35
olma va anor; o‗qidi, lekin yozmadi; Anvar yoki Usmon; olma-yu anor; do‗st-u
dushman; qalam bilan daftar; shoir, yozuvchilar
...
So‗zlar teng bog‗langanda so‗z qo‗shilmalari (uyushiq bo‗laklar) hosil bo‗ladi va
biridan ikkinchisiga savol berib bo‗lmaydi.
2.Tobe bog‗lanish
—bir so‗zning boshqa bir so‗zga tobelik yo‘li
bilan
bog‗lanishidir.
So‗zlar tobe bog‗langanda so‗z birikmasi yoki gap hosil bo‗ladi va biridan
ikkinchisiga savol bersa bo‗ladi:
go‗zal diyor
(so‗z birikmasi);
Anvar keldi.
(gap)
So‗z birikmasi
—ikki yoki undan ortiq mustaqil so‗zlarning birining ikkinchisiga
mazmun va grammatik jihatdan tobe bog‗lanishidir. So‗z birikmasida
tobe so„z
va
hokim
so„z
bo‗ladi. Tobe so‗z ,odatda, oldin joylashadi; hokim so‗z esa keyin joylashadi.
Bosh so‗z (
hokim so‗z) — ma‘nosi izohlanayotgan so‗z.
Ergash so‗z (
tobe so‗z) — bosh so‗zning ma‘nosini izohlayotgan so‗z.
Savol hokim so‗zdan tobe so‗zga
beriladi, ya‘ni savol tarkibida qatnashgan so‗z—
hokim so‗z, javob bo‗lib chiquvchi so‗z esa tobe so‗z hisoblanadi:
chiroyli qiz
—qanday
qiz? — chiroyli
So‗z birikmasida hokim so‗zning qaysi so‗z turkumi bilan ifodalanishiga ko‗ra, ular
ikkiga bo‗linadi:
Dostları ilə paylaş: