O’quv uslubiy majmua



Yüklə 2,49 Mb.
səhifə94/194
tarix22.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#189806
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   194
portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

Nazorat savollar

  1. Go‘zallik va xunuklik tushunchalarining mohiyatini izohlang.

  2. Badiiy jihatdan saviyasi past asarlarni qanday aniqlash mumkin?

  3. Sizga manzur bo‘lgan she’rlardan namunalar aytib bering.

  4. O‘zbek rassomlaridan kimlarni bilasiz?

5-savol bayoni.
Jismoniy tarbiya mazmuni. Yoshlarni sog‘lom bo‘lib voyaga etishlarini ta’minlash masalasi xalq pedagogikasi, og‘zaki ijodi hamda mutafakkirlar asarlarining bosh g‘oyalaridan biri bo‘lib kelgan.

Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiyani tashkil etishda muayyan vazifalar hal qilinadi. Ya’ni:




“Alpomish” dostonida Hakimbek (Alpomish)ning jismoniy mashq qilishi, tabiat qo‘ynida voyaga yetganligi, uning alpligi quyidagicha tasvirlanadi: “Alpinboyning bobosidan qolgan o‘n to‘rt botmon birinchdan bo‘lgan parli yoyi bor edi. Shunda yetti yashar bola Hakimbek shul o‘n to‘rt botmon yoyni qo‘lga ushlab ko‘tarib tortdi, tortib qo‘yib yubordi. Yoyning o‘qi yashinday bo‘lib ketdi. Asqar tog‘ining katta cho‘qqilarini yulib ketdi, ovozasi olamga yoyildi. Shunda barcha xaloyiq yig‘ilib kelib aytdi: “Dunyoda bir kam to‘qson alp o‘tdi, alplarning boshlig‘i Rustami doston, oxiri bu Alpomish alp bo‘lsin”.


Abu Ali ibn Sino ham insonga xos bo‘lgan ijobiy fazilatlaridan sanab o‘tar ekan, quyidagilarga alohida urg‘u beradi: 1. Jasurlik – biror ishni bajarishda kishining jasurligi, chidamliligi, inson boshiga tushgan yomonlikni to‘xtatib turuvchi quvvat. 2. Aqllilik – biror ishni bajarishda shoshma-shosharlik qilishdan saqlovchi quvvat. 3. Ziyraklik – sezgi bergan narsalarning haqiqiy ma’nosini tezlik bilan tushuntirishga yordam beruvchi quvvat.
Alisher Naoiy “Farhod va Shirin” dostonida Farhodning jismoniy qobiliyatlarini alohida ko‘rsatib o‘tadi. Dostonda ta’riflanishicha, Farhod aqliy kamolotga erishish bilangina cheklanib qolmay, jismoniy va harbiy mashqlar yordamida chiniqadi. Suvda suzish, chavandozlik, qilichbozlik va boshqalar uning kundalik mashg‘ulotiga aylangan. Mutafakkirning fikriga ko‘ra, Farhod 10 nafar 20 yoshli yigitning quvvatiga ega bo‘lgan.
Abdulla Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq va ilm-ma’rifatga ega bo‘lmoq uchun badantarbiya bilan shug‘ullanishi zarur: “Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadir. Chunku o‘qimoq, o‘qitmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz vujud lozim. Sog‘ badanga ega bo‘lmagan insonlar amallarida, ishlarida kamchilikka yo‘l qo‘yurlar. ... Badan tarbiyasini fikr tarbiyasiga ham yordami bordur. Jism ila ruh ikkisi bir choponning o‘ng ila tersi kabidur. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponni ustini qo‘yib asatrini yuvib ovora bo‘lmak kabidirki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun mehnat va sog‘lom bir vujud kerakdur”.
Jismoniy tarbiya kishilarga kuchli ta’sir ko‘rsatib, salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko‘rishga yordam beradi. Sport har qanday yoshda ham qaddi-qomatni tarbiya qilish kuch-quvvatini saqlab turishning ajoyib vositasidir. Sport dam olish bilan mehnatni almashtirib turish manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida sport, shu jumladan, bolalar sportini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo‘nalish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ye’tirof yetilib, ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi, yoshlarni jismoniy tarbiyalashning kopleks dasturi ishlab chiqildi. “Sog‘lom avlod dasturi” yoshlarning salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
Mazkur dastur talablariga muvofiq respublika miqyosida quyidagi uch bosqichli sport musobaqalarining o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi:
1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilar o‘rtasidagi “Umid nihollari” bellashuvi.
2. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari o‘rtasidagi “Barkamol avlod” bellashuvi.
3. Oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasidagi “Universiada” bellashuvi.
Shuningdek, sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha joylarda ommaviy sport bayramlari, musobaqalarning tashkil etilishi ommaviy tus oldi.
Yangi turdagi o‘quv muassasalarda ham o‘quvchilar o‘rtasida jismoniy tarbiyani samarali tashkil etilishiga e’tibor qaratilmoqda. Jismoniy tarbiya mazmuni o‘quvchilarning harbiy chaqiriqqacha tayyorgarligiga erishish bilan uzviy bog‘liqdir.
Bugungi kunda yoshlar o‘rtasida sportning futbol, shaxmat, suvda suzish, tennis, boks, karate, ushu va takvando kabi turlari tobora ommalashib bormoqda. Respublikada sportning ommalashuvi turli yo‘nalishlarda xalqaro maydonlarda mamlakat sharafini himoya qiluvchi sportchilar sonining o‘sishiga imkon berdi. Bugungi kunda sportchilarimiz orasida olimpiada chempionlari etishib chiqmoqda. O‘quvchilarga olimpiada sovrindorlari hamda xalqaro musobaqalarning g‘oliblari bo‘lgan M.Abdullaev, L.Cheryazova, A.Grigoryan, R.Chagaev, B.Sultonov, O‘.Haydarov, A.Doktorashvili, A.Taymazovlar haqida hikoya qilib berish, ularning ishlarini davom yettirishga rag‘batlantirish samarali natijalarni beradi.
O‘quvchilarning jismoniy madaniyatga ega bo‘lishlari jismoniy tarbiya samaradorligini belgilovchi muhim omil sanaladi. Shuningdek, jismoniy madaniyat inson va jamiyat umumiy madaniyatining ham ajralmas qismidir.



Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin