O’quv uslubiy majmua



Yüklə 2,49 Mb.
səhifə58/194
tarix22.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#189806
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   194
portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

Mehnat tarbiyasi – bu tarbiyaning oldida turgan asosiy vazifa o‘quvchilarga mehnat ta’limiga oid ilmiy bilimlar berish, mehnat qurollari bilan muomala qilishga o‘rgatib borish, hayotga, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlashdir.
Mehnat va mehnat tarbiyasi inson kamolotining asosi, hayot manbai, umr mazmuni hisoblanadi. Mehnat tarbiyasidan ko‘zlangan maqsad avvalo mehnatning mohiyatiga, mazmuniga, tEran nigoh tashlamoq, muayyan xulosa chiqarmoqdan iborat. Mehnat qilayotgan kishi o‘zi bajarayotgan ishning natijalarini ko‘rsa, his qilsa, o‘sha natijalardan ayniqsa, rohatlansagina mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Mehnat jarayonida kishilarda do‘stlik, birodarlik, jamoa bo‘lib ishlash madaniyati, barcha tarbiyaviy sifatlar shakllanadi. Eng muhimi, mehnat muhtojlikdan, bekorchilikdan, yurak siqilishidan, axloqiy buzilishidan saqlaydi. Mehnat orqali inson o‘zini, o‘z qadrini biladi, uni yel-yurt ulug‘laydi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh vazifalaridan biri ham yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash, ularni aniq bir kasb-hunar egasi qilib tarbiyalashdir.
Estetik tarbiya – o‘quvchilarda san’atga, tabiatga, hayotga nisbatan estetik munosabatlarini shakllantirishdan iboratdir. Estetika lotincha «Esteticos» – his yetaman degan ma’noni bildiradi. Aqliy, axloqiy, mehnat, jismoniy va boshqa tarbiyalarni estetik his-tuyg‘usiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Estetik tarbiyaning maqsadi o‘quvchilarni tabiat, jamiyat va san’atdagi go‘zalliklarini idrok etish, uni to‘g‘ri tushunib etish, qadriga etishga, hayotga qayta go‘zallik olib kira olishga o‘rgatishdan iboratdir. Maktabda tasviriy san’at, musiqa, adabiyot, tabiatshunoslik darslari estetik tarbiyaning asosiy vositalari hisoblanadi.
Biz nafaqat narsa va hodisalar, balki insonning hulq-atvori, fazilatlarini ham estetik jihatdan baholashimiz mumkin. U insoniy go‘zallik, aql, burch, iymon, insof, kamtarlik, latofat, lafz, mehmondo‘stlik, mehr, muloyimlik, poklik, yaxshilik va hokazo sifatlarni o‘zida namoyon qiladi.
Estetik tarbiya go‘zallikdan zavqlalanishga, xunuklikdan nafratlanishiga, kulgilikdan kulishga, fojealikdan istirobga tushishga o‘rgatadi. Bu holatlarni kishi hayot va san’at voqeliklarda uchratish mumkin.

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin