Tasdiqlangan Universitet Kengashining 20__ yil “__” ________dagi
___-son qarori
Fan nomi Auditoriya mashg‘ulotlari Mustaqil ta’lim Jami yuklama
Hozirgi o‘zbek adabiy tili
16
104
120
Mashg‘ulot turi Ajratilgan soat Semestr
I II
Nazariy (ma’ruza)
6
-
6
Seminar mashg‘ulotlari
6
-
6
Amaliy mashg‘ulot
4
-
4
Jami auditoriya soatlari
16
-
16
Mustaqil ta’lim
104
-
104
Umumiy oʻquv soatlari
120
-
120
Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarni hozirgi o‘zbek adabiy tilining nazariy masalalari (tushunchalar, nazariyalar va ularning isboti, sohaning amaliy masalalarini yechish usullar va boshqalar) bilan tanishtirishdan iborat. Ayni paytda u talabalarni shu sohada mantiqiy fikrlashga, ilmiy xulosa chiqarishga, adabiy tilning nazariy va amaliy muammolarini hal etish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Fanni o‘qitishning vazifasi – talabalarga hozirgi o‘zbek adabiy tili fanining ahamiyati, o‘zbek tili fonetikasi, fonologiyasi, grafika, orfografiyasi va orfoepiyasi, morfologiyasi, sintaksisi, punktuatsiyasi va uslubiyatining nazariy asoslariga oid bilim va tushunchalar berish, adabiy tilning shevalarga munosabati, o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatish va natijada talabalarda o‘zbek adabiy tilining asoslari va og‘zaki adabiy tilning yozma adabiy nutq me'yorlariga munosabati kabilarni bilish, grammatik qoidalarga tayanib, o‘z fikrini hayotiy misollar orqali asoslash, o‘rganganlarini amalda qo‘llay olishga o‘rgatishdir.