Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish.
Dars turi: Yangi materialni o’rganish
Dars jihozi: rasmlar,bukletlar
Darsning borishi.
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 5 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tarix fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 20 minut.O‘s im lik la r yaxshi rivojlana olm aydigan qurg‘oqchil yerlar cho‘g‘i deb ataladi. Cho‘l qumli, gilli yoki toshli bo‘ladi. Qumli cho‘lda shamol qumlarni suradi, ba’zida do‘ngliklarni hosil qiladi. Bunday do‘nglik barxan deb ataladi. Shamol tufayli turli shakl Iar vujudga keladi.
Gilli cho‘llarda qotgan va yorilib ketgan joylar-da turli shakllarni hosil qilgan taqir yerlar mavjud Saksovul, yantoq kabi o‘simliklar qurg‘oqchil sha-roitga moslashgan. Bu o‘sim liklarning ildizi juda uzun bo‘lib, yerosti suvlaridan to‘yinadi.
O ‘zbekiston hududining yarmiga yaqinini cho‘llar egallagan. O‘lkamiz hududida Qizilqum, Ustyurt, Mirzacho‘l, Qarnobcho‘l, Qarshi cho llari mavjud.
C ho‘llarda yoz mavsumi 5 -6 oy davom etib, havo harorati soya joyda +50 °C gacha ko‘tariladi, qum esa +80 °C gacha qiziydi. Bu davrda yog‘in yog ‘maydi. Keng cho‘llar ustida issiq shamol esib, o‘zi bilan qum va changlarni olib keladi. Bunday sharoit o‘simlik va hayvonlar uchun halokatlidir.
O ‘lkamiz cho‘llarida bahor boshlarida va kuz oxir-larida oz miqdorda yomg‘ir yog‘adi. Qishda havo harorati -20 °C gacha sovuq bo‘lib, qor yog‘adi.
Cho‘llarda yantoq, shuvoq, tereskan, jung‘or gulsap-sari, nashtarbarg, merendera, cho‘l yulg‘uni, sassiq-qavron, saksovul, juzg‘un, quyonsuyak, oqtikan kabi o‘simliklar o‘sadi (32-rasm). Cho‘llarning ayrim, qulay joylarida oqtikan, isiriq, oqquray, qizilmiya kabi dorivor o‘simliklar ham bor.
Qushlardan so‘fito‘rg‘ay, turto‘rg‘ay, yo‘rg‘atuvaloq, bizg‘ildoq, qironqara, tuvaloq, qirg‘iy, ilonxo‘r burgut, qoraqush kabilar uchraydi
Dostları ilə paylaş: |