O’quv yili 4-sinflar Tabiatshunoslik fanidan ishlanmalar tayyorlashda foydalanilgan yillik


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi



Yüklə 45,79 Mb.
səhifə35/147
tarix20.07.2023
ölçüsü45,79 Mb.
#136908
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   147
TabiatIIII

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
farzandlik, o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish, sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrash.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish maskanlarini asrash va qadriga yetish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish.
Dars turi: Yangi materialni o’rganish
Dars jihozi: rasmlar,bukletlar
Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 2 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 13 minut.
O`zbekistonning qazilma boyliklari va ulardan foydalanish
O `zbekiston respublikasining zamini juda katta miqdordagi turli-tuman qazilma boyliklarga ega. Bu zaminda Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Respublika hududida hozirgacha 2700 dan ziyod foydali qazilma konlari va ular namoyon bo`lgan joylar aniqlangan. Aniqlangan bu konlarda 100 ga yaqin xom ashyo turlari mavjud bo`lib, ularning umumiy miqdori 3,3 trillion AQSH dollarga baholanadi. Fakatgina neft va gaz zahiralarining qiymati 1 trillion dollarga teng. Aniqlangan konlardan 900 tasi topilgan va o`rganilgan bo`lib, ulardagi zahiralar qiymati 970 mlrd. dollarga teng. Hozirgi kunda respublikada foydalanayotgan konlar soni 400 ga yaqin. Har yili bu konlardan 5,5 mlrd. dollarlik qazilma boyliklar olinmoqda va qo`shimcha 6-7 mlrd. dollarlik yangi zahiralar topilmoqda.
O`zbekiston yoqilg`i-energetika zahiralariga boy o`lka. Unda qidirib topilgan tabiiy gaz zahiralari 2 trillion m. kub atrofida. Bu gaz zahiralari respublikani 35 yil gaz bilan ta'minlashga yetadi. Faqatgina Ko`kdumaloq konlaridagi gazning zahirasi 144 mlrd m. kubga yaqin, ulardagi neft 54,2 mln tonnagaz kondensati esa 67,4 mln.tonnaga teng. Hozirgi paytda foydalanayotgan neft konlarining soni 160 dan ortiq bo`lib, ularning zahiralari 30 yilga yetadi. Birgina 1985-1994 yillar ichida 38 ta yangi neft va gaz koni ishga tushirildi. Bulardan tashqari neft, gaz va gaz kondesati bo`yicha yana 155 ta istiqbolli konlar ham aniqlangan. Tekshirishlar ko`rsatishicha respublika zaminining qariyb 60% da yer osti neft va gaz qatlamlari bor. Bu qatlamlar asosan 5 ta mintaqada joylashgan. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G`arbiy Xisor, Surxandaryo va Farg`ona mintaqalaridir. Respublikada olinayotgan jami neftning 90% dan ortigi arzon ya'ni favvoralar usulida olinmoqda. Hozircha respublika hududida aniqlangan neft zahiralarining fakat 32% o`zlashtirildi, xolos. Bu ko`rsatgich turkmanistonda 61%, Tojikistonda 60% va Qirg`izistonda 41% ni tashkil qiladi. Tabiiy gaz zahiralarini o`zlashtirishda ham ahvol shunga o`xshash.
Ko`mirning umumiy zahirasi 2 mlrd tonna bo`lib, ko`mir zahirasi salmogi bo`yicha respublikamiz markaziy osiyoda ikkinchi o`rinda turadi. Ko`mir Angren, Shargun va Boysun konlaridan qazib olinadi. bu konlardan ko`mir bilan birgalikda qimmatbaho minerallar-kaolin, ohaktosh va kvartsli qum ham olinadi. Kaolindan glinozem, ya'nialyuminiy oksidi va alyuminiy, o`tga chidamli materiallar, keramik qoplamalar, metlax plitkalari, chinni, fayans, oq va boshqa rangli tsement, o`tga chidamli g`isht kabi materiallar olinadi.
O`zbekiston zaminida qimmatbaho metallarning katta zahiralari mavjud. Uning hududida 32 turdagi qimmatbaho rangli metallar topilgan bo`lib. Hozirgi paytda ular 33 ta kondan qazib olinmoqda.
