O‘sish va rivojlanish. O‘simliklar urug‘dan unib chiqqanda, yosh nihol hosil bo‘ladi. Nihol o‘sib, rivojlanib katta daraxtga aylanadi. Hayvonlarning bolasi kichikligi, nimjonligi va tajribasizligi bilan ota-onasidan farq qiladi. Oziqlanish hisobiga o‘sib kattalashadi, oziq topish uchun, yashab qolish uchun harakat qiladi.
Ko‘payish. Tirik organizmlar nasl qoldirish uchun jinssiz va jinsiy usulda ko‘payadi. O‘simliklarning poyasi, bargi, ildizidan ko‘payishi jinssiz ko‘payish, urug‘idan ko‘payishi jinsiy ko‘payish hisoblanadi. Hayvonlarda ko‘proq jinsiy ko‘payish kuzatiladi.
Yangi mavzuni mustahkamlashYangi mavzuni mustaxkamalsh, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni va ajratilgan vaqti 15 minut . Kartochkalar orqali savol-javob o’yini o’tkaziladi
Savol va topshiriqlar. Tirik organizmlar jonsiz tabiatdan qanday farq qiladi?
Tirik organizm nafas olganda va nafas chiqarganda qanday moddalar ishtirok etadi?
Siz o‘simliklar harakatlanganini kuzatganmisiz?
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash..Darsga yakun yasash, baholash metodlari va ajratilgan vaqti 5 minut
Uyga vazifaUyga vazifa berish va ajratilgan vaqti 4 minut. Mavzuni o’qib kelish.
O’IBDO’:_______________
Sana:_____________________ Mavzu: Amaliy mashg‘ulot. O‘simlik va hayvonlardagi xususiyatlarni taqqoslash Ta’limiy maqsad: O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqlarini o’stirish
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarning axloqiy tarbiyalarini mustahkamlash
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarga iqtisodiy bilimlar berish.
Kommunikativ kompetensiya: mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, darslikdan foydalanib, mavzu bo‘yicha yozma matn tuza olish; darslik, o‘quv atlasi ma’lumotlardan samarali foydalanish; muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish va guruhlarda ijodiy tarzda ishlay olish.