10-mavzu. Qadriyatlar falsafasi (aksiologyia) Qadriyat tushunchasining ma’nosi va uning umumiy tavsifi. Qadriyat
nazariyasining shakllanish tarixi. Ehtiyojlar va qadriyatlar dinamikasi.
Qadriyatlarning turlari (umuminsoniy, milliy, shaxsiy qadriyatlar). Oilaning
qadriyatga doir jihatlari. Muhabbat va nafrat, baxt va baxtsizlikning qadriyatiy
jihatlari. Oiladagi ajralish va uning axloqiy kamolotga salbiy ta’siri. Gender
tengligini ta’minlashda inson mehnati qadrlanishining ahamiyati. Mahalla – o‘zbek
milliy qadryiati sifatida. Davlatning oila tinchligi va barqarorligini taʼminlashdagi
oʻrni. Oila-taʼlim-mahalla tizimi. Qadriyatlarning ijtimoiy-ma`naviy ahamiyati va
yoshlar tarbiyasidagi o‘rni. Qadriyatlarni baholash. Uchinchi ming yillikda
qadriyatlarning transformasiyasi. Jamiyatning devalvatsiyasi (qadrlanish va
qadrsizlanish). Sog‘likning qadriyat sifatidagi ahamiyati. Sog‘lom turmush
tarzining qadriyatli jihatlari.
2-MODUL. AXLOQ VA NAFOSAT FALSAFASI. KORRUPSIYA - HOZIRGI ZAMON GLOBAL MUAMMOSI SIFATIDA 11-mavzu. Axloq falsafasi (Etika) Etikaning mohiyati va ahamiyati. Zamonaviy etikaning asosiy sohalari:
metaetika, normal etika, amaliy etika. Etikadagi qadriyatlar va kategoriyalar.
Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov. Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizmga
moyillik. Kasbiy (professional) etika. Kasbiy etikaning muammolari. Kasbiy axloq
va mehnat etikasi. Kiberetika. Tibbiy etika. Yuridik etika. Ijtimoiy hayot etikasi.
Etikada ijtimoiy adolat tamoyili. Siyosat va axloq o‘rtasidagi munosabat. Ekologik
etika. Ishbilarmonlik etikasi. Davlat tashkilotlari va davlat xizmati tizimidagi
kasbiy etika. Bioetikaning axloqiy jihatlari.
12-mavzu. Nafosat falsafasi (Estetika) Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati. Falsafa tarixida estetik qarashlar
evolyusiyasi. Estetik did va olamni estetik idrok etishning shaxs kamolotiga ta’siri.
Estetikaning zamonaviy yondashuvlari. Estetika va san’at. San’atning funksiyalari.
Amaliy san’atning estetik jihatlari. Estetika va dizayn. Reklamaning estetik didni
tarbiyalashdagi roli. Xalq amaliy san’atining estetik jihatlari. Olamni virtual va
vizual estetik idrok etishning farqlari. Badiiy asarni estetik idrok etishning
darajalari. San’atdagi inqiroz (degumanizatsiya).