Oltin zahiralari bo`yicha O`zbekiston dunyoda to`rtinchi o`rinda, uning qazib olinishi bo`yicha esa yettinchi o`rinda turadi. Oltinning asosiy zahirasi Markaziy qizilqumda joylashgan. Hozirgi kunda oltin 7 ta kondan olinmoqda. Muruntov koni dunyodagi konining topilishi Xalqaro geologiya jamoatchiligi tomonidan yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida oltin sohasida qilingan eng katta kashfiyot deb e'tirof qilindi. Bu yerda affinaj ya'ni eng sof metall olish jarayoning zamonaviy texnologiyasi joriy etilgan va kon oltinining sifati yuqori bo`lgani uchun ham oliy tovar ko`rinishiga ega bo`lgan, soflik darajasi «to`rtta to`qqiz»ga teng asl oltin olinmoqda. Hozirgi paytda Muruntov konidan olib ishlatilgan va ko`p yillardan beri otvalga chiqarib tashlangan ruda tuprog`i Amerikaning «Nyumont Mayning Korporeyshn» kompaniyasi ishtirokida qayta ishlanib, tarkibidagi qolgan oltin ham ajratib olinmoqda. Oltin shuningdek Qizilqum hududidagi Ajibugut, Bulutkon, Balpantov, Aristontov va Turboy konlarida ham bor. Bu konlarni o`rganish davom etmoqda. Keyingi vaqtlarda oltin Toshkent va Samarkand viloyatlari hududida ham topildi.
Kumush konlari Navoiy viloyatining Visokovoltnoye, Ukjetpes va Kosmonachi hududlarida hamda Namangan viloyatining oqtepa hududida mavjud.
O`zbekistonda qimmatbaho metallar qatori uran konlari ham mavjud. Topilgan uran zahiralari bo`yicha respublika dunyoda 7-8 o`rinlarda turadi. Uranning topilgan zahirasi uni 50-60 yil qazib olishga yetadi. Uran bilan yo`l-yo`lakay reniy, skandiy, lantanoidlar va boshqa nodir metallar ham qazib olinadi.
Rangli metallardan O`zbekistonda mis, qo`rg`oshin, rux, volfram va shu guruhga kiruvchi boshqa metallarning zahiralari aniklangan. Bu zahiralarning asosiy qismi olmaliq ruda maydoniga jamlangan. Qidirib topilgan mis zahirasi bo`yicha respublika dunyoda 10-11 o`rinlarda turadi. Hozirgi sur'atda qazib olganda mis 40-50 yilga, rux va qo`rg`oshin 100 yilga yetadi.
Mis rudasi bilan yo`l-yo`lakay oltin, kumush. Molibden, kadmiy. Indiy, tellur, selen, reniy, kobalt, nikel, osmiy kabi 15 dan ortiq turdagi qimmatbaho va noyob rangli metallar qazib olinmoqda. Istiqbolli dalneye mis konida mis, molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va oltingugurtning katta zahiralari mavjud.
Mis konlari orasida hozir ishlatilayotgan Kalmaxir koni alohida e'tiborga sazovor. Bu kon mis-molibden rudalarini qazib olish bo`yicha dunyodagi barcha konlardan ustun turadi. Uning rudasini O`zbekistondagi eng yirik korxonalardan hisoblangan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati qayta ishlamoqda. Bundan tashqari hozirgi kunda istiqbolli Dalneye mis koni ham topilgan bo`lib, unda mis, molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va oltingugurtning katta zahiralari mavjud.
Qo`rg`oshin-rux asosan Jizzax viloyatidagi Uchquloch va Surxondaryodagi Xondiza konlarida jamlangan. Xondiza konida shuningdek ko`pgina yo`ldosh xom ashyolar – mis, kumush, kadmiy, selen, oltin va indiy ham bor.
Selen va tellurdan asosan yarim o`tkazgichlar, quyosh batareyalari, termogeneratorlar, po`lat va shishaning maxsus navlarini ishlab chiqarishda, reniydan aviatsiya va kosmik texnika uchun o`tga chidamli qotishmalar, elektron uskunalar va neftni parchalash uchun katalizatorlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
O`zbekiston hududida 20 ta marmar, 15 ta granit va gabbro konlari topilgan. Oqdan qora ranggacha xilma-xil bezakbop toshlar olinadigan bu konlar Yevroosiyodagi eng yirik konlar hisoblanadi. Qoplama toshlarning umumiy zahiralari 85 mln. m. kubdan oshib ketadigan bu konlar toshni qayta ishlaydigan korxonalarni yuzlab yillar davomida xom ashyo bilan ta'minlaydi. Bu jihatdan O`zbekiston MDH mamlakatlari orasida yetakchi o`rinni egallaydi. Ayni vaqtda G`ozg`on, Nurota va Zarband konlarida marmar bloklarini zamonaviy texnologiya asosida qazib olish yo`lga qo`yilgan.

Yüklə 45,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin