O’quv uslubiy majmua


Tarbiyada o‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish prinsipi



Yüklə 2,49 Mb.
səhifə63/194
tarix22.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#189806
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   194
portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

Tarbiyada o‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish prinsipi: Tarbiya murakkab jarayon bo‘lib, pedagog bu jarayonda har bir o‘quvchining nafaqat yoshi, balki uning shaxsiy xususiyatlariga ham e’tibor qaratish joiz. Bu borada pedagog o‘quvchini tarbiya jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi kerak. Pedagogdan o‘quvchi bilan muloqatga kirishishdan oldin uning biologik, fiziologik, psixik rivojlanish xususiyatlarini o‘rganishni talab qiladi.
Bola shaxsini hurmat qilish va talabchanlik prinsipi: Bola shaxsi hurmat qilinsagina u pedagogik ta’sir o‘tkazishga ochiq va moyil bo‘ladi. O‘qituvchini o‘ziga qabul qiladi. O‘qituvchiga nisbatan mehr uyg‘onadi. Undagi bor yaxshi fazilatlarni o‘zlashtiradi va bilim olish samarasi oshadi. Natijada komil inson bo‘lib tarbiyalanadi. Bu borada pedagog o‘quvchini hurmat qilibgina qolmay talabchan bo‘lishi ham lozim. Talabchanlik o‘quvchilarda tartiblilik, o‘z ishini rejalashtira olish, umumiy vazifa ichidan o‘ziga tegishlisini ajratib olish, mas’uliyatlilik, har ishning me’yorini bilish, ko‘zlagan maqsadga erishish uchun kurasha olish kabi xususiyatlarni shakllantiradi.
Mustaqillik, havaskorlik va tashabbuskorlikni o‘stirish prinsipi: O‘quvchilarda yoshlikdan mustaqil fikrlash, mustaqil faoliyat ko‘rsata olishni shakllantirish lozim. Shunga ko‘ra har bir o‘quvchining qiziqishi va intilishini qo‘llab- quvvatlash lozim, ularni o‘zlari qiziqqan kasb- hunarni egallashlariga to‘g‘ri yo‘naltirish lozim. «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da bu xaqda batafsil bayon qilingan. Jumladan, «Kamolot», «Umid» singari jamg‘armalar yoshlarda tashabbus-korlik, havaskorlik mustaqillik kabi hislatlarni rag‘batlantirishda, qo‘llab- quvvatlashda, o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Nazorat savollar:

  1. Tarbiya mazmuni, maqsadi, usullari va shakllarining bog‘liqligi qonuniyatini og‘zaki sharhlab bering.

  2. Turli sinf o‘quvchilaridan bir qancha yoshlarning shaxsiy xususiyatlarini tarbiya qonuniyatlariga qanday darajada amal qilinganligini tahlil qiling.

  3. Tarbiya qonuniyatlari bilan prinsiplari orasidagi bog‘lanishni izohlang.

  4. Tarbiya qonuniyatlariga amal qilmasdan yashagan kishilarni bilasizmi? Ularning turmush tarzi, jamoatchilik orasidagi o‘rni haqida misollar keltiring.


Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin