O’quv yili 4-sinflar Tabiatshunoslik fanidan ishlanmalar tayyorlashda foydalanilgan yillik


Milliy va umummadaniy kompetensiya



Yüklə 45,79 Mb.
səhifə92/147
tarix20.07.2023
ölçüsü45,79 Mb.
#136908
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   147
TabiatIIII

Milliy va umummadaniy kompetensiya:
o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish maskanlarini asrash va qadriga yetish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish.
Dars turi: Yangi materialni o’rganish
Dars jihozi: rasmlar,bukletlar
Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 2 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 13 minut.
Yangi mavzu bayoni.
Inson dunyoga kelibdiki, tabiat quchog‘ida yashaydi. O‘z ehtiyojlarini qondirish uchun tabiiy boyliklardan foydalanadi. Tabiiy boyliklar - odamlarning yashashi hamda moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishi uchun zarur bo‘lgan, uni o‘rab turgan tabiiy muhitning tarki­ biy qismlaridir. Tabiiy boyliklarga Quyosh energiyasi, Yerning ichki issiq-ligi, suv, havo, yerosti boyliklari, o‘simliklar, tuproqlar, hay-vonot dunyosi kiradi.
Tabiiy boyliklar uch turga bo‘linadi: tugaydigan, tugamay-digan va tugab yana qayta tiklanadigan. Tugaydigan tabiiy boyliklarga, asosan, yerosti boyliklari kiradi.
Tugamaydigan tabiiy boyliklarga Quyosh nuri, Yer­ ning ichki issiqligi, havo va boshqalar tegishlidir. O‘lkamiz, ayniqsa, Quyosh nurlariga boy. Chunki yil davomida bu-lutli kunlar kam bo‘lib, Quyosh nur sochib turadi. Shuning uchun ham mamlakatimiz «serquyosh o‘lka» deyiladi. Bu-gungi kunda Quyosh nurlaridan ko‘p miqdorda elektr ener-giyasi olinmoqda. Qayta tiklanadigan tabiiyboyliklargaesao‘simliklar, hayvonlar, tuproqlar va suvlar kiradi. Ular inson tomoni-dan ko‘p foydalanilishi oqibatida kamayib, nobud bo‘lishi mumkin. Lekin ma’lum vaqt foydalanilmay turilsa yoki par-varish qilinsa yana o‘z holiga qaytadi. Hozirgi paytda mam­ lakatimiz hududida o‘simliklarning 11 000 ga yaqin turi, hayvonlarning 15 600 dan ortiq turi mavjud. Lekin ular-ning ko‘pchiligi yo‘qolib ketish arafasida. Shuning uchun o‘simliklar va hayvonlardan ehtiyotkorona foydalanish zarur. Ayniqsa, tuproq qoplamining qayta tiklanishi juda qi-yin. Chunki hozirgi holatga kelgunicha ming yillar kerak bo‘ladi. Shuning uchun tuproqni yuvilib ketishdan va turli xil chiqindilar bilan ifloslanishidan muhofazalab foydalanish kerak. Mamlakatimizda suv hamma joyda bir xil taqsimlanma-gan. Zilol suvli, sersuv daryolar, asosan, tog‘li hududlar-da joylashgan (46-47-betlardagi 27-rasm). Tekislik qismida esa suv manbalari juda siyrak, aholining ehtiyojini qondi-rishga kamlik qiladi. Shuning uchun suvni nihoyatda tejab, undan oqilona foydalanishimiz zarur.
Odamlar tabiat boyliklaridan o‘z ehtiyojini qondirish maqsadida foydalanadi. Inson aql-zakovatining rivoj-lanishi, mehnat qurollari va texnikaning taraqqiyoti natijasida tabiatga ta’siri ortib bormoqda. O‘rmonlarning qisqarishi hayvonlarning qirilib ketishiga sabab bo‘ladi.

Hozirgi paytda tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanish m uam m olari dunyo miqyosiga ko‘tarilgan.

Yüklə 45,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin