Nazorat savollar Nafosat tarbiyasining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat ekanligi haqida so‘zlab bering.
Nafosat tarbiyasining vositalarini ko‘rsating.
Go‘zallik va xunuklik tushunchalarining mohiyatini izohlang.
4-savol bayoni. Estetik tarbiya vositalari. Nafosat tarbiyasining vositalari o‘quvchilarning go‘zallikni sevish ruhida tarbiyalash maqsadida tevarak-atrofdan tanlab olingan turmush, tabiat, san’at go‘zalligi va bolalarning badiiy faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonda qo‘llaniluvchi omillar sanaladi.
Estetik vositalar xilma xildir. Tabiat mehnat, insoniy munosabatlar, san’at estetik tarbiya vositasidir. Tabiat estetik tarbiyaning muhim manbaidir. K.D.Ushinskiy tabiatni yosh avlod estetik tuyg‘ularining rivojlanishiga chuqur ta’sir ko‘rsatadigan ajoyib tarbiyachidir, degan edi. Sayohat, sayr, yurish, tabiatga bag‘ishlangan san’at asarlarini o‘rganish mazkur yo‘nalishdagi an’anaviy ishdir. Biroq tabiat ichida bo‘lishning o‘zi yetarli emas. Tabiatdagi go‘zallikni ko‘ra bilish, his etish lozim. Bunday qobiliyat asta-sekin rivojlanib boradi. Sayr, ekskursiya hamda maktab uchastkasida ishlash paytida tarbiyachilar e’tiborini tabiat boyliklariga, uning shaklidagi mukammalliklarga qaratishi, bolalarga nafosat, tabiatni sevish ehtiyojigina bo‘lmay, shuningdek, uni yehtiyotlashdan ham iboratligini tushuntirib borishi lozim.
Oila go‘zallikning birinchi maktabidir. Oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari, uy-jihozlari, ularning yagona birligi, uyg‘unligi, tartibli joylashtirilishi, saranjom-sarishtalik, maktabning bezatilishi, maktabdagi yodgorlik va a’lochilar burchagi kabilarning barchasi bevosita bolalarda go‘zallikni tarbiyalashda katta ta’sir ko‘rsatadi.
Turmush go‘zalligining asosini tozalik va tartiblilik tashkil etadi. Sinfxonalarida tozalik saqlanishi, tabiat burchagining tashkil etilishi, o‘quvchilar ijodiy ishlari ko‘rgazmasi, a’lochilar taxtasi tizimining yangilatib turish ham muhim ahamiyatga ega.
Badiiy adabiyot nafosat tarbiyasida cheksiz imkoniyatlarga ega. U o‘quvchilarga hayotni chuqurroq anglashni o‘rgatadi. O‘quvchilarga o‘zbek va chet yel adabiyoti haqida ko‘proq ma’lumot beriladi. O‘quvchilar she’rlar, hikoyalar, xalq og‘zaki ijodi namunalari – maqol, matal, ertak, doston, qo‘shiq, qissa va romanlarni qanchalik ko‘p o‘qisa ularda go‘zallikka bo‘lgan intilish shunchalik kuchli bo‘ladi. Shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodiy faoliyati, asarlari bilan tanishish tahlil qilish o‘quvchilarning bilim doirasini kengaytiradi, his-tuyg‘ulari va til boyligin takomillashtiradi.
Adabiyot darslari o‘quvchilarda go‘zallikni idrok etishni ta’minlaydi. O‘quvchilar nasriy asarlar, she’rlardan parchalar yod oladilar, buning natijasida o‘quvchilarning badiiy nutq madaniyati ham shakllanadi. O‘quvchilarni mumtoz adabiyotimiz vakillari – Alisher Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab, Muqimiy, Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat, Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek, Abdulla Qahhor, G‘ofur G‘ulom, Zulfiya, Maqsud Shayxzoda, zamondosh adiblar – Primqul Qodirov, Odil Yoqubov, Xudoyberdi To‘xtaboev, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf, Shavkat Rahmon, Mahmud Toir asarlari, shuningdek, jahon adabiyotining noyob namunalari bilan tanishishlari ularning har tomonlama yetuk bo‘lib o‘sishlariga yordam beradi.
Bundan tashqari o‘quvchilar bastakor – Yunus Rajabiy, Muhammadjon Mirzaev, Doni Zokirov, Dilorom Omonullaeva, rassomlar – Kamoliddin Behzod, O‘rol Tansiqboev, Rahim Ahmedov, Chingiz Axmarov, Malik Nabiev, Ortiqali Qozoqovlar tomonidan san’at assarlari bilan tanishib borsalar ularning nafosat ongi yanada boyiydi.
Olam va inson go‘zalligi, mardlik, jasorat, yuksak insoniy g‘oyalarni o‘zida aks yettirgan san’at asarlari insonlarni go‘zallikni his qilish, ularga intilib yashashga undab kelgan. G‘oyaviy saviyasiz asarlar o‘quvchilar ongini sayozlashtiradi, ularni chinakam go‘zallikdan chalg‘itadi, go‘zallikni sevishga bo‘lgan intilishlarini susaytiradi, didini pastaytiradi.
O‘quvchilarning go‘zallik bilan bevosita muloqotda bo‘lishlari ularga ko‘proq hissiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham o‘qituvchi, tarbiyachilar tarbiyaviy ishlarni tashkil etish jarayonida o‘quvchilarni badiiy jihatdan yuksak bo‘lgan asarlar va tabiat manzaralari bilan tanishtirishga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Tasviriy san’at, haykaltaraoshlik va me’moriy asarlar namunalari bilan o‘quvchilarni tanishtirish ularda simmetriya, mutanosiblik, chiziqlar, rang va kolorit uyg‘unligini idrok etish tuyg‘ulariga ega bo‘lishlarini ta’minlashga xizmat qiladi. O‘quvchilar e’tiboriga yezgu g‘oyalarni tarannum etuvchi musiqiy asarlarning havola etilishi, ulardan olinayotgan taassurotlar bilan o‘rtoqlashish ularda musiqiy ohang, ritya, tovushlarning ifodaviyligi va sur’atini his etish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Adabiy asarlar esa o‘quvchilarning nutq boyligi oshirish, fikrlash qobiliyatini o‘stirish, shaxsiy qarashlarini Erkin bayon etishga imkon beradi.