Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 5 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism. Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 20 minut.
Yangi mavzu bayoni.
Daryolar Globus yoki xaritalarda ko'plab egri-bugri havorang chiziqlarni ko‘rasiz. Ular daryolarni bildiradi. Daryo - tabiiy ravishda vujudga kelgan chuqurlikda oquvchi katta suv oqim idir.
O ‘lkamizdagi daryolar tog‘lardagi muz va qorlarning erishidan hamda yomg‘ir va yerosti suvlaridan hosil bo‘ladi. O‘zbekiston hududidan oqib o‘tadigan eng uzun daryo Sirdaryodir. U Chotqol va Farg‘ona tog‘ tizmalaridan boshlanadi. Uning uzunligi 3 019 km. Suvi dala va bog‘larni, aholini suv bilan ta’minlashga sarf-lanib, qolgan qismi Orol dengiziga quyiladi. O‘lkamiz hududidan oqib o‘tadigan eng sersuv dar yo Amudaryodir. Uning uzunligi 2 540 km. Amudaryo Pomir tog‘laridan boshlanadi. Amudaryo Sirdaryo kabi katta ahamiyatga ega. U ham suvining qolgan qismini Orol dengiziga quyadi. Mamlakatimiz aholisini va yerlarini suv bilan ta’min-lashda Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sherobod, Chirchiq, Ohangaron, Norin, Qora-daryo, Sangzor, Ko‘ksuv, Topalang kabidaryolarning ham ahamiyati kattadir.
Kanallar Ko‘p joylarda unumdor yerlar mavjud, aholining yashashi uchun qulay joylar yetarli. Ammo suv yo‘q. Kanal - inson tom onidan qazilgan suv yo‘li. Kanallar suvni daryolardan oladi. O‘lkamizda aholini suv bilan ta’minlash, ekin maydonlarini kengaytirish maqsadida juda ko‘p kanallar qazilgan. O‘lkamizdagi kanallardan eng kattasi Farg‘ona vodiysidagi Katta Farg‘ona kanalidir. Qarshi,Amu -Buxoro, Janubiy Mirzacho‘l, Toshsaqa, Shi-moliy Farg‘ona, Sherobod, Zang va boshqa kanallar ham aholini va kin maydonlarini suv bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Ko‘llar Yer yuzida tabiiy ravishda vujudga kelgan katta chuqurl iklar ko‘p. Bunday joylarda suv to‘planib, ko‘llar hosil bo‘lgan.
Yangi mavzuni mustahkamlashYangi mavzuni mustaxkamalsh, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni va ajratilgan . Kartochkalar orqali savol-javob o’yini o’tkaziladi