekshirishga tayyor bo‘lish uchun darslarni o‘z vaqtida tayyorlaydilar, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o‘rganadilar.
Shuningdek, tekshirish va baholash o‘quvchining o‘z bilimlari va qobiliyatlarini o‘zi mustaqil aniqlashiga ham yordam beradi. O‘zidagi kamchiliklarni ko‘ra olishga va uni tugatish yo‘llarini izlashga ko‘maklashadi. Lekin o‘quvchining bilimini baholashda o‘qituvchi nohaqlikka yo‘l qo‘ysa, o‘quvchi bilan o‘qituvchi o‘rtasida ziddiyat kelib chiqadi. Uy vazifalarining esa haddan ziyod ko‘p bo‘lishi ham o‘quvchilarning yuzaki dars tayyorlashiga olib keladi.
Eng asosiysi, o‘zlashtirishni hisobga olish, shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirish, yaxshi o‘qishga xohish uyg‘otish, o‘quv ishlariga vijdonan yondashish, javob berishga tayyorlanishda mustaqil bo‘lish hamda bilish faoliyatini chuqurlashtirishga qaratilmog‘i lozim. Agar nazoratning o‘qitish va tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri amalga oshirilsa, shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, xis-tuyg‘ulari va axloqiy sifatlarini tarbiyalashga imkon tug‘iladi. Bu esa o‘z-o‘zidan nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi sanaladi.
Nazorat savollari:

  1. Nazorat tekshirishdan tashqari o‘z ichiga qanday tushunchalarni oladi? Ular haqida ma’lumot bering.

  2. O‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalarini hisobga olishda nimalarga ye ‘tibor berish lozim ?

  3. Ta’lim jarayonida nazorat qilish va hisobga olishning vazifalari nimalardan iborat?

  4. Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillariga ta’rif bering?


Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin