Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: farzandlik, o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish, sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrash.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish maskanlarini asrash va qadriga yetish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish.
Dars turi: Yangi materialni o’rganish
Dars jihozi: rasmlar,bukletlar
Darsning borishi.
T/R
Bo’limlar
Vaqti
1
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2
O`tgan mavzuni mustahkamlash
5 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
15 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
10 daqiqa
5
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
10 daqiqa
6
Uyga vazifa
2 daqiqa
Jami
45 daqiqa
Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 2 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 13 minut.
Qoʻriqxona — belgilangan qonunlarga muvofiq, davlat tomonidan ajratilgan, alohida ilmiy yoki madaniy ahamiyatga ega boʻlgan (tipik yoki noyob landshaft, oʻsimliklar va hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar va boshqalar), tabiiy obʼyekt joylashgan yer (hudud) yoki suv kengliklari; ilmiy tadqiqot va madaniy-maʼrifiy maqsadlar uchun uzoq mud-kklkkklemlsosldm skneiekeiw Ekekkekkek3kk8kdld kkenedatga ajratilgan va toʻlaligicha xoʻjalik ishlaridan xoli tabiiy majmua.
20-asrning 90-yillarida BMTning „Milliy bogʻlar va ular maqomidagi qoʻriqxonalar roʻyxati“ga 2618 alohida qoʻriqlanadigan hududlar (yer maydoni 4 million km2dan ortiq va Yer yuzidagi quriqlikning 3 % ini tashkil qiladi) kiritilgan.
Qoʻriqxona hududi va uning atrofidagi bel-gilangan chegaradagi muhofaza qilinadigan zonalarda qoʻriqxona tabiiy majmuasiga zarar yetkazadigan yoki tabiiy obʼyektlarga xavf tugdiradigan har qanday faoliyat (ov qilish, balshq tutish, daraxt kesish, foydali qazil-malarni kavlash, oʻt oʻrish, mol boqish va boshqalar), shuningdek, qoʻriqxona faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan sanoat va qishloq xoʻjaligi obʼyektlari qurilishi ham taqiqlanadi. Qoʻriqxona hududiga maʼmuriyatning ruxsatisiz begona odamlar kiritilmaydi.
Oʻzbekistonda qoʻriqxonalarning tashkil qilinishi, faoliyati, taʼminoti va muhofazasi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3 dekabrdagi „Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida“gi qonuni bilan tartibga solinadi. Qoʻriqxonalarda reja asosida i.-t. ishlari olib boriladi, tabiat yilnomalari, ilmiy hisobotlar (yillik, besh yillik) tuziladi, tavsiyanomalar, qoʻriqxona hududi va milliy bogʻlarda qoʻriqxona tartibiga rioya qilish talab va qoidalari ishlab chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Ovchilik xoʻjaliklari, qoʻriqxonalar va milliy bogʻlar boshqarmasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi tasarrufida 8 ta davlat qoʻriqxonasi bor: Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi, Badaytoʻqay davlat qoʻriqxonasi, Qizilqum davlat qoʻriqxonasi, Zarafshon davlat qoʻriqxonasi, Surxon davlat qoʻriqxonasi, Hisor davlat qoʻriqxonasi, Chatqol bio-sfera qoʻriqxonasi, Kitob davlat geologiya qoʻriqxonasi. Oʻzbekistonda, shuningdek, milliy bogʻ va buyurtma qoʻriqxonalar faoliyat olib boradi