Milliy va umummadaniy kompetensiya: o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish maskanlarini asrash va qadriga yetish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish.
Dars turi: Yangi materialni o’rganish
Dars jihozi: rasmlar,bukletlar
Darsning borishi.
T/R
Bo’limlar
Vaqti
1
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2
O`tgan mavzuni mustahkamlash
5 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
15 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
10 daqiqa
5
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
10 daqiqa
6
Uyga vazifa
2 daqiqa
Jami
45 daqiqa
Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 5 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tarix fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 20 minut.
T abiiy geografik zonalar, quruqlikning tabiat zonalari — iqlim omillariga bogʻliq ravishda, asosan, issiqlik bilan namlik miqdori va nisbatiga qarab muayyan tartibda krnuniy almashinib boradigan geografik (landshaft) qobiqning yirik boʻlinmalari. Zonalar almashinuvi ekvatordan qutblarga va okeanlardan materik ichkarisiga tomon yuz beradi. Ular, odatda, kenglik boʻylab choʻzilgan boʻlib, aniq chegaralarga ega emas, astasekin bir-biriga oʻtib boradi. Yer yuzida roʻy beradigan hrdisalar Yerning ichki kuchlariga va Quyoshdan keladigan radiatsiya miqdoriga bogʻliq. Yer shar shaklida boʻlganligi uchun Quyoshning nur energiyasi bir tekisda taqsimlanmaydi. Bu omillar tabiiy sharoiti bir-biridan tubdan farq qiladigan T.g.z.ni vujudga keltiradi: Quyoshning nur energiyasi ekvatordan qutblarga tomon turli miqdorda tushganligidan tra, bugʻlanish, bulutlar, yogʻinlar, relyef va shamollar, nurash va tuproq hosil boʻlish jarayonlari, suv, oʻsimliklar va boshqa zonalar hosil qilgan. Har bir zona uchun uni tashkil etgan tabiat komponentlari va jarayonlari (iklim, gidrologik, geokimyoviy, geomorfologik, tuproq va oʻsimlik qoplami hamda hayvonot dunyosi)ning tipik xususiyatlari xos. Koʻpgina T.g.z.ga uning eng yorqin indikatori — oʻsimlik tipiga qarab nom berilgan (oʻrmon zonasi, dasht zonasi, savanna zonasi va h.k.). Zonalar, oʻz navbatida, nisbatan tor boʻlimlar — tabiiy geografik kichik zonalarga ajratiladi, mas, dasht zonasida quruq va tipik dasht zonasi, moʻʼtadil mintaqa oʻrmonlari zonasida tayga, aralash va keng bargli oʻrmonlar zonasi farq qilinadi. Yer sharida tabiiy geografik mintakalar ajratilgan boʻlib, ularning har birining zonal sistemasi — tekisliklarda zona va kichik zonalar, togʻlarda balandlik mintakalari toʻplami mavjud.
Shim. yarim sharda quyidagi zonalar bor: Arktika muz sahrolari, tundra, oʻrmon tundra, moʻʼtadil mintaqa oʻrmonlari, moʻʼtadil mintaqa oʻrmondashtlari, moʻʼtadil mintaqa chala choʻllari, moʻʼtadil mintaqa choʻllari, subtropik doim yashil oʻrmonlar va butazorlar, subtropik aralash mussonli oʻrmonlar, subtropik oʻrmondashtlar, subtropik dashtlar, subtropik chala choʻllar, subtropik choʻllar, sernam tropik oʻrmonlar, tropik siyrak oʻrmonlar, quruq oʻrmonlar va savannalar, tropik chala choʻllar, tropik choʻllar, subekvatorial mussonli aralash oʻrmonlar, ekvatorial oʻrmonlar (gileya) zonalari. Janubiy yarim sharda esa tundra zonasi, oʻrmon tundra zonasi, moʻʼtadil mintaqa choʻllari zonasi uchramaydi.
T.g.z. paleogeografik rivojlanish jarayoni davomida sezilarli oʻzgarishlarga uchragan. Qurukdik va dengizlar maydonining, relyef, iqlim sharoitlari makroshaklining oʻzgarishi bilan baʼzi zonalar yoʻqolib ketdi yoki boshkalari bilan almashdi. Baʼzi zonalar chegarasiga inson faoliyatlari ham oʻz taʼsirini koʻrsatgan. Zona va kichik zonalarni shartli ajratishga tadqiqotchilar turlicha yondoshadilar.