O’quv uslubiy majmua



Yüklə 2,49 Mb.
səhifə100/194
tarix22.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#189806
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   194
portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

Nazorat savollar

  1. Ta’lim muassasasida ichki boshqaruvning vazifalarini ko‘rsating.

  2. Pedagogik Kengashning vazifalari nimalardan iborat?

  3. Direktor va uning o‘rinbosarlari vazifalarini ayting.

  4. Ta’lim muassasasida metodik ishlar qay tarzda amalga oshiriladi?

  5. Metodik Kengash va metodik birlashmalarning faoliyati haqida gapirib bering.

5-savol bayoni.
Ta’lim muassasasida metodik ishlar, pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish, yosh o‘qituvchilar bilan ishlash. Ta’lim jarayonining sifati har jihatdan o‘qituvchilarning g‘oyaviy-nazariy jihatdan tayyorgarligi, pedagogik va metodik mahorati darajasiga bog‘liqdir. Ana shu maqsadda ta’lim muassasasida metodik Kengash va fan metodik birlashmalari ish olib boradi. Metodik Kengash ta’lim muassasasida ta’lim jarayonining sifatini ta’minlash, o‘qituvchilarning g‘oyaviy-nazariy jihatdan tayyorgarligi hamda pedagogik va metodik mahoratlarini takomillashtirilib borishiga nazariy-metodik jihatdan rahbarlik qiluvchi organdir.
Metodik Kengashning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» talablarini ro‘yobga chiqarish maqsadida ta’lim muassasasida ta’lim jarayonini metodik ta’minlash va muvofiqlashtirish hamda pedagogik kadrlarning metodik jihatdan bilimlarini oshirib borishga qaratiladi.
Metodik Kengashning faoliyat doirasi keng bo‘lib, u tomonidan quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

  • ta’lim jarayonining metodik ta’minot holatini o‘rganadi, ta’lim muassasasi metodik ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi;

  • ta’lim muassasasida olib borilayotgan metodik ishlarning istiqbolini aniqlaydi;

  • yo‘nalish va fanlar bo‘yicha metodika birlashmalariga umumiy rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;

  • ta’limga doir me’yoriy va metodik hujjatlarni o‘rganadi, ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish usullari yuzasidan tavsiyalar beradi;

  • ta’lim muassasasi o‘quv-metodik ishlariga ekspert sifatida baho berishni amalga oshiradi;

  • o‘qituvchilarning g‘oyaviy-nazariy bilim darajasini oshiradi, ularni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan muntazam tanishtirib boradi;

  • o‘qituvchilarga ish rejalarining tuzilishi va bo‘limlari mazmuni bo‘yicha tavsiyalar beradi;

  • ta’lim muassasasi ta’lim jarayonida qo‘llash uchun ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqadi va ularning amaliyotga joriy etilishini nazorat qilib boradi;

  • o‘qituvchilarning pedagogik va metodik mahoratini oshirishga doir ishlarni amalga oshiradi;

  • davlat ta’lim standartlari talablari, o‘quv rejasi va dasturlarining bajarilish holatini tahlil qiladi va tegishli tadbirlarni belgilaydi;

  • tashqi va ichki nazorat natijalariga Davlat ta’lim standarti talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;

  • o‘quv jarayoniga o‘qitish metodikasining zamonaviy va samarali usullarini olib kirish, pedagogik kadrlarni metodik jihatdan bilimlarini oshirish maqsadida o‘quv seminarlarini tashkil qilish;

  • ta’lim jarayonida milliy mafkura va yoshlarda siyosiy ongni shakllantirishga doir ko‘rsatmalar berib borish;

  • o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va ularning mustaqil ishlarini tashkil qilishga doir ko‘rsatmalar berish;

  • yo‘nalish va fanlar bo‘yicha metodika birlashmalari hisobotini eshitish, muhokama qilish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish;

  • o‘qituvchilarning samarali mehnatlarini inobatga olgan holda ma’naviy va moddiy rag‘batlantirishga tavsiya qilish;

  • pedagogik xodimlarning attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha materiallarni tayyorlash;

  • ta’lim muassasasi miqyosida fan oyliklari (haftaliklari), fanlar bo‘yicha darsdan tashqari (fakultativ, to‘garak) ishlari, fan olimpiadalarining 1-bosqichlari, ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishi va ularning samarasini nazorat qilib borish.

Ta’lim muassasasida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar turkumlari bo‘yicha Metodika birlashmalari faoliyat ko‘rsatadi. Metodika birlashmalarining maqsadi o‘qituvchilarning metodik va kasbiy mahoratlarini takomillashtirish, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishga qo‘yilgan hozirgi zamon talablarining bajarilishini ta’minlash borasida o‘zaro yordamni tashkil etish, ijodiy tashabbuslarni uyg‘unlashtirish va ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Metodika birlashmalari o‘zida Metodika Kengashining vazifalarini aks ettiradi. Shu bilan birga Metodika birlashmalari quyidagi vazifalarni ham amalga oshiradi:

  • fanlar bo‘yicha taqvimiy mavzuiy rejalarni tasdiqlashga tavsiya etish;

  • oraliq va yakuniy nazoratlar uchun o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan sinov materiallarini tasdiqlash;

  • ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganishni tashkil qilish va ommalashtirish;

  • tegishli yo‘nalish yoki fan bo‘yicha ta’lim muassasasida metodik ta’minotga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;

  • darslarni o‘zaro kuzatishlarni tashkil qilish, natijalarni tahlil etish va mutaxassislarga amaliy yordam berish;

  • ta’lim metodlarini o‘rganish maqsadida ochiq darslarni tashkil etish, ilg‘or pedagogik tajribalarga doir takliflarni o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirish;

  • yosh mutaxassislarga metodik yordam berish;

  • ko‘rgazma va ko‘rsatmali vositalardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalarni berish;

  • fan xonalarining me’yoriy hujjatlar talablari asosida jihozlanishini tashkil etish.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Metodika birlashmalari boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitta, V-XI sinflarda esa o‘quv rejasidagi alohida fanlar bo‘yicha tashkil etiladi. Agar u yoki bu fan bo‘yicha o‘qituvchilar soni uch nafardan kam bo‘lsa, u holda fan o‘qituvchilari shu turkumdagi fan o‘qituvchilari bilan birgalikda bitta Metodika birlashmasiga birlashadilar, Akademik litseylarda ham Metodika birlashmalari xuddi shu tarzda tashkil qilinadi. Kasb-hunar kollejlarida esa kafedralarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha Metodika birlashmalari tuziladi.
Metodika birlashmasiga ta’lim muassasasi Aedagogika Kengashi qaroriga asosan ijodkor va tajribali o‘qituvchilardan ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan rahbar tayinlanadi.

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin