O’quv uslubiy majmua



Yüklə 2,49 Mb.
səhifə101/194
tarix22.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#189806
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   194
portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

Nazorat savollar

  1. Metodik Kengash va metodik birlashmalarning faoliyati haqida gapirib bering.

  2. Pedagog kadrlar malakasini oshirishdan maqsad nima? U qanday amalga oshiriladi?

  3. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish mahsadini bayon eting.

  4. Yosh o‘qituvchilar bilan olib boriladigan metodik ishlar nimalardan iborat bo‘lishi zarur?

Asosiy adabiyotlar
1. Pedagogika. // M.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. – T.: O‘zbekiston Faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.
2. Ibragimov X.I.., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariyasi. - T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008.
3. Yuzlikayeva Ye., Axmedova M., Qurbonova G., Sh.Tashmetova. Umumiy pedagogika. – T.: TDPU, 2012.
4. Yuzlikaeva E., Madyarova S., Yanbarisova E., I.Morxova. Teoriya i praktika obщey pedagogiki. – T.: TGPU, 2014.
Principles of Learning and Teaching. Yeffective pedagogy. P – 12.
5. Leadership guide.Senior leaders, subject leaders and teachers in secondary schools.
6. Pedagogy and Practice:Teaching and Learning in Secondary chools . Status: Recommended Date of issue: 09-2004. Ref: DfES 0444-2004 GGuidance.


18-mavzu: KORREKSION PEDAGOGIKA ASOSLARI
REJA

Korreksion pedagogika pedagogik fanlarning tarmog‘i sifatida.


Korreksion (maxsus) pedagogikaning asosiy vazifalari, tamoyillari va metodlari.
Anomal bolalar va ularning umumiy tavsifi.
Aqliy rivojlanishi, eshitish, ko‘rish, nutqida nuqsoni bor bolalar.
O‘zbekiston Respublikasida anomal bolalarning ijtimoiy holati.
Tayanch tushuncha va iboralar: Korreksiya, nuqson, kamchilik, defektologiya, surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya, insonparvarlik, anomal bolalar, ijtimoiy adaptatsiya, bolani dinamik o‘rganish, ijtimoiy reablitatsiya
1-savol bayoni.
Korreksion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo‘lgan o‘quvchilarni korreksion o‘qitish va tarbiyalash bilan korreksion pedagogika (defektologiya) shug‘ullanadi. Korreksion (maxsus) pedagogika (defektologiya - yunoncha defectus – nuqson, kamchilik, logos – fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o‘qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan sanaladi.
Ilmiy tushuncha sifatida korreksion pedagogika zamonaviy pedagogika fanida rasman e’tirof etilganiga u qadar ko‘p vaqt bo‘lmadi. Uzoq vaqt davomida pedagogikada «defektologiya» tushunchasi qo‘llanib kelingan.
Pedagogik lug‘atda «korreksiya» tushunchasi (yunoncha «correctiio» - tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to‘liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o‘tiladi1.
Ana shu lug‘atda «korreksion pedagogika»ning jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o‘qitish metodlariga muhtoj bo‘lgan, sog‘lig‘i imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi va shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan ekanligi qayd etiladi.
Korreksion pedagogikaning asosiy maqsadi – belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o‘rtasidagi nomuvofiqlikni yo‘qotish yoki kamaytirishdan iborat.
Korreksion-pedagogik faoliyat yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim.
Diagnostika korreksion, korreksion-rivojlantiruvchi, korreksion-profilaktik faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korreksion-o‘qitish, psixokorreksion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta’minlaydi. Korreksion-pedagogik faoliyat maxsus ta’lim dasturiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan yaxlit jarayon.

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin