O’quv uslubiy majmua



Yüklə 2,49 Mb.
səhifə31/194
tarix22.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#189806
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   194
portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

Nazorat savollar
1. Ta’lim mazmunining mohiyati nimadan iborat?
2. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini tanlab olish tamoyillarini ta’riflab bering.

2-savol bayoni.


Ta’lim mazmuni – bu jamiyatning shaxsni ma’naviy rivojlanishi darajasiga qo‘yilgan talablar, jamiyatning ijtimoiy tajriba va madaniyatini aks ettirgan ijtimoiy buyurtmasi modelidir.
Ijtimoiy tajriba quyidagi to‘rt element bilan tavsiflanadi:
- inson tabiat, jamiyat haqidagi bilimlari
- faoliyatning ko‘nikma, malaka va usullari;
- yangi vazifalarni hal etish bo‘yicha ijodiy faoliyat tajribasi;
- atrofdagilar bilan o‘zaro emotsional (hissiy) – qadriyatli munosabatlar tajribasi.
Shularga muvofiq zamonaviy didaktika g‘oyalariga ko‘ra ta’lim mazmunining tarkibida quyidagilar o‘z aksini topadi: 1) olam haqidagi bilimlar; 2) faoliyatni amalga oshirish usullari tajribasi; 3) ijodiy faoliyat tajribasi; 4) atrof-muhitga emotsional (hissiy) qadriyatli munosabat tajribasi.
Bilim va ko‘nikmalar ijodiy faoliyat asosi bo‘lib qolishi mumkin, lekin unga tayyorlikka kafolat bo‘la olmaydi. Ijodga, ta’limning o‘ziga xos turi sifatida maxsus o‘qitish kerak bo‘ladi. Atrof-muhitga emotsional-umumiy munosabatda bo‘lish u haqida bilish, lekin ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmaslikni nazarda tutadi. Uni rivojlantirish uchun o‘qitish jarayonida maxsus ishlash olib berish zarur.
Ilmiy asoslangan ta’lim mazmunini qanday aniqlash mumkin? Ta’lim mazmuniga nima ta’sir ko‘rsatadi? U nimaga bog‘liq bo‘ladi?
Ta’lim mazmunini aniqlovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • fan, texnika, madaniyatning jamiyatda rivojlanganligi darajasi;

  • ta’limning maqsad va vazifalari;

  • o‘quvchilarning yoshi xususiyatlari;

  • o‘quvchi shaxsining ehtiyojlari.

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim mazmuni o‘quvchilarda atrof-muhit haqida umumiy tasavvurlarni hosil qilishi, ularni o‘zlarining amaliy faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni izlashg va bu bilimlarni hayotiy muammolarni hal etishda qo‘llashga o‘rgatishi kerak. Ta’lim mazmuni o‘quv rejalari, o‘quv dasturlarida, darsliklarda aks ettiriladi,
XX asr 80-yillarida amaliy qo‘llanilgan o‘rta umumta’lim maktabi namunaviy o‘quv rejalari maktabni yangilash vazifalariga, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni hozirgi zamon talablari asosida tashkil qilishga mos kelmas edi. Bu o‘quv rejasining eng asosiy kamchiligi – uni shakllantirishning haddan tashqari markazlashtirilishidir, bu esa maktablarning hammasi bir xil bo‘lishi, taklif etilayotgan ta’lim idealining bir xilligiga olib keladi, unda shaxs, jamiyat va davlatning turli ta’limiy talablari hisobga olinmaydi; ko‘p predmetlilik, o‘quvchilarga vazifalar ortiqchalik, og‘irlik qiladi va ta’lim mazmunining sun’iy qisqaligi, aralashligi yuzaga keladi; bu ta’limning texnokratik yo‘nalishi uning insonparvarlik va madaniy, badiiy-yaratuvchilik rolini yo‘qotishiga olib keladi. O‘quv rejasining ana shu va boshqa ko‘plab kamchiliklari didakt olimlar va amaliyotchilar tomonidan keskin va haqli ravishda tanqid qilindi.
1991 yilda O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtishrishga kirishildi. Bunday sharoitlarda ta’lim, yangi demokratik davlat barpo etish, madaniy va ma’naviy tiklanish, demokratik jamiyat va bozor munosbaatlari shakllanishi, milliy fan va texnikaning rivojlanishini dunyo standartlari talablari darajasiga ko‘tarishning asosi bo‘lib qolishi kerak.
Umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuniga talablar ta’limni rivojlantirish davlat strategiyasi bilan belgilanadi. Bu strategiya respublikaning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan (1997 yil), ta’limni tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy tizimni yaratish hisoblanadi. Ta’lim mazmunida quyidagi ikki jihat ko‘zga tashlanadi: milliylik va umuminsoniylik.
Hozirgi sharoitda o‘rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun ta’lim mazmuni (o‘quv rejalari)ni ishlab chiqishda ta’lim mazmunida quyidagi g‘oyalar yetakchi o‘rin tutadi:

  1. insonparvarlashtirish;

  2. integratsiya;

  3. standartlashtirish;

  4. ko‘p bosqichlilik;

  5. axborotlashtirish;

  6. individuallashtirish;

  7. ketma-ketlik.

Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish ta’lim muassasasining o‘quvchiga e’tibor qaratishi, uning shaxsi, xohish-istak va qiziqishlarini hurmat qilishi, birinchi navbatda o‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning mustaqil hayotda o‘z yo‘llarini topib olishlari uchun sharoit yaratishni ko‘zda tutadi. Insonparvarlashtirish gumanitar va tabiiy fanlarni optimal nisbatlarda bo‘lishi, matematik, biologik, texnik kurslar mazmunini insoniylik haqidagi bilimlar bilan boyitishni ko‘zda tutadi. Ta’lim mazmunida insonparvarlik g‘oyalarining aks etishi o‘quvchilarda fikrlash layoqatining shakllanishiga yordam beradi.
Ta’limni insonparvarlashtirish bu ta’lim tizimi va butun ta’lim jarayonini har bir inson huquqlarini hurmat qilish, pedagoglar o‘rtasida o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni rivojlantirish, ularning sog‘liqlarini saqlash va mustahkamlash, shaxsiy qadr-qimmatlarining his etishlarini ta’minlash va shaxsiy imkoniyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ta’limni insonparvar (gumanitar)lashtirish yangi tayanch o‘quv rejasining ikkinchi muhim g‘oyasidir. Ta’limni gumanitarlashtirish birinchi navbatda tayanch o‘quv rejasida gumanitar fanlar hajmini oshirishda o‘z ifodasini topadi (50 % dan ko‘proq). Bu xususan estetik tarbiyani tashkil etishga o‘quv vaqtini ikki barobar ko‘paytirishga imkon beradi. Gumanitarlashtirish – bu ta’limning bosqichi va turidan qat’iy nazar asosiy ijtimoiy muammo - inson farovonligi muammosini hal etishga imkon beruvchi ta’lim mazmunini o‘zlashtirishga yo‘naltirishdir.
Ta’lim yangi mazmunini ishlab chiqishning uchinchi g‘oyasi – ta’limni differensiyalashtirish. Bu yo‘nalish majburiy kurslar bilan birga katta sinflarda chuqurlashtirilgan va ixtisoslashtirilgan o‘qitish, fanlarni tanlash asosida olib borishni ko‘zda tutadi. Sinfda, sinflar o‘rtasida hamda turli yoshdagi o‘quv guruhlarida fakultativ kurslarni individual, guruhli mashg‘ulotlar hamda qiziqishlariga ko‘ra to‘garaklarni rivojlantirish ham ko‘zda tutiladi. Differensatsiyalash – bu zamonaviy sharoitda ta’limni rivojlantirish umumiy yo‘nalishi hisoblanadi. Respublikada o‘tgan asrning 90-yillarida ta’limni differensatsiyalash maqsadida ixtisoslashtirilgan maktablar va sinflar (fizika, ximiya, matematika, chet tillarini chuqur o‘rganish bilan) litseylar, gimnaziyalar ochildi.
1997 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi XI sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi ta’lim tizimini rivojlantirishda yangi bosqich bo‘ldi. Davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqib ta’lim dasturlarining yangi avlodi ishlab chiqildi.
Kurslarni integratsiyalashtirish ta’limning yangi mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan yana bir g‘oya o‘quvchilarda dunyoni yaxlit tasavvur qilish layoqatini rivojlantirishda umumlashtiruvchi, dunyoqarashni shakllantirish imkonini beruvchi integrativ fanlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi yagona (tayanch) o‘quv rejasida integratsiyalash hisobiga o‘quv fanlari soni kamaytirildi, soatlarning umumiy hajmi ixchamlashtirildi. Xususan, “Tarix” fani umumiy tarix va O‘zbekiston xalqlari tarixiga asoslanadi.
Standartlashtirish – bu majburiy o‘quv fanlari to‘plamini soatlari aniq belgilangan hajmini belgilash. Ta’lim standartlari yordamida ta’lim muassasalarida o‘quv ishlarining normativlari moslashtiriladi, o‘quvchilar bilimlarini baholashning yagona mezonlari ishlab chiqiladi.
Ko‘p bosqichlilik – bu ta’limning har bir bosqichida o‘quvchining imkoniyat va qiziqishlari darajasiga javob bera oladigan bilim darajasiga erishish imkonini beruvchi ko‘p bosqichli ta’lim jarayonini tashkil etishdan iborat. Turli bosqichlarning har birida o‘qitishning yakuniy holati ta’limning sifatli yakunlanganligi hisoblanadi.
Fundamentallashtirishshaxs (o‘quvchi)ni ijtimoiy faoliyatiga nazariy va amaliy jihatdan tayyorlashni kuchaytirish. Bu yerda maktab bo‘lsa ham, litsey, kollej yoki oliy o‘quv yurtining ta’lim tizimi, o‘quv rejasi, barcha fanlar bo‘yicha ilmiy-nazariy bilimlarni chuqur va tizimli o‘zlashtirishga alohida ahamiyat beriladi.
Ta’limni axborotlashtirish o‘quvchilarni o‘qitish jarayonida hisoblash texnikasi va axborot texnologiyalaridan ommaviy va keng foydalanish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ta’limni axborotlashtirish oxirgi o‘n yillikda keng tarqaldi, buning boisi shuki, zamonaviy video-radiotexnika va kompyuterlarning ta’lim tizimida qo‘llanilishi mumkin bo‘lganligi hamda foydalanish nisbatan oddiyligidir.
Individuallashtirish ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning hamma turlaridan foydalangan holda ularning individual xususiyatlarini hisobga olish va rivojlantirish demakdir.
Uzluksizlik jamiyat hayotining tez o‘zgarib borishi odamni doimiy ravishda ta’lim olish (mustaqil ta’lim olish)ga undovchi jarayon mohiyatini anglatadi.

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin