Milliy va umummadaniy kompetensiya: o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish maskanlarini asrash va qadriga yetish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish.
Dars turi: Yangi materialni o’rganish
Dars jihozi: rasmlar,bukletlar
Darsning borishi.
T/R
Bo’limlar
Vaqti
1
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2
O`tgan mavzuni mustahkamlash
5 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
15 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
10 daqiqa
5
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
10 daqiqa
6
Uyga vazifa
2 daqiqa
Jami
45 daqiqa
Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 5 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism. Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 20 minut.
Suv tabiatda keng tarqalgan. Taxminan sayyoramizning 29 foizini quruqlik, 71 foizini esa suv tashkil etadi. Inson organizmi bir necha million qon tomirlardan tashkil topadi. Shunday qon tizimi bizning sayyoramizda ham mavjud.
Yer qoni – bu suv, qon tomirlari esa daryolar, daryochalar, jilg‘alar, ko‘llardir. Suv tuproqqa singib, o‘simlikka o‘tadi, o‘simlikdan havoga, qit’alardan daryo orqali dengizlarga va havo yo‘llari bilan orqaga qaytadi. U qon singari o‘zi bilan katta miqdordagi moddalarni olib keladi. O‘simliklar o‘zlaridagi moddalarni faqat suv bilan olishlari mumkin.
Suv shuningdek, tabiatda hosil bo‘ladigan chiqindilarni ham yo‘qotadi. Suv iqlim sharoitlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. U yerda doimiy aylanishda bo‘ladi. Buyuk rassom Leonardo da Vinchi suvni: “Yerdagi hayot sharbati” deb atagan. Hamma tirik mavjudotlar suvdan tarkib topgan. Inson – 60-70%, Meduza-95%, inson miyasining hujayralari–85%, qon-90-92%, suyak-20% suvdan iborat.
Tanamiz og‘irligidan 1 foiz suvning yo‘qolishi kuchli tashnalikka olib keladi. Agar suvning yo‘qolishi 10 marta ko‘p bo‘lsa, ya’ni tana og‘irligining 10 foizini tashkil qilsa, bu falokatga olib kelishi mumkin. Deyarli hamma o‘zgarishlar suv muhitida ro‘y beradi. Suv bug‘lanib quruqlikda yashovchilarning organizmini sovitib turadi. Inson taxminan bir oy ovqatsiz yashashi mumkin, lekin suvsizlikka 5-6 kun dosh beradi.
Suvning inson hayoti va sog‘ligini asrashda xizmati katta, shuning uchun uning qadriga yetmog‘imiz darkor.
Topshiriq Siz uyda jo‘mraklardan va quvurlardan suv oqishini kuzating. Suv tomib turgan jo‘mrak tagiga 200 grammli stakanni qo‘ying va qancha daqiqada to‘lishini belgilang. Idishdagi suv miqdorini soatga, kunga, oyga ko‘paytiring. Shunda siz birgina buzilgan jo‘mrakdan qancha suv isrof bo‘lishini bilib olasiz. Endi aniqlagan suv miqdorini oilangizga ma’lum qiling. Ular ham qancha suv isrof bo‘layotganini bilib qo‘yishsin.
Birgina jo‘mrakdan tomib turishi natijasida ...... miqdorda suv isrof bo‘lsa, bir kunda boshqa maqsadlarda foydalanganda qancha suv sarflanishini bir o‘ylab ko‘ring-chi!