V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
•
dunyo haqidagi eng qadimgi va zamonaviy falsafiy bilimlarni o‘rganish
asosida professional faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish, ijtimoiy mas’uliyatni oshirish,
davlat siyosatiga dahldorlik tuyg‘usini shakllantirish; ijtimoiy jarayonlarni
mustaqil tahlil qilish, Qadimgi, O‘rta asrlar va Yangi davr G‘arb falsafasining asosiy
g‘oyalari, Sharq falsafasining jamiyat taraqqiyotidagi roli, G‘arb falsafasi
oqimlarining falsafiy mazmun-mohiyatini, G‘arb renessansining mohiyati, uning
shakllanishiga o‘rta asr Sharq ilm-fani va falsafasining ta’sirini, Yangi va eng yangi
davr G‘arb falsafasining muhim xususiyatlari bo’yicha
tasavvurga ega bo‘lishi ;
•
yangi ontologiyaning yo‘nalishlari, gen ontologiyasi, bioontologiya,
tibbiyot ontologiyasining ijtimoiy ahamiyatini, fizik va falsafiy ontologiyaning
o‘zaro aloqasi va farqlarini, axborotlashgan jamiyatda texnologiyalardan
foydalanishda inson va jamiyat manfaatlarini himoya qilish,tabiat ontologiyasida
biosfera va noosferaning o‘rni, ijtimoiy ekologiya, ekologik ta’lim va tarbiya
haqida bilishi va ulardan foydalana olishi; •
internet ijtimoiy tarmoqlarida axborotni tanlash va ulardan foydalanish
usullarini egallashi; o‘zining kasbiy faoliyatida mustaqil qarorlar qabul qilishi,
bakalavriatning mos yo‘nalishi bo‘yicha raqobatbardosh umumkasbiy
tayyorgarlikka ega bo‘lishi, kiberterrorizm, kiberzo‘ravonlik (cyberbullying)ga
qarshi mafkuraviy immuniteti shakllangan bo‘lishi, globallashuv va barqaror
taraqqiyotning omillarini, korrupsiyaning global ma’naviy inqiroz oqibati
ekanligini bilishi, unga qarshi kurashda dahldorlik tuyg‘usi shakllangan bo‘lishi,
ijtimoiy jarayonlarni prognozlashtira olish, tana va ruhiy sog‘lik, tafakkur
xavfsizligini ta’minlash, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, tanqidiy tafakkur
imkoniyatlaridan jamiyat barqarorligini ta`minlash, ijtimoiy nazoratni oshirish va
shaxsiy mas`uliyatni oshirish maqsadlarida foydalanish b`oyicha