Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 5 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 20 minut. Yer yuzini va uning ayrim qism larini xaritadan foydalanib o‘rganish qulaydir. Globusda Yer yuzi shar sirtida tasvirlansa, xaritada joylar yassi shaklda tasvirlanadi. Xarita - Yer yuzi yoki ayrim qism larining kich- raytirilgan yassi tasviridir. Globus sirtini ikkiga bo‘lib, doira shaklidagi ikkita yarimshar xaritasi tuziladi.
Yer shari sirtining ikkiga bo‘lingan doira shak lidagi tasviri yarimsharlar xaritasi deyiladi. Ulardan biri - g ‘arbiy yarimshar xaritasi, ikkinchi-si - sharqiy yarimshar xaritasi deyiladi. Bu haqda yuqori sinflarda bilib olasiz. Xaritalarda okean, dengiz, ko‘l kabi suv havzalari ko‘k rangda tasvirlanadi. Daryolar ko‘k rangdagi egri chiziqlar bilan aks ettiriladi. Quruqliklar, ya’ni materiklar va orollar balandligiga qarab yashil, sariq, jigarrangda tasvirlanadi. Xaritalarda Yer yuzi yoki uning qismi necha marta kichraytirilgani maxsus shartli belgi orqali ko‘rsatiladi. Bunday shartli belgi masshtab deb ataladi. Masshtab turli xilda beriladi. Masalan, 46-47-betlarda berilgan O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasida mas shtab «1 cm - 52 km» shaklida berilgan. Bu de-makki, xaritaning ixtiyoriy ikki nuqtasi orasidagi 1 cm uzunlik Yer yuzining o‘sha ikki joyi orasidagi masofa 52 km ga teng kanligini bildiradi.