Tugamaydigan tabiiy boyliklarga Quyosh nuri, Yerning ichki issiqligi, havo va boshqalar tegishlidir. O‘lkamiz, ayniqsa, Quyosh nurlariga boy. Chunki yil davomida bu-lutli kunlar kam bo‘lib, Quyosh nur sochib turadi. Shuning uchun ham mamlakatimiz «serquyosh o‘lka» deyiladi. Bu-gungi kunda Quyosh nurlaridan ko‘p miqdorda elektr ener-giyasi olinmoqda. Qayta tiklanadigantabiiyboyliklargaesao‘simliklar, hayvonlar, tuproqlar va suvlar kiradi. Ular inson tomoni-dan ko‘p foydalanilishi oqibatida kamayib, nobud bo‘lishi mumkin. Lekin ma’lum vaqt foydalanilmay turilsa yoki par-varish qilinsa yana o‘z holiga qaytadi. Hozirgi paytda mam lakatimiz hududida o‘simliklarning 11 000 ga yaqin turi, hayvonlarning 15 600 dan ortiq turi mavjud. Lekin ular-ning ko‘pchiligi yo‘qolib ketish arafasida. Shuning uchun o‘simliklar va hayvonlardan ehtiyotkorona foydalanish zarur. Ayniqsa, tuproq qoplamining qayta tiklanishi juda qi-yin. Chunki hozirgi holatga kelgunicha ming yillar kerak bo‘ladi. Shuning uchun tuproqni yuvilib ketishdan va turli xil chiqindilar bilan ifloslanishidan muhofazalab foydalanish kerak. Mamlakatimizda suv hamma joyda bir xil taqsimlanma-gan. Zilol suvli, sersuv daryolar, asosan, tog‘li hududlar-da joylashgan (46-47-betlardagi 27-rasm). Tekislik qismida esa suv manbalari juda siyrak, aholining ehtiyojini qondi-rishga kamlik qiladi. Shuning uchun suvni nihoyatda tejab, undan oqilona foydalanishimiz zarur.
Odamlar tabiat boyliklaridan o‘z ehtiyojini qondirish maqsadida foydalanadi. Inson aql-zakovatining rivoj-lanishi, mehnat qurollari va texnikaning taraqqiyoti natijasida tabiatga ta’siri ortib bormoqda. O‘rmonlarning qisqarishi hayvonlarning qirilib ketishiga sabab bo‘ladi.
Hozirgi paytda tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanish m uam m olari dunyo miqyosiga ko‘tarilgan.
Yangi mavzuni mustahkamlashYangi mavzuni mustaxkamalsh, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni va ajratilgan vaqti 15 minut . Kartochkalar orqali savol-javob o’yini o’tkaziladi