O’quv yili 4-sinflar Tabiatshunoslik fanidan ishlanmalar tayyorlashda foydalanilgan yillik



Yüklə 45,79 Mb.
səhifə37/147
tarix20.07.2023
ölçüsü45,79 Mb.
#136908
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   147
TabiatIIII

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 2 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 13 minut.
Yangi mavzu bayoni.
So‘ngra kerakli qazilma boylik qum, gil va boshqa begona moddalardan maxsus uskunalar yordamida ajratib olinadi. Oltin va kumush singari foydali qazilmalar ham shu tariqa olinadi. Mis, aluminiy, temir, qo‘rg‘oshin, rux kabi foydali qazilm alar esa boshqa turli begona m oddalar aralashgan qattiq tosh - qotishma holida uchraydi. Qotishma holidagi rudalar eritilib, kerakli metallar ajratib olinadi.
Osh tuzi ham sof holda qazib olinmaydi. Uning tarkibida zararli boshqa tuzlar, qum va gil ham bo‘ladi. Yuvish orqali begona moddalardan tozalanadi. So‘ngra yod qo‘shib, iste’molga chiqariladi. O‘zbekiston hududi turli foydali qazilmalarga boy. Neft va tabiiy gaz konlari Farg‘ona vodiysida, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro viloyatlarida va Qora-qalpog‘iston Respublikasining Ustyurt platosida bor. Toshkent viloyatining Angren shahri atrofida yoqilg‘i foydali qazilmalardan yana biri - qo‘ng‘ir ko‘m ir qazib olinadi. S urxondaryo viloyatining Sharg‘un va Boysun shaharlari atrofida toshko‘mir konlari mavjud.
O‘lkamiz hududi oltin, kumush, mis, volfram kabi qimmatbaho foydali qazilmalarga, marmar, granit, gips, ohaktosh kabi qurilish materiallariga, shuning-dek, osh tuzi konlariga boy. Ular o‘lkamiz hududi-ning qayerida joylashganligi 46-47-betlarda keltiril-gan O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasida ko‘rsatilgan.

O‘lkamiz hududidagi foydali qazilmalar mamlaka-timiz boyligidir. Ular hozirda faqat o‘zimiz foydalani-shimiz uchungina emas, balki kelajak avlod uchun ham zarur.
Foydali qazilmalardan ko‘p foydalanish natijasida ularning zaxirasi yildan yilga kamayib bormoqda. Shuning uchun yerosti boyliklarining qazib olinishi kamaytirilishi, qazib olingan xomashyo esa tejab ishlatilishi lozim. Tabiiy gazni tejash uchun birinchi navbatda o‘z xonadonimizda undan isrof qilmasdan foydalanishi-miz lozim. Ko‘chadagi mashinalarning yurishi uchun ko‘p miqdorda benzin ishlatiladi. Benzin neftdan olinadi. Neft zaxirasi ham cheklangan.

Yüklə 45,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin