O‗quv-uslubiy qo‗llanma



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/60
tarix31.08.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#141179
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   60
Ling tahlil kitob lotin 2019

 
 
Sof ko‗makchi
—atash ma‘nosini tamoman yo‘qotib, faqat o‗zi birikkan so‗zni 
boshqa so‗zga tobelashtirib bog‗lash uchun xizmat qiluvchi ko‗makchilardir: b
ilan, sari, 
uchun, sayin, singari, uzra, qadar, tufayli, qadam, yanglig‗, kabi...
Sof ko‗makchilar urg‗u olmaydi. Urg‗u ko‗makchi bilan birga kelgan mustaqil 
so‗zning oxirgi bo‗g‗iniga tushadi. SHuning uchun ko‗makchi ohang tomonidan oldingi 
so‗z bilan bir butunlikda aytiladi. Ko‗makchilar o‗zidan oldingi so‗z bilan birgalikda bir 
gap bo‗lagi bo‗ladi:
 
 
Vazifadosh ko‗makchilar
—bular aslida atash ma‘nosiga ega mustaqil so‗zlardir.
Bunday so‗zlar ko‗makchi vazifasida kelganida atash ma‘nosini yuqotadi, o‗zidan 
oldingi so‗z bilan birgalikda bir so‗roqqa javob bo‗ladi. Vazifadosh ko‗makchilar bo‗lib 
ost, ust, yon, old, orqa, ro‗para, lab, qosh, bosh
kabi otlar; 
oldin, avval, keyin, so‗ng, 
tomon
kabi ravishlar; 
qarab, bo‗ylab, ko‗ra,deya, deb, atab
kabi ravishdoshlar; 
qaraganda
sifatdoshi keladi 
Ko‗makchilar quyidagicha tahlil qilinadi.
1.Sof ko‗makchi yoki ko‗makchi vazifasida so‗z 
2.Qo‗llanishi, ma‘nolari va o‗rni 
3.Kelishiklarni boshqarishga ko‗ra turi.
 
Tahlili namunasi 
 
Chigit ekish uchun tayyogarlik ko„rildi

 
Uchun-ko‗makchi, sof ko‗makchi, fe‘lning harakat nomi shaklidan so‗ng 
qo‗llangan, maqsad ma‘nosini bildiradi, bosh kelishikdagi so‗zdan so‗ng ishlatilgan
jo‗nalish kelishigi qo‗shilgan – ga o‗rnida ishlatilishi mumkin: ekin uchun –ekishga. 
 
Topshiriq
. Berilgan matndagi ko`makchilarni tahlil qiling. 
1. Kun botishda anhor bo`yida salqin nam havo yutib o`tirishning gashti-safosiga nima 
etsin! (H.G`.) 2. Mana bir qish kechasi qanday dahshatli qo`rquv, tahlika ostida bu uyga 
kirib, Yo`lchi bilan bir necha minutgina so`zlashishga jur‘at qilgan edi! (O.) 3. 
Qishlog`ida, shunday uylarining ichida, toqiga yopishtirib qaldirg`och uya solgan edi. 
(O`.H.) 4. Qayoqdan qayoqqa mashina, ot-arava ovora, odam ovora qilib paxta 
tashigandan ko`ra yonginangda hammasi ro`yobga chiqqaniga nima etsin.(J.Abd.)

Bog‗lovchi 
Mustaqil so‗zlarni (gapning uyushiq bo‗laklarini) va qo‗shma gap tarkibidagi sodda 
gaplarni o‗zaro bog‗lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so‗zlar 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin