Nazorat savollar Tarbiyaning maqsadi nimadan iborat?
Shaxsan Siz tarbiyaning vazifalarini qanday tushunasiz?
Tarbiyaning turlarini tasvirlab bering.
Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
3-savol bayoni
Davlatimizning mustaqillikka yerishuvi ta’lim va tarbiyaning milliy shakllarini rivojlantirishga keng imkoniyatlar ochib berdi. Tarbiya - ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari, ehtiyojlarini nazarda tutgan holda. o‘qituvchilarning o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro amaliy va nazariy muloqotidir.
Tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi.
Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi, maktabshunoslik bilan uzviy bog‘langandir. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatni sekin asta ko‘nikmaga aylantirib borishni takazo etadi. Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib, komillikka yerishib boradi.
Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchiga oddiy ta’sir ko‘rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir- biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi ekanligi alohida ta’kidlanadi.
Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g‘oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik hislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch quvvatlari mustahkamlanadi.
Ijtimoiy ehtiyojlar tarbiya jarayonining xarakteri, uning vazifalari, mazmuni, usullari va vositalarini qonuniy ravishda aniqlab beradi. Pedagogika fanidagi qonun va qonuniyatlar ijtimoiy qonuniyatlarga to‘la mos bo‘ladi. Chunki, ijtimoiy qonuniyatlar jamiyatning taraqqiyotini, unda insonning tutgan o‘rnini, qanday faoliyat bilan shug‘ullanishini, yashashdan aniq maqsad bo‘lish kerakligini belgilaydi.
Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo‘lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo‘ladigan ichki hodisa va munosabatlarni aks yettiradi.
Qonuniyat - barqaror, zaruriy, u yoki bu hodisalar va jarayonlar o‘rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa. Tarbiyaning asosiy qonuniyatlaridan quyidagilarni olishimiz mumkin:
-Tarbiyaning ijtimoiy ehtiyojlariga bo‘linishi natijalarga olib keladi.
Tarbiyaning mazmuni, tashkil etilishi, usullari va ularga qo‘yiladigan tadablar shu qoidalarda o‘z ifodasini topadi.