Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: farzandlik, o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish, sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrash.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish maskanlarini asrash va qadriga yetish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish.
Dars turi: Yangi materialni o’rganish
Dars jihozi: rasmlar,bukletlar
Darsning borishi.
T/R
Bo’limlar
Vaqti
1
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2
O`tgan mavzuni mustahkamlash
5 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
15 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
10 daqiqa
5
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
10 daqiqa
6
Uyga vazifa
2 daqiqa
Jami
45 daqiqa
Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 5 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism. Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 20 minut.
Yangi mavzu bayoni.
Tog‘ va tekisliklar Yer yuzining quruqlik qismida tekis joylar - tekisliklar va baland joylar - tog‘lar alohida ajralib turadi.
Tog‘lar va tekisliklar - Yer yuzidagi quruqlik-larning asosiy shakllaridir.
Yer yuzida tog‘lar tanho shaklda kam uchraydi. Odat-da, tog‘lar bir-biri bilan qatorasiga tutashgan bo‘ladi. Qatorasiga tiz ilib ketgan tutash to g ‘lar tog‘tizmasi deb ataladi. Tog‘ tizmalari o‘nlab, hatto yuzlab kilometrlarga cho‘zilib ketgan bo‘ladi. Tog‘lar tabiiy xaritada jigarrangda tasvirlanadi. Bu rangning och-to‘qligiga qarab, tog‘larning past-baland-ligini aniqlash mumkin. Rang qanchalik to‘q bo‘lsa, tog‘ shunchalik baland hisoblanadi.
Yer yuzidagi quruqliklarning yarmiga yaqinini tog‘lar egallagan. Yer yuzidagi eng baland tog‘ cho‘qqisi Himolay tog‘ tizmasidagi Jomolungma (Everest) cho‘qqisi bo‘lib, uning balandligi 8 848 m ga teng. Tekisliklar balandligiga ko‘ra pasttekislik, qir va yassitog‘likka bo linadi.