Milliy va umummadaniy kompetensiya: o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish maskanlarini asrash va qadriga yetish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish.
Dars turi: Yangi materialni o’rganish
Dars jihozi: rasmlar,bukletlar
Darsning borishi.
Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 5 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tarix fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 20 minut.
Tirik organizmlar jonsiz tabiatdan bir qator xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi.
Oziqlanish. O‘simliklar o‘ziga kerakli oziqni o‘zi sintezlay oladi. O‘simlikning yashil barglariga yorug‘lik tushganda suv va havo hisobiga oziq modda glyukoza hosil bo‘ladi. Hayvonlar oziqni tayyor holda oladi. O‘simliklar bilan oziqlanuvchi hayvonlar o‘txo‘r, boshqa hayvonlar bilan oziqlanuvchilar etxo‘r hayvonlar deyiladi.
Nafas olish.Barcha tirik organizmlar – o‘simlik, hayvon va odamlar havodagi kislorod hisobiga nafas oladi. Ayrim organizmlar, masalan baliqlar suvda erigan kislorod yordamida nafas oladi. Kislorod organizmda oziqdan energiya hosil qilish uchun zarur. Nafas chiqarish jarayonida atmosferaga karbonat angidrid ajralib chiqadi.
Harakatlanish. O‘simliklar juda sekin harakatlanganligi sababli ularning harakati unchalik sezilmaydi. Barg yorug‘likka qarab o‘girilganda, gul ochilganda ularning harakatini sezish mumkin. Hayvonlar esa o‘ljasini tutish, dushmandan himoyalanish uchun faol harakatlanadi.
Ayirish. Organizm uchun zararli mahsulotlar tashqi muhitga chiqariladi. O‘simliklar xazonrezgilik natijasida zararli mahsulotlarni chiqarib yuboradi. Hayvonlarda ayirish organlari orqali siydik ajraladi.